Эксклюзив /

Biz mavsumga tayyor emasmiz

Men asosan, chempionlikka bo‘lgan imkoniyatlarni yanvar oyida, birinchi davra yakunlanganida ko‘rib chiqaman, o‘sha vaqtda men to‘plab nisbati va raqiblar ochkolarini sinchiklar o‘rganaman, biroq hozirdanoq men bu ishlarni boshlashimga to‘g‘ri kelmoqda.

Menda bitta bo‘lmag‘ur, hech ham ishongim kelmaydigan hayol paydo bo‘lmoqda,o‘tgan hafta yakunida biroz bo‘sh qoldim deguncha mazkur hayol meni chulg‘ab olmoqda, «Yunayted» mavsumga tayyor emas, ha aziz muxlislar mening ham bunga ishongim kelmaydi, ammo bu fakt.

Men qandaydur hisob kitoblar haqida gapirishdan yiroqman. Qiyinchiliklar faqat bizda emas. Muammolar hattoki musobaqa jadvali etakchisi «Chelsi»da ham bor – u erda bu muammolar hozirda yosh, juda qimmat transfer qiymatiga ega bo‘lgan va iqtidorli yoshlar evaziga berkitilib turibdi holos. Hozirda «Yunayted» ko‘rsatayotgan o‘yinni kim oldindan rejalashtirmoqda, o‘zbek murabbiylarimi? Huddi bizni jamoalarimizning qiliqlarini ularda ham ko‘rmoqdaman, ha to‘g‘ri men biroz bo‘lsada majoziy maʼnoda gapirmoqdaman, biroq bu o‘xshatish tagida achchiq haqiqat yotibdi.

Bizni jamoamizdan to‘g‘risi «uxlatib» ketilgan Karlos Teves ham Messi emasligi rost, argentinalik bo‘lsa nima qilibdi, baribir Messi undan yuz chandon kuchli, «Siti» millionlab ishlatmasin «Yunayted» va «Everton»dan hozircha past pog‘onada, ha o‘tgan yil haqida gapirmayapman do‘stlar.

«Arsenal» bilan, to‘g‘rirog‘i yangi «Arsenal» bilan bog‘liq holat ham yana barchamizga maʼlum bo‘ldi, hammasi doimgidek. «Pochti» degan bir filmni ko‘rgan edim, sizlarga ham ushbu xitni ko‘rishni maslaxat beraman. Bu film ijodkorlari Venger bilan juda yaxshi tanish bo‘lsalar kerak. Deyarli Chempionlar ligasini yutgan. Deyarli APLning eng yaxshi murabbiyi maqomini olgan (ser Aleks Premer-liga tarixidagi eng yaxshi murabbiy deb tan olingan). Deyarli chempion jamoa tuza olgan, hattoki birorta ham yulduz futbolchi sotibolmasdan. Uning erasi huddi flmdagi bosh qaxramon erasi singari o‘z yakuniga etib qolaveradi, barcha ish so‘nggiga hecham etmadi. «Pochti» g‘alabaga etishgan edilar, keyinchalik fevral-mart oylari omadsiz oy deya ayblanadi, jarohatlar mag‘lubiyatlarni oqlaydi, hakamlar, yomon holatdagi chim, magnit bo‘roni deysizmi, jahon moliyaviy iqtisodiq inqirozi ham londonliklarga sabab bo‘la oladi va pul ham ularga qarshi (Andrey Arshavin «Lays»ning har yangi qadog‘ini ochganida, Koselni yakkama yakka kurashlarni boy beraveradi, Uolkott bo‘lsa himoyachilar qurboniga aylanib, to‘pni yo‘qotaveradi).

Mayli, boshqalar ishiga burun siqishni to‘xtataylikda, keling «Yunayted» haqida biroz gaplashaylik.

