Эксклюзив /

Katta uchrashuv

Premer-liga boshlanganiga 10 kun ham bo’lmasidan – birinchi «katta uchrashuv», «Manchester Yunayted» «Chelsi»ga qarshi, Devid Moyes Joze Mourinoga, Ueyn Runining amaldagi klubiga qarshi u o’tmoqchi bo’lgan klub. Buning ustiga – bu «Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Devid Moyesning «Old Trafford»dagi birinchi rasmiy uchrashuvi.

«Manchester Yunayted» — «Chelsi» Primyer Liga 2013/2014: 2 — tur

Ko’rinib turibdi-ki, Joze Mourino o’zining bu mavsumdagi eng asosiy raqibining birinchi uy uchrashuvini muvaffaqiyatsio’ o’tishi uchun qo’lidan kelgan hamma ishni qiladi, aynan shu yo’l bilan Moyesga bo’lgan bosim yanada ortishi va psixologik taraflama chempionat boshida londonliklar tarafga ustunlik o’tishi mumkin. Bu «Chelsi»ni mavsumdagi birinchi haqiqiy qiyin uchrashuvda ko’rish imkoniyati.

Aytishlaricha, Devid Moyes Ueyn Runini asosiy tarkibda maydonga tushirishga tayyor va shu yo’l bilan uning sotilishi haqidagi barcha gap-so’zlarga u yakun yasamoqchi – agarda «Shrek» haqiqatdan «Manchester Yunayted» tarkibida bunday uchrashuvda asosiy tarkibga kiritiladigan holatda bo’lsa, uni sotishdan hech qanday ma’no yo’q. Bunday holatda uning o’zi ham «Manchester Yunayted»da qay darajada kerakli rolni o’ynashini tushunib etadi. Agarda Runi huddi «Suonsi» bilan uchrashuvdek zaxiradan maydonga tushsa, «Manchester Yunayted» faqat va faqat vaziyatlardan foydalanish borasida o’sishga erishadi.

Runining ketishi borasidagi gap-so’zlar albatta uchrashuv oldidan eng asosiy mavzuga aylanadi, Mourino ham bu gap-so’zlarni alanga olishiga bor kuchi bilan intilmoqda. Umuman bu mutaxassis doimo shu yo’ldan borgan, u matbuot bilan raqiblarga bosim o’tkazgan – u «Manchester Yunayted»ga qarshi uchrashuvlarda yaxshi statistikaga ega va bu muvaffaqiyatli seriyani davom ettirish juda muhim. Moyes «Everton» ustozi Martinesga Fellyni va Beynslarni qo’yib yuborgan bo’lishini aytdi, Mourino bo’lsa Moyesning shu so’zini qurol qilib, Runini sotishdan u qo’rqmagan bo’lishini ta’kidladi.

Umuman, «aql jangi» borasida va so’z o’yinlari taraflama biz murabbiylarning har tomonlama bir-birlari bilan to’qnashuvlarini kuzatdik, bu erda Devid Moyes har taraflama bosim ostida qolayotgan «figura» bo’lib qolmoqda. U ser Aleksning o’rinbosari bo’la olishini isbotlashi kerak – Joze Mourino shu kungacha barcha narsani isbotlab bo’lgan.

Moyes: «Men Devid Moyes katta bosim ostida degan gaplarni eshitishda davom etmoqdaman, men hozircha bunday holatda bo’lib turishga qarshi ham emasman. Men aslida bosim ostida bo’lishga o’rganim qolganman. Menimcha, bu mening tabiatimga mos keladi, aslida men bosimni his qilmayapman. Albatta, biz o’zimizni hozirdan mavsumning yaqqol favoriti deya atay olmaymiz, biroq har qanday raqibni mag’lub eta olishimizni isbotlab bo’ldik. Mavsumning bu qismida biz erishgan yutuqlardan ortig’ini orzu qilib bo’lmaydi».

Haqiqatdan ham, ko’pchilik mavsum oldi taxminlarda «Manchester Yunayted» «Chelsi» va «Manchester Siti»dan ancha imkoniyati past deya hisoblandi, sababi barcha Moyes iqtidoriga shubha bilan qaradi va Mourino hamda Pellegrini «Chelsi» va «Siti» faqat va faqat kuchliroq bo’lishadi deya hisoblashdi. Moyes hamon kuchsiz sinf vakili deya hisoblanib kelinmoqda, bu uchrashuv unga barcha tanqidlar uchun munosib javob berish va «Manchester Yunayted» muxlislari oldida o’zini ko’rsatishga imkoniyat. Bu haqiqatdan Devid uchun muhim uchrashuv, Joze Mourino bo’lsa buni barchadan ko’ra yaxshi tushunib turibdi va u shotland mutaxassisining barcha maqsadlarini puchga chiqarishga tayyor.

Kadrlar bilan bog’liq vaziyat

Kadrlar bilan bog’liq vaziyat bo’yicha muammolar ko’proq «Manchester Yunayted»da – Nani, Fletcher, Rafael, Eshli Yang va Chicharito jarohat olishgan, Mourino jamoasida bo’lsa David Luisning uchrashuvdagi ishtiroki so’roq ostida. Joze asosiy tarkibga Romelu Lukakuni kiritishi mumkin, u o’zini o’tgan mavsum ajoyib tarzda ko’rsatdi va imkoniyatlari jihatdan «Chelsi» uchun «yangi Drogba» bo’lishi kutilmoqda.

«Chelsi» yangi a’zosi Villian faqat chorshanba kuni Angliyada ishlashga ruxsatnoma olishi mumkin, biroq yaqin haftalar ichida u asosiy tarkib futbolchisi sifatida ko’rilmasa kerak – braziliyalik futbolchi klubga moslashishi uchun vaqt kerak, Mourinoning o’zi tomonidan ham qo’l ostida yig’ilib qolgan hujumkor futbolchilar bilan bog’liq reja tuzib chiqilishi lozim.

Jamoalar haqida

«Manchester Yunayted» 3-o’rin, 3 ochko.

«Manchester Yunayted» o’zining mavsumdagi birinchi uy uchrashuvini 1992 yildan beri mag’lubiyatsiz o’tkazadi, Fergyuson shogirdlari o’sha yili «Old Trafford»da «Everton»ga 3-0 hisobida mag’lub bo’lishgan edi.

O’tgan mavsum «Manchester Yunayted» Premer Liga doirasida «Old Trafford»da uch marta mag’lub bo’ldi — bu 2003-04 mavsumdan beri eng ko’p uyda mag’lubiyatga uchralgan mavsum.

«Chelsi» 1-o’rin, 6 ochko.

G’alaba «Chelsi»ga mavsum boshidagi ketma-ket uchta g’alabani taqdim etadi, bunday muvaffaqiyatga londonliklar so’nggi 4 yildan beri erisha olmay kelishmoqda.

«Chelsi» «Yunayted»ni «Old Trafford»da bir yil ichida ketma-ket ikki marta mag’lub etadigan birinchi jamoaga aylanishi mumkin.

Murabbiy sifatida, Joze Mourino «Old Trafford»dagi so’nggi 7 uchrashuvdan faqat 2 tasida mag’lub bo’lgan — 3 g’alaba, 2 durang, 2 mag’lubiyat.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.