Эксклюзив /

Angliya matbuotidan iqtiboslar

«Manchester Yunayted» Angliya chempionatidagi intrigani o‘ldirdi, «Aston Villa» bo‘lsa havfli zonani tark etdi, Yevropa jurnalistlari bo‘lsa «MYU»ning Madridga tashrifi borasida tinmay yozishmoqda – shular haqida Men Javohir Mahmudjonov batafsil to‘xtalib o‘taman.

Kun iqtiboslari

Joze Mourinyu, «Real» bosh murabbiyi: «Aleks Fergyuson va mening jamoam o‘rtasidagi uchrashuvda mag‘lub bo‘lgan klub hafa bo‘lmaydi, sababi o‘sha klub o‘z do‘stini mag‘lub etishga boshqasiga qaraganda kamroq jur’atga ega bo‘ladi».

Ser Aleks Fergyuson, «Manchester Yunayted» bosh murabbiyi: «Figu, Zidan, Roberto Karlos, Raul. «Real» safida juda ko‘p buyuk futbolchilar o‘ynshgan, biroq ular ichida Krishtianu Ronaldu barchasidan ko‘ra iqtidorliroq».

Muhokama uchun mavzu

«Yunayted» 12 ochkoga raqibini ortda qoldirmoqda

«Yunayted» «Siti»ni musobaqa yakunlanishiga 12 tur qolganida 12 ochkoga ortda qoldirmoqda – 20-sovrin ularni kutmoqda va ser Aleks jamoasi unga to‘liq loyiq! Ba’zi bukmekerlik idoralari «Yunayted»ning chempionligiga pul tikkkanlarga yutuqlarini to‘lab ham berdi. Ha, o‘tgan yili boshqa bukmeker «Siti» «Yunayted»,dan 8 ochkoga ortda qolayotgan vaqtda barchaga yutuqlarni to‘lab bergan edi, biroq «Siti» o‘z qo‘shnisining qoqilishlaridan unumli foydalangan edi. Bu uik-end menimcha Angliya chempioni nomini bizga taqdim eta oldi».

Genri Uinter, The Telegraph

«O‘tgan mavsumdagi muvaffaqiyatsizlik ser Aleks Fergyusonga hali ham tinchlik bermayapti. «Yo‘q, yo‘q va bir necha marta yo‘q», – serning «Manchester Yunayted» 12 ochkolik farq «Siti»dan o‘zib ketdi, endi premer-ligani aniq qo‘lga kirpitasizlarmi degan savoliga javobi. Uning javobi har jihatdan professional edi, biroq u barcha narsani yaxshi tushunib turibdi. «Old Trafford»dagi «Everton» ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng barcha buni bilib turibdi. «Manchester Yunayted» o‘z qo‘shnilariga yana umid bag‘ishlash uchun «Siti» orzu qilmasa ham bo‘laveradi, sababi «MYU» bu mavsum juda taqsimlangan va doimimiy yuqori saviyada o‘yin ko‘rsatmoqda».

Daniel Teylor, The Guardian

«1997-98 mavsumda «Arsenal» «Manchester Yunayted» bilan o‘rtadagi 13 ochkolik farqni yo‘qqa chiqargan va chempion bo‘lgan edi, biroq ularning xisobida naq 19 ta o‘yin borligi esdan chiqmasin. Undan ham oldinroq, Kevin Kigan o‘zining mashhur «I’ll love it if we beat them» so‘zlarini uning jamoasi «Nyukasl» 12 ochkolik farqni «Yunayted»ga boy berganidan so‘ng aytgan edi. O‘shanda ham, «Yunayted»da 15 ta uchrashuv bor edi. «Siti»ning vazifasi bo‘lsa ancha qiyinroq – ularga yetarli o‘yin mavjud emas, biroq o‘tgan yilning may oyidagi voqealar «Yunayted»ni sergaglikka chaqiradi.

Styuart Jeyms, The Guardian

«Premer-liga bosh sovrini tagiga yangi chempionlarni ismini yozish vaqti keldi va qizil-oq lentalarni tayyorlanglar – chempionlik poygasi o‘z yakuniga yetdi!»

