Эксклюзив /

ser Bobbi charlton bilan intervyu

Afsonaviy Bobbi Charlton 1958-yildagi Myunxendagi aviahalokatdan so‘ng omon qolgan. 1966-yilgi jahon chempionatida angliya bilan birga g‘laba qozongan. U Tumanli Albion tarixidagi eng yaxshi o‘yinchisi deb topilgan. World Soccer jurnaligi bergan intervyusida u, faoliyatining qiziqarli paytlarini eslab o‘tdi va zamonaviy Ispaniya terma jamaosi uchun o‘ynshni orzu qilishini aytib o‘tdi.

-Faoliyatingizdagi eng esda qolarli xotira?

-Albatta 66-yilgi jahon chempionati. Finalda Germaniya terma jamoasi ustidan qozonilgan g‘alaba biz uchun katta ahamiyatga ega. Bu futbol falklyoriga kirib ketti. Final kuini hech qachon esimdan chiqarmayman. Menim fikrimcha o‘z vatani uchun to‘p tepish — har bir futbolchining orzusi. Bu faoliyatning cho‘qqisi, men buni tortning ustidagi olchaga qiyoslagan bo‘lar edim. Klubdagi faoliyat esa — har kungi vazifa. Men uchun eng ahamiyatli g‘alaba bu — 1968-yildagi Yevropa chempionlari kubogida «Manchester» bilan birga g‘olib bo‘lganim. Biz kubogni bundan o‘n yil oldin 1985-yil yutishimiz kerak edi. Ammo, o‘sha paytdagi vaziyat bizning foydamizga zid bo‘lib chiqdi… Men bizning samalyotimizni Myunxendagi fojeyaviy avariyasini haqida aytyapman.

-O‘zingizni paytingizda siz qaysi futbolchilarni yaxshi ko‘rgansiz?

-O‘ bunday o‘yinchilar juda ko‘p bo‘lgan, kimnidir tanlash juda qiyin. Agar bittasini tanlash kerak bo‘lsa men Dunkan Edvardsni nomini aytgan bo‘lar edim. Men uni orqasidan «Old Trafford» stadioniga deyarli har kuni borar edim. U hamma narsani risoladagidek bajarar edi. U o‘ng va chap oyog‘I bilan pas berar, 30 metrdan gollar urar edi… U istalgan pozitsiyada to‘p sura olardi. U meni kumirim edi. Shu bilan birgalikda menga Yoxan Kruiff, Ferens Pushkashlar yoqardi. Pushkash hech ham futbolchiga o‘xshamas edi. Esimda bir marta u Angliya terma jamoasini qiyin ahvolga solib qo‘ygan. Budapeshtdagi «Nep» stadioni bo‘yicha yursangiz, devorda Pushkashni xalqaro karyerasi haqida hikoya bor. U yerda Pushkash 85 ta o‘yinda 84 ta gol kirittgan deb yozilgan. Kimlardir uni to‘pni o‘zida ko‘p ushlab turadi deydi. U men ko‘rgan futbolchilar orasida o‘ziga ishonadigan futbolchi edi.

-Siz uchun kimga qarshi o‘ynash qiyin bo‘lgan?

-Yana juda ham ko‘p familiyalarni aytishim mumkin. Agar siz alohida bitta futbolchi haqida so‘rayotgan bo‘lsangiz, men Deyv Makeya haqida gapirib beraman. U «Tettenxem» va Shotlandiya terma jamoasi safida to‘p surgan. Menga qarshi o‘ynagan futbolchilar ichida eng qopoli aynan Deyv bo‘lgan. O‘yin davomida u raqiblarni o‘zidan ciqarish uchun gij-gijlardi. Biz maydon markazida to‘qnashganimizda ham u: «Nega toxʼtab qolding, ur! Urmaysanmi?!»- deb baqirardi. Meni u bilan to‘qnashuvlardan so‘ng bir marta ham jarohat olmaganman. Bu meni omadim. Qiziqarlisi, bitta o‘yinda u «Old Traffrd»da oyog‘ini sindirib olgan.

-Sizning davrdagi futbol hozirgi futboldan katta farq qiladimi?

-Bizning paytdan keyin hamma narsa o‘zgarib ketti, ayniqsa maydon tashqarisida. Hozirgi futbolchilarda hamma narsa bor, yuksak darajadagi tibbiy xizmat, moliyaviy kafolatlar, ekipirovaka, idela darajadagi maydonlar. Hozir klublarda futbolchilarga yordam berish uchun juda ko‘p insonlar ishlaydi. Televideniy esa deyarli hamma o‘yinlarni olib ko‘rsatadi! Bizning paytda futbolni jonli efirda kuzatishni iloji yo‘q edi, shu sababli stadiondagi fanatlar katta rol o‘ynar edi. Hozir muxlislar sationga bir marta ham bormasdan, futbolchi va uni jamoasi haqida hamma narsani bilishlari mumkin. Tribunalar tinchroq bo‘lib qoldi.

