Янгиликлар /

Yanuzay Belgiya terma jamoasi taklifni rad etdi

Мақола нашр қилинди

«Manchester Yunayted» yarim himoyachisi Andan Yanuzay Belgiya terma jamoasidan tushgan taklifni rad etdi. Futbolchi JCH-2014 uchun saralash bahslari doirasidagi uchrashuvlarda ishtirok etish uchun chaqirilgan edi.
«Biz uni terma jamoaga chaqirdik, ammo Andad «Manchester Yunayted» rahbariyatiga murojaat qilib, hozircha qaysi terma jamoada o‘ynash borasida bir qarorga kelmaganini maʼlum qildi.
Men uni terma jamoaga chaqirib, bizning qarorimizni aniq bildirdim. Ammo futbolchiga bosim o‘tkazmaslik lozim debo‘ylayman.
U juda yaxshi futbolchi va qaysi terma jamoada o‘ynashni o‘zi hal qilish huquqiga ega», — deydi Belgiya terma jamoasi bosh murabbiyi Mark Vilmots.
Eslatib o‘tamiz, Adnan Yanuzay Belgiyada tug‘ilgan bo‘lib, uning ota-onasi asli Albaniyalikdir. Futbolchi maʼlum shartlarga rioya qilgan taqdirda Angliya terma jamoasida ham o‘ynashi mumkin
Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.