Эксклюзив /

2012/2013 Mavsum yakunlari

Ushbu 2012/13 mavsumda «Manchester Yunayted» jamoasi o’zining 20-chempionligini nishonladi. Chempionlar ligasida jamoa chiroyli o’yinlar namoyish etib 1/8 finalgacha etib bordi va ikki o’yin natijasiga ko’ra «Real Madrid» jamoasiga mag’lub bo’ldi.

Angliya liga kubogi doirasida aralash tarkib bilan qatnashgan «Yunayted» 4-bosqichda «Chelsi» ga imkoniyatni boy berdi va kubok o’yinlaridan chiqib ketti. Yana bir musobaqa bo’lmish Angliya kubok o’yinlarida «Yunayted» 6-bosqichka qadar etib bordi va takroran o’tkazilgan o’yinda jamoa azaliy raqibi hisoblangan «Chelsi» jamoasiga imkoniyatni boy berdi.

Mavsum so’ngidagi qaror barchani xayratga soldi. Ya’ni, 1986 yildan jamoaga bosh murabbiy bo’lib kelgan ser Aleks Fergyuson o’z faoliyatini yakunlashini rasman e’lon qildi. Jamoani esa 2013 yil iyul oyidan Devid Moyes egalladi.

Yodda qolarli kunlar

1 iyul 2012 yil

«Manchester Yunayted» jamoasi rasmiy ravishda angliyalik yarim himoyachi Nik Pauell va yaponiyalik yarim himoyachi Shindzi Kagava lar bilan shartnoma imzoladi. Jamoani Maykl Ouen va Tomash Kushchak tark etishdi .

2 iyul 2012 yil

Braziliyalik himoyachi Rafael jamoa bilan shartnomasini 2015/16 yakuniga qadar uzaytirdi. Uning akasi Fabio esa 2012/13 mavsum yakuniga qadar «Kuinz Park Reyndjers» jamoasiga ijaraga berildi

3 avgust 2012 yil

Daniyalik darvozabon Anders Lindegor jamoa bilan shartnomasini 2016 yilga qadar uzaytirdi.

17 avgust 2012 yil

«Manchester Yunayted» jamoasi londonning «Arsenal» jamoasidan gollandiyalik hujumchi Robin van Persi ni harid qildi.

21 avgust 2012 yil

«MYu» gollandiyalik himoyachi Aleksander Byuttner bilan shartnoma tuzdi.

22 avgust 2012 yil

Denni Uelbek jamoa bilan shartnomasini 2016 yilga qadar uzaytirdi.

2 sentyabr 2012 yil

Robin van Persi «Sautgempton»ga qarshi bo’lib o’tgan o’yinda jamoa tarkibidagi ilk xet-trigini qayt etdi va «Yunayted» uchrashuvda 3:2 hisobida g’alaba g’ozondi.

5 sentyabr 2012 yil

«Manchester Yunayted» chililik yosh hujumchi Anxelo Enrikes ni tarkibga qo’shib oldi.

15 sentyabr 2012 yil

Jamoa tarkibida rasmiy ravishda Aleksander Byuttner va Nik Pauell «Uigana»ga qarshi o’yinda o’zlarining debyut o’yinlarini o’tkazishdi va gol urishga ham erishishdi.

3 noyabr 2012 yil

Premer liganing 10-turida «Arsenal» ustidan qozonilgan g’alaba «Manchester Yunayted» ni birinchi o’ringa olib chiqdi.

25 yanvar 2013 yil

Manchester Yunayted «Kristal Pelas» jamoasi o’yinchisi Uilfrid Zaxa bilan shartnoma imzolaganini rasman e’lon qildi. Futbolchi mavsum so’ngiga qadar «Kristal Pelas» jamoasida ijara asosisida to’p surishiga kelishib olindiyu

10 fevral 2013 yil

Premer-liganing 26-turida «Everton» ustidan erishilgan g’alaba «Yunayted» ni yakka peshqadamligini ta’minladi, ikkinchi o’rindagi «Manchester Siti» bilan oradagi farq 12 ochkoga etdi.

22 aprel 2013 yil

34-turda «Aston Villa» ustidan 3:0 hisobidagi g’alaba «Yunayted»ga Premer-liga chempionligini ta’minladi. O’yindagi barcha gollar Robin van Persi hisobiga yozildi.

8 may 2013 yil

Mavsum yakunlangandan so’ng ser Aleks Fergyuson o’z faoliyatini yakunlashi xaqidagi xabarni e’lon qildi.

9 may 2013 yil

Jamoa rasmiy ravishda yangi bosh murabbiy Devid Moyesa bo’lishini aytib o’tdi. «Manchester Yunayted» jamoasida Devid Moyes 2013 yil iyul oyidan faoliyatini boshlashi haqida kelishib olindi.

19 may 2013 yil

Premer-liganing so’ngi 38-turida «Yunayted» va «Vest Bromvich Albion» o’rtasidagi o’yin 5-5 hisobida yakunlandi. Bu o’yin Pol Skoulzning futbolchilik faoliyatidagi so’ngi 718-o’yni va ser Aleks Fergyusonning «Manchester Yunayted» jamoasi bosh murabbiyligidagi yakuniy 1500-o’yini sifatida yodda qoldi.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.