Янгиликлар /

Van der Sar: de Xea g‘aroyib o‘yinchi

Мақола нашр қилинди

«Manchester Yunayted» sobiq darvozaboni Edvin van der Sarjamoaning ayni vaqtdagi golkiperi David De Xea o‘yinida o‘sish borliginitaʼkidladi.

«Bu g‘aroyib: u «MYu»ga boshqa chempionatdan juda yoshvaqtida keldi, David 20 yoshda edi. Ispaniyadan ko‘chib o‘tdi va tilni hambilmasdi. Bu yerda butunlay boshqacha taomlar, boshqacha o‘yin tarzi,mashg‘ulotlardagi uslublar ham o‘zgacha. Burchak va jarima zarbalaridagi to‘pyetkazishlar ham Ispaniyadagi kabi emas edi.

Boshida unda bu muammolar ko‘zga tashlanardi, ammo uningo‘tgan yanvardan ko‘rsata boshlagan o‘yini «Yunayted» jamoasini yanadakuchaytirdi.

Davidning ishonchli o‘yini o‘tgan mavsum chempionat g‘olibligisabablaridan biri deb ayta olaman», – deydi van der Sar.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.