Эксклюзив /

Sindiz Kagavani tanlovi

«Manchester Yunayted» muxlislari Sindzi Kagavaning «Old Trafford»dagi birinchi o‘yinini kutib turishgan bir vaqtda, Bundesliga bo‘yicha mutaxassis Rafael Xonigshtayn yaponiyalik futbolchi «Qizil iblislar» hayotiga qay tarzda o‘zgartirish kirita olishini haqida intervyu berdi…

«Manchester Yunayted»ning bu trasferini qanday baholaysiz?

Bu buyuk transfer! Juda ko‘p klublar Kagavani o‘z saflarida ko‘rishni istashdi, ammo «Yunayted»ni omadi keldi, sababi futbolchining o‘zi shu klubda to‘p tepishni istadi. Albatta, pullar ham katta rol o‘ynaydi, ammo u uchun «Yunayted» safda o‘ynash romantika bilan teng edi, shu sabab boshqa klublarda uni qo‘lga kiritish uchun imkoniyat qolmadi. Boshqa klublar unga mo‘maygina maosh bilan takliflar bildirishdi, lekin Kagava o‘z orzusidan voz kechmadi va muhim qadamlardan birini qo‘ydi. Ko‘plab klublar uni sotib olmoqchiligini hisobga olsak, o‘ylashimcha, «Yunayted»ga omad kulib boqdi va ular safida endi ajoyib futbolchi bor.

Aynan qaysi klublar u bilan qiziqishdi?

Muzokaralar nega bunday uzoq davom etganini tushunish qiyin, chunki Kagavaning o‘zi ham, uning agenti ham ko‘p bora ular «Yunayted»ni tanlaganlarini bildirishgan edi, shu sabab boshqa klublarning u uchun poygaga qo‘shilishlaridan maʼno yo‘q edi. Ammo «Arsenal» va «Chelsi» u uchun o‘tgan mavsumning boshidayoq kurashga kirishishgan edi. Keyinroq hatto Madridning «Real» klubi ham futbolchining potentsialini sezib qoldi va rasmiy taklif bilan chiqdi, lekin «Yunayted» yaponiyalik futbolchini barchaning burni ostidan tortib olib ketdi, chunki futbolchining o‘zi «Qizil iblis»ga aylanishni istadi. Pulga uchish oson, baʼzi futbolchilar huddi shu yo‘ldan borib katta maosh to‘lagan klublar bilan shartnoma imzolashadi, ammo bu holatda istisno vaziyatni ko‘rishimiz mumkin. Menga maʼlum bo‘lishicha, Kagava «Yunayted»dan boshqa variantlarni ko‘rib chiqishni ham istamabdi.

Uning qanday hususiyatlari bor?

Kagava Aren Robben yoki Frank Riberidek to‘pni o‘ziga olib, raqiblarni qo‘rquvga solmaydi. Bu yigitcha bu tarzda ajralib turishni istamaydi. U bo‘sh zonalarni topadi va shu zonalardan kirib boradi yoki pas beradi, hattoki endi kech degan bir paytingizda ham. U himoyachilarni shu tarzda aldab o‘tib, bitta pas bilan havfli vaziyat yaratadiki, raqib himoyachilari Sindzi barchani ortta qoldirganidan asablari buzula boshlanadi. U bunga qodir. U raqibga nisbatan tajovuzkor emas. U to‘laqonli hujumchi ham emas. U terma jamoada erkin o‘yin ko‘rsatadi, ammo doimiy maydon markazida, «Borussiya»da bo‘lsa u hujumchi ortida ajoyib to‘p surar edi. U ko‘pchincha chap qanotga ham o‘tib turardi, hatto o‘ng qanotga ham, umuman olganda juda unversal va ajoyib o‘yinchi.

Uning o‘yinlariga sayqal berilishi kerak bo‘lgan taraflari bormi?

Yo‘q. Premer-ligada Bundesligaga qaraganda ko‘proq jismoniy kuch talab etiladi deb o‘ylamayman. Balki, Angliyada u ko‘proq yugurishi kerakdur, lekin «Borussiya»da ham futbolchilar maydonda juda ko‘p mexnat qilishadi. Agarda Angliya futboliga tez kirishib ketadigan o‘yinchi bor desangiz, Sindzi aynan o‘sha futbolchilar sirasiga kiradi. U ikkinchi qavatda raqibga hech qanday havf tug‘dirmasa kerak, ammo bu uning vazifasiga ham kirmaydi. Unga o‘sish va o‘z ustida ishlash hozir muhim. U o‘ynagan jamoa ideal edi, shunga monand u o‘ziga ideal chiziq topib olgan edi, shu sabab qandaydur uning o‘yinidagi kamchiliklar haqida gapirish qiyin. Balki kimlardur u mushaklari ustida ishlashi kerak degandur, agarda u butun maydon bo‘ylab harakat qilsa, katta himoyachilar bilan hadeb to‘qnash kelavermaydi.

