Эксклюзив /

APLning yangi jumboqlari

Yangi mavsum APL muxlislarga qanday natijalar tuhfa etadi? Birinchilik startga chiqqanidan keyin bu xususdagi bahs-munozaralar yanada avjiga chiqdi.

Chempionat ishtirokchilari (ayniqsa, etakchi jamoalar) tarkiblaridagi o’zgarishlar tortishuvlarning yanada keskinroq o’tishiga sabab bo’lmoqda. Sports.ru sayti ijodkorlari bu borada o’zlarining ayrim taxminlarini ilgari surishdi.

Chempionlikka 3ta da’vogar

«Manchester Siti» — Balotelli, Teves va Manchinidek janjalkashlardan forig’ bo’lgan «shaharliklar» musobaqani xotirjamlik va ishonch bilan boshladilar. Tayanch zonasi «Shaxtyor»da yuksak saviyani namoyish etgan Fernandino bilan mutahkamlandi. Xesus Navas hujum chizig’iga qo’shimcha kenglik baxsh etsa, Negredokuch, Stevan Yovetich texnika va uddaburolik qo’shdi. Manchinining muammolarga boy uslubi o’tgan yili jiddiy xalaqit bergani sababli uning o’rnini «Malaga»ning sobiq bosh murabbiyi Manuel Pellegrini egalladi.

«MYu» — Yangi bosh murabbiy Devid Moyesning nufuzi chakki emas, lekin natijalari maqtashga arzimaydi. Jamoaning asosiy yuldduzlaridan biri bilan muammolari ham bir yoqlik bo’lgani yo’q, so’nggi transfer kampaniyasining foydasi hozircha sezilmayapti. Lekin shuni unutmaslik kerakki, «qizil iblislar» avvalgi mavsumni asosiy ta’qibchilaridan 11 ochko ilgarilab ketgan holda yakunladilar. So’nggi ikki mavsumning eng yaxshi to’purari ham ularning saflarida. Bundan tashqari, tran­sferlar darchasi hali yopilgani yo’q, tarkibga yangi kuchlar qo’shilishi mumkin.

«Chelsi» — «Ko’klar»ning tayanch zonasi va hujum chizig’i muammolardan xoli emas. Ammo Azar-Mata juftligining imkoniyatlari yuqori baholanmoqda.Mourinoning qaytishi esa jamoaga yaqqol favorit maqomini taqdim etdi.

O’sishi kutilayotgan 3ta jamoa

«Fulxem» — Martin Yol jamoasiga doimo barqarorlik etishmaydi. Biroq jamoaning yozgi transferlar vaqtidagi xaridlari sezilarli bo’ldi. Mark Shvartser o’rnini JCh-2010 finalchisi Stekelenburg egalladi. Odil Taarabtyarim himoya chizig’ini kuchaytirishi aniq, hujum chizig’ida nihoyat, Darren Bentmaydonga tushadi. Boz ustiga, Xangeland va Berbatov hech qayoqqa qayt­moqchi emaslar.

«Norvich» — Bu jamoa ikkinchi o’ntalik vakillari orasida eng yaxshi transfer kampaniyasini amalga oshirdi. Gollandiya terma jamoasida debyutini nishonlagan yosh iqtidor sohibi Leroy Fer, istiqbolli himoyachi Redmond va 2 nafar taniqli hujumchi — van Volfsvinkel («Sporting») hamda Xuper («Sel­tik») uchun jamoa 25 mln. funt sarfladi. Bunday xarajatlardan keyin faqat «jon» saqlab qolish uchun kurashish — insofdan emas.

«Sautgempton» — «Avliyolar» bilan ilk marta mavsumoldi tayyorgarligini to’liq o’tkazgan Maurisio Pochettino hozircha etakchi o’yinchilarni saqlab qoldi. Yarim himoya chizig’ini Viktor Vanyama bilan kuchaytirdi. Mazkur futbolchiga «MYu» va «Arsenal» qiziqqandi. Biroq «Sautgempton» shu bilan cheklanib qolmoqchi emas. Jamoa Pablo Osvaldo saviyasidagi hujumchini xarid qilish yo’lida izlanmoqda.

Pasayishi kutilayotgan 2ta jamoa

«VBA» — Romelo Lukaku «Chelsi»ga qaytdi. «VBA»dek kamtarin jamoa uchun bu katta yo’qotish. To’g’ri, tarkibda Sheyn Longdek iqtidorli futbolchi, Stiv Klark­dek tajribali murabbiy bor. Lekin negadir klub avvalgi mavsumning ikkinchi davrasidagi omadsizliklarini davom ettiradigandek tuyulmoqda.

«Stok Siti» — Toni Pulis bilan aloqani uzgan rahbarlar yangi bosh murabbiyMark Xyuzga moliyaviy ko’mak berishga shoshilmayaptilar. O’yinchilar Pulisning sodda uslubiga moslashib qolishgan. Xyuz albatta, Gvardiola emas. Biroq u ham jamoadagi cheklangan imkoniyatlarga etarlicha e’tiroz bildirishi mumkin.

