Эксклюзив /

Garri Nevill Fergyuson haqida

«Manchester Yunayted»ning sobiq himoyachisi Garri Nevill hozirda Angliya terma jamoasida Roy Xojsonga yordam berish bilan birga, bloggerlik faoliyati bilan shug’ullanadi. Uning fikrlari va tahlillari Angliyada katta qiziqish bilan qabul qilinadi. Biz ham Nevillning qiziqarli maqolalarini berib borishni niyat qildik. E’tiboringizga Garri Nevillning Aleks Fergyuson haqidagi ba’zi xotiralarini havola qilamiz.

«Manchester Yunayted»ning yoshlar jamoasida o’ynab yurgan kezlarimda bir o’yinni yaxshi eslayman. O’sha o’yin «Chester»ga qarshi edi. Omadim kelib, asosiy tarkibga kiritilmagandim. Lekin Beks, Skoulz va Niki Battlar o’ynashdi. Shulardan biri xet-trek ham bo’ldi. Bizni jamoa tanaffusgacha 3-0 hisobini qayt etdi. U paytlari biz endi 16-17 yoshda edik. Echinish xonasiga o’zimizda yo’q hursandchilik va mamnunlik bilan qaygandik. Ser Aleks bilan o’sha erda ko’rishdik. Xonaga darrov jimlik cho’kdi. Endi bizlarni o’z joylarimizga qo’yish vaqti kelganini hal qilgandi. U o’yinchilardagi o’ziga ortiqcha ishonishlik va kuchsizlikni ko’rib, shu haqda gapirdi. O’sha paytda u murabbiyimiz bo’lmasa ham, undan hammamiz qo’rqardik. Ser Aleksning «Aberdin» jamoasida yordamchisi bo’lgan Archi Noks murabbiy bo’lib, uni ancha engil tabiat xarakteri bor edi.

O’sha hafta biz uchun juda ahamiyatli bo’ldi, chunki ser Aleks o’z qarori haqida gapirgandi. Hammamiz bu kun kelishini juda yaxshi bilsakda, lekin bu yangilikni qabul qilish mushkul edi. Ser Aleksning yuksak futbol qurganini to’g’ri aniqlay olish mumkin emasdi. Bu qadar muvaffaqiyatni ko’p sabablari bor. Men hali ham uni ko’p xotirlayman. Uning mehnatda ajoyib hulq atvori boridi. U va uning jamoasini «Manchester Yunayted»ga Tangri yuborgandi. Har bir davrda ishlagan har bir odam uchun, bu bir yutuq edi.

U doim yutuq va muvaffaqiyat qozonish yo’lida eng yuksak standartlarni bajarib kelgan. 1-bo’limda 3-0 hisobida g’alaba qilishimizga qaramay, o’yinimizdagi yo’q qilinishi kerak bo’lgan nimanidur ko’ra oldi. U bizga jamoaviy ruhni, qobiliyatni, qanday g’olib bo’lish uchun fikrlashni erta yoshdan singdirishni xohlardi. Kimlardir, u odamlarni faqat qo’rquv evaziga yugurtiradi, deb o’ylaydi. Shunchaki, buni bilolmadim.

Albatta, bolalar kabi undan qo’rqardik. Futbodagi kelajagimiz va taqdirimiz borasida mas’uliyatli bo’lgani uchun ham bu odamga yanada ko’proq xurmat oshdi. Qo’rquv har doim qandaydir halaqit beradi, ammo bu bizda sezilmadi. Ser Aleks har bir so’ziga bizni shiontirib, eng zo’r bo’lishni o’rgatdi. Shundan so’ng, birinchi jamoaga borish uchun biz bir jamoa bo’lishimiz kerakligini o’rgatdi. Ser Aleks har doim o’z sheriklariga g’amho’rlik qilish kerakligini o’qtirdi. Xuddi shunaqa ta’lim-tarbiya bergandi.

Mabodo bizning sheriklarimizda ham biror muammo paydo bo’lib qolsa, u shunday derdi: «Nima uchun sherigingizda ko’ngilsizlik bo’lishiga yo’l qo’ydingiz? Nima uchun uni yonida emassiz? Nimaga uni himoya qilmayapsiz?». Hammamiz jamoada o’z do’stimiz va sheriklarimizga mas’uliyatli bo’lardik. Mas’uliyatsizlik qilib qo’ymasligimiz uchun, u juda ko’p bora jarima tizimi qo’llardi. Ser Aleks jamoaviy javobgarlik hissini yuqori saviyada olib chiqish uchun harakat qilardi.