Darvozabonlar

Men doimgidek tushunaman, maydonda har bir chiziq uchun raqobat kuchli bo‘lishi kerak. Lindegor – yaxshi yigit, ammo yaxshi yigit va yaxshi darvozabon holos – bu «MYU» asosiy darvozaboni bo‘lish uchun kamlik qiladi, buni qanday qilib serga etkazsam bo‘lar ekan-a?.. To‘g‘ri barqaror o‘yin ko‘rsatadi, o‘zinikini oladi, ammo gollardan ko‘p hollarda qutqarib qola olmaydi. De Xeaning asosiy tarkibga qaytishini kutaman, aynan men kutayotgan qaxramon, De Xea himoyamizdagi kamchiliklarni bildirma iltimos!

«Himoya» (Agar hozirda bu himoyani himoya deb atab bo‘lsa)

Rafael: Fergyusonning o‘zi №2 ostidagi himoyachimizga bir yil oldin to‘la ishonch bildira boshladi. Raxmat, ser, siz bu safar ham adashmadingiz. Rafael asosiy tarkib futbolchisi bo‘lishga to‘laqonli loyiq. Bizning sevimli futbolchimiz, kelajakdagi yulduzimiz – u asosiy tarkibdan boshqa joyga loyiq emas, hattoki klubimiz rasmiy saytida o‘tkazilgan so‘rovnomada ham u sentabr oyining eng yaxshi futbolchisi nomiga loyiq ko‘rilgan. (Men ham aynan Rafaelga ovoz berdim, biroq Skoulz bo‘lishiga ham qarshi emasdim, ammo yoshlarga yo‘l berish kerak degan hulosaga keldim)

Evra: Qachonlardir qoravoyni juda ham qadrlar edim. Ammo uning yuqori saviyadagi o‘yinlari haqiqatdan ham ortda qoldi, ancha esdan ham chiqib ketdi, uning so‘nggi bor o‘yin qaxramoniga aylanganini eslay oladiganlar bormi. Evra charchadi nazarimda. Har bizga qarshi o‘ynagan ikki jamoadan birining vingeri uni yangi iPhone 5 idishini yosh bolakay sabrsizoik bilan yirtib tashlagani kabi mag‘lub etib ketmoqda. Hujumdagi uning foydasini gapirmasa ham bo‘ladi JCh-2018da o‘z imkoniyatini kutib turgan futbolchidek go‘yo.

Byuttner: Mamnuniyat bilan mazkur yigitchani jamoamizga qarshi olaman. Yosh, tirishqoq, ajralib turuvchi, tezkor – barchasi huddi idealdek. Agar sochini «kal»ga oldirganida va kiritilgan gollardan so‘ng kiyimini echib tatyurovkalarini maqtanganida uning muxlislari yanada ko‘payardi, ayniqsa qarshi jins vakillari safida, hazir albatta. Agarda siz ser Aleksni yaxshi bilsangiz, unda shunga amin bo‘lgan bo‘lar edingiz-ki gollandiyalik futbolchiga imkoniyat kam berilishi aniq. Tajriba baribir o‘z so‘zini atadi. Menimcha ham, bu juda to‘g‘ri qaror va bu qaror o‘zini bir necha marta oqlagan.

Vidich, Smolling, Jons: Sizlar bizga etishmayapsiz. Hozirgi tarkib chempionik uchun kurashishi dargumon, tezroq tuzalinglar.

Yarim himoya markazi

Skoulz: Pol haqida uncha ko‘p gapirishning hojati yo‘q. Agarda shanba kuni Xavining ishqibozlari uning o‘yinini kuzatishgan bo‘lsa, ular Xavining kumiri aslida kim bo‘lganini aniq anglab olishgan bo‘lsalar kerak. Skoulz Angliya futbolchilari tarixidagi eng yaxshi markaziy yarim himoyachilar sirasiga kiradi, u ajoyib paslar bera oladi va u maydonga tushgan zaxoti o‘yin tamom ila o‘zgaradi, aynan Skoulz nomi yozilgan futbolkani kiygan futbol sexrgari maydonda raqiblarni hayratga soladi va «qizil iblislar»ni oldinga va muvaffaqiyatlar tomon boshlaydi.

