Янгиликлар /

Fabio:O‘zimni baxtli his qilishni xoxlayman

Мақола нашр қилинди

«Manchester Yunayted» jamoasining braziliyalik o‘yinchisiFabio tez orada «Old Trafford»ni tark etishi mumkinligini aytib o‘tdi. Bungaasosiy sabab jamoada o‘yin amaliyoti yetarli bo‘lmayotgani ko‘rsatmoqda.

Futbolchi ijaradan qaytgandan so‘ng ushbu mavsum jamoatarkibida faqatgina bir uchrashuvdagina ishtirok etdi. Shu sababli himoyachijamoani tark etishi mumkin.

«Balki qishgi transfer vaqtida yoki yozda jamoadan ketishimmumkindir. Bir qator yaxshi takliflar ham bor. Ammo aniq bir narsa deyaolmayman. Hammasini vaqt ko‘rsatadi, — deydi Fabio ESPN Brasil nashriga berganintervyusida.

Men o‘zimni baxtli his qilishni xoxlayman. Futbol o‘ynashniva oilam bilan birga bo‘lishni xohlayman. Braziliyaga qaytarman balki. Bizagentim bilan maslahatlashib va eng maqbul qarorni qabul qilamiz.

So‘zsiz «Fluminense» jamoasini juda yaxshi ko‘raman. Bu yerda 7 yilgayaqin o‘ynadim va u yerga qaytish men uchun katta faxr», — deydi Fabio.
Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.