-Hozirgi futbol 50 yil oldingi futboldan yaxshiroqmi?

-Ha, agar hozir aytgan narsalarimni hisibga olib gapirsam. Futbolchi uchun hamma narsa yaxshilandi. Sportning o‘zi ham qiziqarliroq bo‘ldi. Alfa Ramsey 1966-yilgi jahon chempionatida 4-3-3 tizimini qo‘llaganida bu haqiqiy inqilob bo‘lgan edi. Hozir murabbiylar o‘yin davomida raqibining haralatiga qarab takltikani o‘zgartirishi mumkin. Menga yoqmaydigan tomoni, zamonaviy futbolchilar penalty yoki jarima to‘pi ishlash uchun juda ko‘p yiqiladilar.

-Siz maydonga tushishni hohlarmididngiz?

-Ha baʼzida shu haqida hayol qilaman. Ajoyib texnikaga ega bo‘lgan futbolchilar bilan, ideal matdonlarda to‘p tepish juda yaxshi. Menga ayniqsa Ispaniya terma jamoasi yoqadi. Bu jamoa bilan birgalikda futbol o‘ynagan bo‘lar edim. Ular juda chiroyli futbol namoyish etishadi, ularning o‘yini faqatgina «fizika»ga asoslanmagan.

-Kim sizga katta taʼsir o‘tkazgan?

-Meni ota-onamdan boshlab juda ko‘p insonlar menga katta taʼsir o‘tkazgan. «Manchester Yunayted» murabbiyi bo‘lib ishlagan Jimmi Merfi, u ozgina vaqt Uels terma jamoasini ham boshqargan. U menga ko‘p narsani o‘rgatgan, biz u bilan «Old Trafford» stadionida alohida qolib juda ko‘p gaplashar edik. Jimmi tufayli men haqiqiy profesionalga yalandim.

-Agar vaqtni orqaga qaytara olganingizda nimani o‘zgartirgan bo‘lar edimgiz?

-Men «ikkinchi qavatda» va to‘pni olib qo‘yishda yaxshiroq o‘ynagan bo‘lar edim. Umuman olganda meno‘z karyeramdan to‘qliq roziman. Meni paytimda futbolchilar loyda yoki yax ustida o‘ynagan bo‘lsa ham, bu juda yaxshi faoliyat turi edi. Men hech qachon boshqa ish bilan shug‘ullanishni hohlamas edim.

Robert Charlton

Pozitsiya: yarimhimoyachi, hujumchi

Tug‘ilgan kuni: 11-oktabr 1937-yil Ashington(Angliya)

Fuqaroligi: Angliya

Bo‘yi:180sm

Klublardagi faoliyati

1953-1954 «Manchester Yunayted» (Angliya), молодежная команда

1954-1973 «ManchesterYunayted» (Angliya)

1973-1975 «PrestonNord End» (Angliya)

1975-1976 «Uoterford Yunayted» (Ирландия)

1976 «Arkadiya Shepardz» (JAR)

1978 «BangorSiti» (Uels)

1978 «Nyukasl KB» (Avstraliya)

1980 «Blektaun Siti» (Avstraliya)

Xalqaro faoliyati

1958-196023 yoshgacha Angliya terma jamoasi(6ta o‘yin, 5ta gol)

1958-1970Angliya terma jamoasi(106ta o‘yin, 49ta gol)

Murabbiylik faoliyati

1973-1974 «Preston NOrd End» (Angliya),o‘ynovchi murabbiy

1976 «Uigan Atletik» (Angliya),vaqtinchalik murabbiy vazifasini bajaruvchi

Yutuqlari

Angliya futbol ligasi birinchi divizioni g‘olibi(1956/57, 1964/65, 1966/67)

Angliya kubogi sohibi(1963)

Yevropa chempionlari kubogi sohibibi(1968)

Angliya superkubogi sohibi(1956, 1957, 1965, 1967)

Jahon chempioni(1966)

Yevropa chempionati brozna medali sohibi(1968)

Britaniya uy chempionati g‘olibi(1958, 1959, 1960, 1961, 1964, 1965, 1966, 1968, 1969, 1970)

«Oltin to‘p» sohibi (1966)

Futbol jurnalistlari asotsiatsiyasi tasnifi bo‘yicha yil futbolchisi(1966)

Angliya futboli sharafi zaliga kiritlgan(2002)

«FIFA100»ro‘yxatiga kiritlgan(2002)

Futboldagi xizmatlari uchun BBC Sports unvoniga erishgan(2008)

Futboldagi xizmatlari uchun UEFA prezidenti sovriniga sazovor bo‘lgan(2009)

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.