Kleverli: Mazkur rasmni eʼtiboringizga xavola qilmoqchiman, bu rasm mana ko‘p yillardirki komyuterim xotiraida saqlanib keladi, to‘g‘rirog‘ri bir yarim yildan beri, balki bu haqiqatdan ham Skoulzning o‘rinbosaridur, ammo keling oldindan biror fikr bildirmaylik, ularning hozirda maydonda qilayotgan ishlari tubdan farq qiladi.

Tom barakalla: U juda ham faol, harakatchae, intiluvchan, g‘alabaga tashna, tarbiyaga chaqirsa o‘zgaruvchan, ammo uni Skoulz bilan tenglashtirishga hali bor. Markazdan bo‘sh zona topish va u erga pas berish bu – Tomning ishi. Hujumga doimiy qo‘shilib turish va uzoq masofalardan zarbalar yo‘llash ham – uning ishi. Biroq qanotlar bo‘ylab uzoq masofalarga to‘pni etkazib berish (barbir eslatib o‘tganim yaxshi, «MYu» qanotlarga tayanib o‘yin ko‘rsatadi va u erda ish yurishmasa, jamoa muvaffaqiyatsizliklarga uchraydi) Kleverlini ishi emas, bu ishga uning hali kuchi ham, tajribasi ham etmaydi. Yana bir muammo bor, Kleverli bilan juftlik hosil qilgan yarim himoyachidan chaqqonlik talab qilinadi, mazkur yarim himoyachining vaziyaasi uni sug‘urta qilishdan iborat bo‘ladi. E\'tibor qarating, u eng yaxshi o‘yinlarini Anderson bilan juftlikda o‘tkazadi, Kerrik yoki Skoulz bilan o‘yinlarda bo‘lsa kerakmas futbolchiga aylanadi qo‘yadi.

Endi bo‘lsa sevimli va yoqimli Maykl Kerrik haqida gapirsak. Menga dushman kerak – uning xarakteri shunday. Bu Maykl Kerrik. Aminmanki, uni juda ko‘plab muxlislari bor. Bu oddiy holat, hech bir kishi, boshqasining fikri bilan qiziqmaydi va futbolga o‘z qarashi bilan munosabatda bo‘ladi. Men uchun u rus kampirlari uyidagi tanbal va tekinxo‘r mushukka o‘xshaydi, uning miyyasida nimalar ro‘y berayotgani uning o‘ziga ayon. Kerrik formasini juda uzoq yig‘adi (hech qisi yo‘q raqiblar noyabr-dekabrgacha bizni mag‘lub etmay kutib turishadi), Kerrikda ajoyib uzoqq pas bera olish qobiliyati bor (uning shanba oqshomidagi paslarini ko‘rdingiz – uning pslari Skoulzga edi albatta), Kerrik aqlli futbolchi (buni isbotlai kerak albatta) – do‘stlar siz «MYu» markazi qanday o‘yin ko‘rsatishi kerak ekanini juda ham yaxshi bilasiz. Mening «Yunayted»imda, mening sevimli va qadrlaydigan «Yunayted»imda, quyidagi ajoyib yarim himoyachilar bo‘lgan Skoulz, Kin va Batt, ularning ikkisi butsalarini mixga ilib bo‘lishgan. Ular maydonning har bir qism uchun kurashni to‘xtatishmagan, hattoki chimning bitta-bitta tolalarigacha ular kurashishgan. Kerrikni himoya qiladiganlar menga baʼsida A Seriyasi muxlislarini eslatib yuborishadi – ajoyib va g‘aroyib narsalardan boshqasini gapirishni bilishmaydi, ammo ularning so‘zlariga kirsak, muvaffaqiyati o‘tgan operatsiyadan so‘ng ham kasal o‘laveradi. Agarda tarkibimizda kerriklar ko‘paysa (shundaq ham shu yo‘ldamiz), jamoamiz g‘oliblik ruxiyatini va ustunlik qobiliyatini yo‘qotib qo‘yadi. Agarda jamoamiz shu yo‘ldan ketsa bu yili ham mavsum tugashiga bir necha tur qolganida sakkiz ochkolik farqni yo‘qqa chiqararib o‘tiraveradi.

