Manchester Yunayted klubining yordamchi murabbiyi Stiv Raundning fikricha jamoaga yangi kelib qo’shilgan Maruan Fellayni va «Old Traford» ning yangi murabbiy Devid Moyes klubni yangi g’alabalar sari olib bora oladi.
M.E.N Sport ga bergan intervyusida Stiv quyidagi fikrlarni keltirib o’tgan: «Men aminmanki Maruan jamoaga tezda kirishib ketadi, va «Yunayted» ning ajralmas bir bo’lagiga aylana oladi».
Raund futbolchi haqida fikrlarini davom ettirar ekan, «Maruan ko’rsatayaotgan o’yinlarini avvaldan kuzatib kelganman, hali Yunaytedga kelmasimdan avval men «Midlsbro» va «Nyukasl» jamoalarida ishlab yurgan vaqtlarimda uni o’yin uslubi muhlisiga aylanib bo’lgan edim».
«Men avvaldan Maruanning o’yinlarini kuzatib boraman, chunki u o’zini yosh bo’lishiga qaramasdan uning iqtidori boshqalardan yaqqol ajratib turar edi. Bir necha yillar avval men uni Belgiya yoshlari safidagi o’yinlarini kuzatgan edim, so’ng men «Everton» jamoasiga o’tdim. Shunda men uni chempionlar ligasi saralash bosqichida «Standart» va «Liverpul»ga qarshi harakatlarini kuzatdim. u o’sha o’yinlarda o’zini juda yaxshi o’yini bilan esda qoldi. Shu vaqtga kelib Fellayni Devid Moyes uni o’z jamoasiga qo’shib olishni birinchi raqamli maqsadga aylantirdi. Men o’yindan so’ng ko’rsatkichlarini murabbiyga taqdim etdim va Maruan_ bilan shartnoma tuzishga erishdik».
«U hali yetarlicha tajribali bo’lmasa ham, u futbolchi uchun kerak bo’lgan barcha kerakli ko’rsatkichlarga ega edi. «Everton»da o’tkazgan 5 yillik faoliyati davomida u Primer liganinig haqiqiy top o’yinchilari safiga kirgan edi. U muntazam tarzda gol urar va jismoniy holatini yaxshilab borar edi. Qachonki Moyes «Yunayted»ga yangi murabbiy bo’lib kelganida, tarkibni ko’zdan kechirar ekan jamoaga markaziy yarim himoyada Maruandek jismoniy ko’rsatkichlarga ega futbolchi ortiqchalik qilmas edi. O’yinchini «Yunayted»ga qo’shib olish klub uchun foydali bitim ekanligini bilgan edi».
«U bilan ishlash davomida uning ajoyib texnika egasi ekanligini sezish mumkin. Menimcha, u to’pni ko’krak bilan toxtata oladigan futbolchilar orasida eng yaxshisi. Bu sifat unga maydonni istalgan qismidan uzatilgan to’plarni qabul qila olish imkonini beradi. Shuningdek u to’pni mohirlik bilan boshqara oladi, uning texnikasi juda zo’r. shu bilan birga himoyada ham ishonchli harakat qila oladi. Hozir judayam zo’r sport formasida. Maruan juda ko’p harakatlanadi u bir o’yinda o’rtacha 12 kilometr toxtovsiz bosib o’ta oladi».
Fellayni – munosib baholanmagan futbolchi. U aniq to’p uzata olish qobiliyatiga ega, uzoq masofalardan Maykl Kerrik kabi to’pni yetkazib bera olishda tenglasha olmasa ham lekin uni qisqa to’p uzatishlar va to’p o’zida ushlab tura olishini alohida e’tiborga olish kerak.
Agar bir vaqtda bir nechta sovrinlar uchun kurash olib boradigan jamoa tuzmoqchi bo’lsang hamma o’yinchilarin bir hil o’yin ko’rsatadigan bo’lishi shart emas. Ma’lum bir o’yinlarda yarim himoyaga Tom Kleverli va Maykl Kerrik tushirsa, qaysidir o’yinlarda Fellayni va Kerrik yoki Fellayni va Andersonlarga ishonch bildirilishi mumkin. Variantlarni ko’p bo’lgani murabbiyga qo’shimcha qulayliklar keltiradi.
Maruan jamoa uchun foyda keltira oladigan o’yinchi, uni ko’rsatadigan o’yinlari uni «Yunayted»ni asosiy tarkibiga asosiy da’vogar sifatida keltirish mumkin. U bir mavsumda o’rtacha 10 tadan 15 tagacha gol urishi mumkin, va yarim himoyachi uchun bu ko’rsatkich chakki emas.
U jamoa uchun to’rtinchi raqamda himoyachilar oldida o’ynashi, yoki sakkizinchi raqam bilan maydon markazida, o’z jarima maydonidan raqib tomon jarima maydonigacha harakat qilishi mumkin. Va nihoyat o’ninchi o’yinchi sifatida hujimchi ortida harakat qila olishi ham mumkin. Bu kabi universal sifatlar jamoa uchun judayam qadrli.
Shuningdek Raund Devid Moyes haqida ham o’z fikrlarini bildirib o’tdi: «Ser Aleksning o’rnbosari kim bo’lishidan qatiy nazar u uchun yengil bo’lmas edi va uni har bir harakati diqqatlik bilan o’rganilgan va kuzatilgan bo’lar edi. Ishonamanki avvalgi keltirilgan tanqidlarni Moyes to’g’ri qabul qiladi va tanqidlarga javoban hali o’zini ko’rsata oladi. Nima bo’lganda ham David bu joyga eng munosib murabbiy».
«Men Moyes bilan «Everton»da 5 yil birga faoliyat yuritdim va kundan kunga u meni hayron qoldirar edi. U bilan ishlab shuni bildimki, klub uchun haqiqiy fidoiy inson edi. Bor e’tiborini ishga qaratar va boshqalardan ham 100% lik natijani talab qilar edi. Shu bilan birga u yutuqlarga chanqoq inson. Men aminmanki u «Yunayted» kabi buyuk jamoani boshqarishga munosib».
«Hozirda «Yunayted» da bo’la turib, u yerdagi atmosferani ko’rib Ser Aleksni yangi murabbiy tanlovi to’g’ri ekanligiga ishondim. Devid Moyesni tanlashda klub holatini saqlab qolish, jamoani mehnat intizomini yanayam oldinga siljishini hohlashgan holda tanlashgan. Endi shuni ishonch bilan aytishim mumkinki Devid Moyes va «Yunayted» bir birlari uchun yartilgandek go’yo».
«Moyes bilan ilk bor tanishgan vaqtimda men hali «Nyukasl»da faoliyat yuritar edim. U yerda bir yil ishlaganimdan so’ng, Moyes menga qo’ng’iroq qildi va uchruv belgiladi. U menga o’z rejalarini aytib berdi va birgalikda ishlashni taklif qildi. U vaqtlarda men o’z imkoniyatlarimni bosh murabbiy sifatida davom ettirish hayolida edim. Bu uchun menda barcha sharoitlar mavjud edi. Lekin Moyes bilan olib brogan 5 daqiqli suxbatdan so’ng fikrimni o’zgartirdim, men u bilan ishlaxhni hohlardim. U meni ko’zimni ochdi va men «qarmoq»ga ilingan edim. Moyes ajoyib inson, aqlbovar qilmas darajada halol va to’g’ri inson. U «Yunayted» dagi vazifasini biladi va uni jamoa bilan buyuk g’alabalar kutib turibti».
Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.