Янгиликлар /

Daily Mail: 15 million funt + Valensiya=Beyns

Мақола нашр қилинди

«Manchester Yunayted» klubi haligacha «Everton» klubiningchap qanot himoyachisi Leyton Beynsni sotib olishni istayapti.

«Qizil iblislar» 28 yoshli futbolchini o‘tgan yozda sotibolishga urinib ko‘rishgan edi, biroq tomonlar transfer masalalari borasidakelisha olishmagan. Endi «MYu» himoyachini qishki transfer oynani paytida sotibolishga harakat qilib ko‘radi.

«Manchester Yunayted» Beyns uchun 15 million funt va yarimhimoyachisi Antonio Valensiyani taklif etayapti, deb xabar beradi Daily Mail.

Agar «Everton» bu safar ham rad javobini bersa, mankunianliklar «Real»himoyachisi Fabiu Koentrauni o‘z saflariga qo‘shib olishga urinib ko‘rishadi
Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.