Andersonga bo‘lgan umidlarim juda katta. Agarda uning faoliyatini jiddiy kuzatgan bo‘lsangiz, yokida uning faoliyati bilan bog‘liq materiallarni o‘qigan bo‘lsangio‘, shuni tushunasizki u Angliyada nafaqat jarohatlari sabab, balki miyayasidagi paydo bo‘lgan qandaydir «tormoz» sabab ham omadi yurishmaydi. Ammo unga ishonch bildirish kerak. Usiz biz bu yili ham chempionlikka erisha olmaymiz, Anderson bizning kalitimiz. Men xazillashmayapman. O‘zingiz o‘ylab ko‘ring ahir, Pasha bir o‘zi hech narsani eplay olmaydi, Karrik mavzisini siz bilan ko‘rib chiqdik, Fletcher bo‘lsa tayyor emas, Kleverli – umuman boshqa bir mavzu. Pauell? Men uning o‘yini haqida chuqur va aniq maʼlumotga ega emasman. Siz ham bilmaysiz, u ham bilmaydi, hozircha ser Aleksning o‘zi ham bilmaydi nima qilishni. U borgan sari o‘z formasini tiklashga yaqinlashib qolgan, ishqilib bu safar ham u jarohatlar qurboniga aylanmasin, zero mavsum oldida men uning bir nitervyusini tarjima qilgan edim, o‘sha intervyuda u quyidagi so‘zlarni aytgan edi: «men yangi mavsumga tayyorman, bu mavsum faoliyatimdagi o‘zgacha mavsumlardan bo‘lib qolishiga bor kuchim bilan intilaman, jarohatlar yana pand bermasa o‘zimni albatta ko‘rsataman» ha Anderson iltimos o‘z formangga qayt, sening tezliging va tirishqoqliging maydon markazida etishmayapti.

Hujum chizig‘i

Nani: Mening bir do‘stim, men va sizdan farqli o‘laroq u uchun yangi mavsum oldidan bir yaxshi yoki yomon ish qildi.

Ammo bu transfer amalga oshmadi. Yo bu qimmatli xat jamoa pochtasiga borib tushmagan, yokida «Zenit»da ahmoqlar ishlamaydi. Menimcha birinchi taxminim to‘g‘ri bo‘lsa kerak. Men biroz qo‘pollashib ketdim, havotir olmang, Nani aslida unchalik yomon o‘yin ko‘rsatmayapti. «MYu»ning qanotlarga tayangan o‘yinini hisobga olsak va qanotlarda saviyasi yuqori futbolchilar kam ekanini ham nazarda tutadigan bo‘lsak, u hali ham jamoaga ancha foydali o‘yinchilar sirasiga kiradi. Muammo Nani bu yili ham raqib darvozasiga to‘p tepish bo‘yicha ustunlik qilayotganida emas. Shunchaki Nani «Yunayted» uchun o‘ynayotgani yo‘q, u faqat o‘zi uchun o‘ynamoqda. Mayli qo‘yib bering, «Zenite» yoki «Yuventus»da o‘ynay qolaqolsin. Aslida bir yil oldin «Real»ga sotib yuborish kerak edi, agarda rostdan ham sotish niyatimiz bo‘lganida.

Valensiya haqida hozircha bir butun fikr bildira olmaymiz, sababi uning jarohati va ko‘p bo‘lmagan o‘yinlari to‘liq fikr bildirishimizga halaqit beradi. Ammo havotir olmang, hali uning ajoyib o‘yinlari oldinda, o‘ng qanotimiz qiroli hali qaytadi, uning tezligi va ajoyib paslari bizga balki chempionlikni ham taqdim etar. Ahir bekorga u o‘tgan yilgi jamoamiz eng yaxshi futbolchisi bo‘lmadi-ku.

Yang: Chap qanotimizdan undan-da kuchliroq va ko‘proq narsaga qodir futbolchining yo‘q ekanligini qabul qilish biz uchun ancha og‘ir albatta.