Chempionatdagi 5ta yo’qotish

Ser Aleks Fergyuson. Buyuk shotlandiyalik murabbiylik lavozimini o’z vatandoshiga bo’shatib berdi. Biroq bu uning futboldan butunlay ketganini anglatmaydi. Ishonavering, Mo-yesning jamoasi qaysidir o’yinda muammolarga duch keladigan bo’lsa, telekameralar tribunalardan Fergyusonni qidirishi aniq.

Pol Skoulz. Xavining «kumir»i ikkinchi va so’nggi marta katta futbol bilan xayrlashdi. U biroz dam olib, keyin murabbiylik sohasiga qo’l urmoqchi.

Jeymi Karrager. Marten Shkrtelni asosiy tarkibdan siqib chiqargan afsonaviy himoyachi TVga yo’l oldi. Jeymi endi Gari Nevill bilan hamkorlikda faoliyat olib boradi.

Karlos Teves. Argentinalik hujumchi Angliyada 3ta chempionlik uvnoni va EChL kubogiga sazovor bo’ldi. «Vest Xem»ni chempionshipga tushib ketishdan saqlab qoldi. Biroq uni ko’proq Manchini bilan mojarolari bois yodga olishsa kerak.

Xarri Rednapp. 66 yoshli mutaxassis o’z va’dasi ustidan chiqib, «KPR»ni tashlab ketmadi. Jamoaning bugungi tarkibi va moliyaviy holatidan kelib chiqadigan bo’lsak, Rednapp yana 1 yildan keyin elitaga qaytsa kerak.

5 nafar qiziqarli debyutant

Joze Mourino. Madriddagi 3 yillik faoliyatidan so’ng portugaliya­lik mutaxassis Londonga qaytdi. Matbuot anjumanlarida «benazir» o’zini ancha keksaygandek vazmin tutsada, Runini «Old Trafford»dan ketishga ochiq da’vat etishi orqali hamon o’sha-o’shaligicha qolganligini bildirib qo’ydi.

Roberto Soldado. Ispaniya chempionatidagi eng barqaror hujumchilardan biri ayni «ochilgan» payti 30 mln. evro evaziga «Tottenxem»dan joy oldi. U o’z debyutini g’alaba to’pi bilan nishonladi.

Paulino. Konfederatsiyalar kubogi o’yinlaridan kelib chiqadigan bo’lsak, «shporlar»ning yangi a’zosi Angliya muhitiga osonlikcha moslashadi. Paulinoning butun o’yin davomida tinmay ter to’kishi jamoaga qo’l kelishi aniq.

Gari Medel. APLning eng yorqin kashfiyotlaridan bo’lishi taxmin etilayotgan bu futbolchi tumanli o’lkada ko’plab yangi muxlislarga ega bo’lsa, ajabmas.

Vilfrid Boni. Gollandiya chempionatining o’tgan mavsumdagi eng yaxshi to’purari — bunday yorliq ortida yangi van Nistelroy yoki Matey Kejman turgan bo’lishi mumkin. Har holda, «Suonsi»da Vilfridni qo’llab-quvvatlaydiganlar etarli. Qo’shimchasiga, murabbiy ham hujumkor futbol tarafdori. Aytgancha, Boni birinchi turdayoq o’z hisobiga gol yozib qo’ydi.

Yana 6ta muhim jihat

«Tottenxem» va «Arsenal» — Londonning bu ikki jamoasi to’rtinchi o’rin uchun murosasiz kurash olib boradigan ko’rinadi. Hozircha «shpor­lar»ning imkoniyatlari yuqoriroqdek. Garet Beylning sotib yuborilishi tarkibni zaiflashtirishi aniq. Biroq uning evaziga olinadigan mablag’dan unumli foydalanilsa, jamoa sovrinli o’rinlarga ham da’vogarlik qilishi mumkin.

Luis Suares va «Liverpul»

Agarda «qizillar» bu futbolchini majburan olib qolishsa, u har qanday tomosha, hatto ish tashlashni amalga oshirishi yoki qochib ketishi mumkin.

Roberto Martines va «Everton»

«Uigan»ni chempionshipda boshqarishdan voz kechgan ispaniyalik mutaxassis «Gudison Park»da Moyes o’rnini egalladi. Uning rahbarligi ostida «iriskalar» hujumkor o’yin ko’rsatishadi. Ammo «Uigan»ning himoya chizig’idagi pala-partishliklar takrorlanadigan bo’lsa, buni liverpulliklar kechirishmaydi.

«Uels derbisi»

«Kardiff» va «Suonsi» o’rtasidagi murosasiz bahs APL taqvimining bezagi bo’lishi kutilmoqda.

Pol Lambert va «Villa» yoshlari

Bent hamda Richard Danndan voz kechish orqali «Aston Villa» o’zining yoshartirish siyosatini davom ettirdi. O’tgan mavsum jiddiy sinovdan o’tgan jamoa­ning endi yaxshiroq to’p surishi kutilmoqda. Dastlabki turdagi g’alaba («Arsenal»-3:1) taxminlarning asossiz emasligidan dalolatdir.

«Nyukasl» va frantsuz desantlari

Avvalgi mavsumni «Nyukasl» o’ta omadsiz yakunladi. Lekin Pardyu ixtiyoridagi tarkib juda kuchli. Muxlislar bu jamoaning evrokuboklar hududiga ko’tarilib olishiga umid bog’lamoqdalar.

 

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.