Bir marta Roy Kinda shunga o’xshash xodisa bo’lgandi. Kin janjal tufayli, temir panjara ortiga tushib qoldi. Tez orada uning aybsizligi oshkor bo’ldi, ammo ser Aleks aniq va tushinarli qilib yomon tanbeh bergandi. «Nima uchun menga hech kim telefon qilmadi? Nima uchun bu haqda hech kim xabar bermadi? O’rtog’ing panjara ortida bulsayu, hammang uyda krovatingga yumshoq to’shak yozding.»

Oradan bir necha yil o’tib, men jamoa sardori bo’lganimda ham shunga o’xshash bir voqea sodir bo’ldi. Men va bir nechta etakchi o’yinchilar, ser Aleks kelganda qaysi o’yinchiga qanday jazo berilishi haqida gaplashib turgandik. O’sha vaqtda, o’yinchilar yosh emas murabbiy oldida qanday javob berish kerakligini biladigan etakchi o’yinchilar edi. Ser Aleks kelib meni chekkaga tortib dedi: «O’yinchilar oldida, mendan boshqa narsalar haqida so’rama». Bu tushunarli edi. U jamoada jamoaviy birdamlikni, ahillikni, «Bir kishi hamma uchun, hamma bir kishi uchun» kabi tuyg’ularini uyg’otmoqchi bo’lardi.

U futbolga taalluqli bo’lmagan har qanday bir mavzuda suxbatlasha olardi. Uning uzluksiz so’kinishlari, qattiqqo’l murabbiyligi haqida hamma gaplar yolg’on. Mashg’ulot paytida hammamiz o’zimizni o’ylardik, lekin mashqlarini bajarardik. Mashg’ulotlar doim uydagidek osuda bo’lar edi. Ser Aleks hech qachon konservativ murabbiy bo’lmagan, u tavakkalchilikni yoqtirardi.
Ser Aleks o’z agentlari bor bo’lgan yosh o’yinchilarni hecham yoqtirmasdi. Men, o’sha surbet odamlar faqat ish haqi kamligini darrov aytishganiga, amin bo’lganman. Ammo bu darajada deb o’ylamagandim. Ser Aleks, boshqalar yosh o’yinchilarni o’rniga emas, o’z javobgarligi borasida o’zlari qaror chiqarishlarini hoxlardi. Ular bilan yuzma-yuz munosabatlarda, shunday derdi: «Men seni bilaman va seni mavqeying qanchalik ko’tarilishini ko’rdim». O’zaro munosabatlardan, uning xarakteridan shuni ko’rdimki, biz hali ham ser Aleks uchun yosh o’yinchilar bo’lib qolgandik.

Men, juda katta mablag’lar osongina qaerlargadir sarflanishi, zamonaviy futbolni tushinib bo’lmas holatlari haqida, har tomonlama suxbatlashdim. Keyin, murabbiylikka Devid Moyesni taklif etilganini o’rgandim va juda hursand bo’ldim. Men, futboldagi sog’lom fikr, jamoang uchun g’urur qanday namoyon bo’lishini tajribamdan o’tkazganman. Va shu erda savol tug’iladi, Devid Moyesning qo’lga kiritgan sovrinlari soni ko’p emas. Natijalar shunchaki, uning ishini hisobot shaklida hali etarli darajada ko’riladi. U barqarorlikka va meros bo’lib qolishlikka kafil bo’lgan.

Men o’z ukamdan shuni bildimki, Devid o’z jamoasi uchun bor kuchi beradigan va aql bovar qilmas darajada mexnatsevar. U xilma-xil ma’ruzalar va maqolalar, tarbiya bo’lgan o’yinlarni qaytadan qo’rib, yarim tunda uyiga qaytadi. Bu shotlandni ser Aleks bilan tomirlari bir xilmi deyman. Xaltaga solingan to’plar, konusli plastmassalar va og’ir jismoniy toliqishdan so’ng jamoa bilan qaytadi. Devidni jamoa bilan hech qanday muammo yo’q. U murabbiylik va raxbarlik qilish borasida jamoa tarixiga o’z nomini yozadi. Hali o’z so’zi aytadi.

Muallif: Shuhrat Parpiev.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.