Giggz: Trik afsonamizni tanqib qilishga, yoki uni xisobdan chiqrib tashlash fikridan qayting, iltimos qilaman. Rayan nafaqat strategik aql bovar qilmas bilim egasi, u bir nechta omadimiz kelmayotgan o‘yinlar taqdirini hal qilishga qodir futbolchi, o‘tgan yilgi o‘yinlar buning yaqqol isboti sanaladi.

Chicharito: Meksikalik futbolchi boshidan juda qiyin vaqtlarni o‘tkazmoqda. Buning sababi uning Uelbekdan ham kamroq ishga qodir ekanida emas. U undan yaxshiroqdir, ammo uning vazifasi boshqacharoq taqsimlangan. Robin van Persini hisobga olmay turgan bir vaqtimizda, u Runi va Kagavadek hujumchilar bilan raqobatlashishi kerak, hujumchi-hujumchi bizga kerak emas, bizning taktikamiz bunday futbolchilarning maydonga tushishini rad etadi, shu sabab u jamoamizni tark etsa hech ham ajablanmayman, huddi Berbatovning ketishi kabi.

Uelbek: Mazkur hujumchimiz Starridj, Sterling kabi o‘ynaydi – ularning bari bir mavzu. Aqlsiz, tezkor, qora, ular top-saviyadagi futbolchilar bo‘la olishmaydi, ammo top-klublarda ularga joy topiladi, havotiolanishga hojat yo‘q, ammo Uelbek Angliya termasida o‘ynaydi, shuni ham unutmaslik darkor, ha demak Roy Xojson nazlida u ajoyib hujumchi.

Runi, Van Persi, Kagava:

Menimcha yagona haqiqiy chempionlik nuqtasi mana shu chiziq bo‘lsa kerak, ammo bu chiziqni ham hozir siz bilan biroz tanqid qilamiz, ahir maqtasak, ularga ko‘z tegib qoladi. Mazkur hujumchilar tandemi kelasi yildan qo‘rqinchili kuchga aylanishlari bor gap. Runi orqaroqda, Van Persi o‘tkir chiqizda to‘p surishi aniq bo‘ldi – bu tushunarli. Kagava unda maydonda qanday ishni bajaradi? U juda ham ajoyib futbolchi. U tarkibimizdagi maydon markazidan jarima maydoniga pas beradigan va o‘zi ham hujumga intiladigan kam sonli futbolchilar sirasiga kiradi. Siz o‘tgan yilgi «MYU» hujumining yordamsiz qolib ketgan vaqtlarini yaxshi eslaysiz, shunday emasmi? O‘tgan mavsum raqiblar yaxshigina himoyalanishdi, faqat qanotlardan yo‘llangan bo‘lmag‘ur paslar o‘natalab samarasiz burchak to‘plarini bizga olib keldi holos? «Yunayted» mening nazlimda zotdor va barchani yutishga qodir kuchuk edi, faqat uning to‘rtta eng asosiy tishi yo‘q edi – huddi raqiblar uning changalida taslim bo‘lgandek ko‘rinishdi, ha u raqiblarni o‘z changalidan chiqarmay ushlab turdi, biroq o‘sha raqibiga biror jarohat etkaza bilmadi.