Devid Makdonnell, Daily Mirror

«Barchasi albatta Roberto Manchini va uning «Manchester Siti» jamoasi uchun. Shanba kuniga qadar ularda chempionlik nomini himoya qilish uchun imkoniyat bor deb xisoblagan edim. Nima bo‘lganda ham anan men mavsum boshida premer-ligani aynan ular yutadi degan edim. «Siti» va «Yunayted» o‘rtasidagi frarq 9 ochkoga oshgani meni havotirga solmagan edi. Biroq ularning «Sautgempton»ga qarshi o‘yinlari menga shuni ma’lum qila oldi-ki – «Siti»ning chempionlik uchun imkoniyati qolmadi».

Alan Shirer, The Sun

«Treblning bir qismi «Manchester Yunayted»ning cho‘ntagida. «Manchester Siti» bosh murabbiyi Roberto Manchini bir hafta oldin bosh sovrin fevral oyida yutib olinmasligini aytgan edi. U haq, biroq bu mavsum bundan istisno. 12 ochkolik farq va finishga 12 o‘yin– bunday ustunlikni «Manchester Yunayted» HYeCh QAChON yo‘qotmaydi. Buning ustiga kelasi tur farq yana oshishi ham mumkin».

Nil Kastis, The Sun

«Yunayted» «Madrid»ga qarshi

«Krishtianu Ronaldu huddi Aleks Fergyusonning uni Zinedin Zidandan iqtidorliroq ekani haqidagi so‘zlaridan ilhom olganidek, «Real» libosini kiyganlar ichida eng buyugi bo‘lmoqchi ekanini isbotlashga tayyor. Jin ursin, uni qay tarzda to‘xtatisho‘ mumkin? «Manchester Yunayted»da u bir martagina xet-trik qilgan. «Real»dagi uch yarim yilda bo‘lsa u 20 marta uch boradan raqib darvozabonlarini ranjitgan. Mana shunday tarzda u o‘sishga erisha oldi».

Ian Chedbend, The Telegraph

«Joze Mourino mazkur uchrashuvga «Yunayted»dagi kelajakdagi ish o‘rni uchun «imtixon» tarzida yondoshsa ham bo‘ldi, ser Aleks Fergyuson nafaqaga chiqqanidan keyin albatta – albatta Fergyusonning doyimiy navqironligi Mourinoni nafaqaga birinchi chiqishga majbur qilmasa. Portugaliyalik mutaxassisning uslubi, o‘yin yo‘nalishi va ish beruvchilar bilan doimimy janjallari «Old Trafford»ga mos tushmaydi albatta, biroq Fergyusonning o‘zi shogirdi Joze «Real»ga «Chelsi» va «Inter»dan keyingi katta tajribadan so‘ng ajoyib moslashganini tan oldi.

Endi Xanter, The Guardian

«So‘nggi bor «Real Madrid» «Manchester Yunayted» bilan Chempionlar ligasi doirasida 10 yil oldin o‘ynagan edi. Ular o‘z sovrinlarini himoya qila olishgandi, Devid Bekxem o‘shanda «Yunayted»ning «ettisi» edi. O‘shanda jamoalar «Old Trafford»da ajoyib o‘yin ko‘rsatishdi. Bekxem, ser Aleks Fergyuson bilan urishib qolgan bir vaqt, o‘shanda ser uni maydonga tushirdi va u dubl muallifiga aylandi. Ronaldo o‘sha o‘yinda uchta gol kiritgan va raqib muxlislari ham uning xet-triki sha’niga qarsaklar bilan uni maydondan kuzatishgan edi».

Sem Uolles, The Independent

«Aston Villa»ning muhim g‘alabasi

«Pol Lambertning «barchasi yaxshi bo‘ladi» iborasi 9 haftadan so‘nggina biroz haqiqatga o‘xshamoqda, biroq bu g‘alaba «Aston Villa» uchun ishonch va premer-ligada qolish uchun o‘zgacha chaqiruv bo‘lishi mumkin, ular ana shunday «motivatsiya»ga muxtoj edilar. Lambert o‘zining yosh jamoasiga ishonishdan to‘xtamadi, premer-liga doirasidagi so‘nggi 9 o‘yindagi birinchi g‘alaba «Villa» yelkasidagi og‘irlikni olib tashladi.

JonPersi, The Telegraph

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.