U Dortmundning «Borussiya» klubi erishgan so‘nggi muvaffaqiyatlarida qanday rol o‘ynadi?

U birinchi mavsumda juda yaxshi harakat qildi, ammo 2011 yilning birinchi oyida jarohat oldi va mavsum so‘nggigacha safdan chiqdi. Shunga qaramay u jamoaning ajralmas bo‘lagi edi, chempionlikda ham yapon futbolchining hissasi katta bo‘ldi. 2011/2012 mavsumda bo‘lsa Kagava Robert Levandovskidan keyingi jamoaning eng asosiy yulduziga aylandi. Mario Gyottse to‘rt oyga safdan chiqdi, aynan mana shu jarohatdan so‘ng Kagavaning potentsiali ko‘rina boshladi. Aynan Sindzining mehnatlari evaziga, Levandovski katta muvaffaqiyatlarga erishdi, chunki bu ikki o‘yinchi o‘rtasidagi bir-birini tushunish juda yuqori tarzda tashkillashtirilgan edi. Germaniya kubogi finalida uning «Bavariya» darvozasiga kiritgan goli beixtiyor esimga tushdi. Hujumda barcha to‘pga faqat bir martadan tegindi, futbolchilar shu darajada joylashgan edilarki, ko‘zlari yumuq holda jam jamoadoshlari qaerda joylashganini bilar edilar.

U Dortmund hayotiga tez moslashib ketdimi – maydon ichi va, uning tashqarisini nazarda tutmoqdaman?

Dortmundni Germaniyadagi eng ko‘p millatli shahar deb atash qiyin. Oʼylashimcha, u shahardagi sushi-barlarda ovqatlanar edi va bu unga moslashish jarayonida katta yordam berganidan darak beradi. Fikrimcha, Manchesterda Dortmunddagi ikki yillikdan so‘ng unga yashash oson bo‘ladi, sababi unga «Yunayted» yoqadi. Osiyodan futbolchi sotib olsangiz doimo tavakkalchilikka qo‘l urgan bo‘lasiz, ammo bu trasnferda mazkur fikrni oldinga surmagan bo‘lar edim. Huddi shu holat Ji-sung Park bilan ham bo‘lgan edi. U Gollandiyada muvaffaqiyatli to‘p surgach, Angliya hayotiga tezda moslashib ketgandi.

Kagavaning aynan qaysi hususiyatlar hisobiga siz uni Premer-ligaga moslashib keta oladi deyapsiz?

Barchasi. U futbolga huddi hayotga nisbatan qarashi kabi yondoshadi. U barchaga yoqadi. Hech kim uni yomon o‘yinchi deb atamagan. Balki u eng sodda futbolchidir, ammo shu bilan birga u katta professional va ajoyib jamoadoshdir. Uning o‘z ishiga bo‘lgan yondoshuvi taqsinga loyiq. Shu sabab u Premer-ligaga mos tushadi. Uning eng ustunlik taraflari tezligida, kuchida va paslarida. Aynan mana shu sifatlari sabab u yuqori saviyada o‘ynay oladi. Bundan tashqari, u hali yosh va o‘sishda davom etadi. Agarda uning Yaponiya ikkinchi ligasidan Bundesligaga ko‘chib o‘tib, ikki yil ketma-ket chempionlikni qo‘lga kiritib, endilikda «Yunayted» bilan shartnoma tuzayotganini eslasak, men uning super futbolchiligiga tan beraman. Agarda uning faoliyati shu tarzda o‘sish bilan davom etsa, u futbol tarixidagi buyuk o‘yinchilardan biriga aylanadi.

Kagava «Yunayted»da qaysi chiziqda to‘p surishi mumkin?

Uni 4-2-3-1 sxemasida aniq maydonga tushirsa bo‘ladi, aynan shu taktik sxemani ser Aleks 2007/08 yili sinovdan o‘tkazgan va «Yunayted» so‘nggi yillikning eng yaxshi davrlarini aynan shu taktik sxema orqali yaratgan. Men bu fikrlarni uning o‘yinidan kelib chiqib taxmin qilayapman. Agarda kerak bo‘lsa, u butun maydon bo‘ylab harakat qila oladi va 4-5-1 sxemasida ham to‘p suraveradi. Bu u uchun muammo emas. Kagava juda tartibli o‘yinchi va uning oyoqlari sexrli o‘yin ko‘rsatadi. U bilan Ser Aleks ko‘plab variantlarni sinab ko‘rishi mumkin. Aminmanki, u mavsum boshidanoq zaxiradan bir-ikki bora tushib o‘yin tizginini o‘z qo‘liga oladi va asosiy tarkibdan o‘rin egallaydi. Hech bir shubha yo‘q-ki u jamoani kuchaytiradi. Oʼylashimcha, Fergyuson maydonda unga kerakli chiziqni topadi, sababi uni zaxiraga o‘tkazib bo‘lmaydi, chunki u juda yaxshi o‘yinchi.

Tarjima: Javohir Mahmudjonov / uff.uz

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.