Kagava bizga kerak, ammo bu uning o‘ynashi shart degani emas. Bu uning aybi ham emas. O‘yin taktikasi yarim himoyachilarning ko‘rsatayotgan o‘yinlariga qarab o‘zgartiriladi. Agarda muammolar yanvar oyigacha yo‘q qilinmasa, yaponiyalik samurayimiz zaxira o‘rindig‘idan joy olishi mumkin, sababi bizga maydon markazida kuch kerak bo‘ladi, hujumchilar ortida emas. Agarda Anderson o‘z formasiga qaytsa yoki yarim himoyachilar ortida o‘ynaydigan kuchli futbolchi qo‘lga kiritilinsa, Kerrikdan foydaliroq o‘yin ko‘rsatadigan futbolchi topilgani zaxoti, biz ikki markaziy yarim himoyachi va bitta oldinroqda hujumchilarga yordam beradigan futbolchi muallifligidagi uchlikni ko‘rishga muvaffaq bo‘lamiz. Shunda chap qanotdagi bor bosim himoyachilarga tushadi, agarda Evraning holati va Byuttnerning yoshligini hisobga olsak, juda ham ishonchsiz taktikani tuzgan bo‘lamiz. MuammHammo erda muammo, hozircha. Runini yarim himoyaga ko‘chirish bilan bog‘liq variantlar ham bormikin? Bor. Juda ko‘p variantlar bor, biroq ulardan qaysi biri unumli. Mana «MYu»ning eng asosiy muammosi nimada. O‘tgan mavsumda yangi taktikaga o‘tar ekanmiz, undan biz unumdorlikni topa olmadik. Barchani yo‘lidan olib tashlay oladigan optimal tarkibni, zaxira tarkibidan ham ajratib olishimiz kerak, bu tarkibda balki Chicharitoga joy topilmas, sababi u hozirda maydonda narsasini yo‘qotib qo‘ygan odam kabi «dovdirab» yuribdi, qanaydur yo‘llr bilan Uelbekning o‘sishini yana davom ettirishida turtki bo‘ladigan chiziqni unga topish kerak, Kleverliga yanada ko‘proq imkoniyat berish zarar, Yangni yo sotish kerak, yoki u o‘z ustida ishlashi kerak…

Oldimizga qo‘ygan maqsadlarimiz oddiy emas. O‘tgan yili bu maqsadlarning o‘zi yo‘q edi. «Manchester Yunayted»da qayta qurilish jarayoni boshqalarga qaraganda ancha sekinlik bilan o‘tadi. Boshqalarda har bir chiqiz bitta-bitta o‘zgarishlarga uchrab turadi holos. «Yunayted»da tuzilgan konstruktsiya biroz murkkabroq. Bu vaziyatda harajatlarni ham esdan chiqarmaylik, zero shu xarajatlar bizni boshi berk ko‘chaga olib kirib qo‘yishi mumkin. Ha shu narsa aniqki jamoa shiddat bilan o‘smoqda, yana kamida ikki mavsum bizga etadi, biz APLni albatta yana yutamiz, bknga hech kim shubha bilan qaramayapti va Chempionlar ligasida ham kerak bo‘lsa g‘olib bo‘lamiz.

Ammo bularning bu mavsumda bo‘lishiga ko‘zim etmayapti. Bu mavsumda agarda jamoamiz APLni qo‘lga kiritsa, bu ser Aleksning qandaydur bir sexrgarligi bo‘ladi va biz ham bunga umid bog‘laganmiz. Chempionlar ligasi haqida-ku gapirmay qo‘ya qolay, Yevropada bu musobaqda yutishga bizdan ko‘ra tayyorroq va kuchliroq bo‘lgan kamida uchta jamoa bor.

Mana «qizil iblislar»ga bag‘ishlangan men Javohirning taxliliy maqolam ham o‘z yakuniga etdi. Ha, haqiqatdan ham biz mavsumga tayyor emasmiz, balki huddi «Arsenal» o‘tgan yili o‘ziga kelgani kabi yuqorilab ketib, chempionlikka erisharmiz, har holda biz ham APL bosh sovrini uchun asosiy daʼvogarlardanmiz, bu maqolamdagi har bir futbolchiga berilgan ochiq izohdan aziz Manchetster shahri asl jamoasi muxlislari hafa bo‘lmang, men ularni tanqid qilganim bilan huddi siz kabi ularni yaxshi ko‘raman va qo‘llab-quvvatlayman. O‘sha men yomonlagan Ferdinand va Kerriklar mening sevimli futbolchilarim, aynan ular sabab ham men bugungi kunda MYuga muxlislik qilaman. Serga va «Manchester Yunayted»ga ishonishda davom eting, futbolni seving va Angliya futboli havosidan doimiy nafas olib yashang deya keyingi maqolalarimgacha siz muxlislar bilan hayrlashib qolaman!!!

Manba / fk.uz

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.