Эксклюзив /

«Iblislar» haqida 50 haqiqat. (2-qism)

21. Yutqazilgan sovrin. 1986-yil.

Jamoa mavsumni ajoyib boshladi. Ketma-ket 10 uchrashuvdagi g’alabadan so’ng, ko’pchilikning nazdida «MYU» Premer-Ligada uzoq kutilgan chempionlikni qo’lga kiritishga tayyor edi. Ammo fevralda safar uchrashuvida «Vest Xem»ga mag’lubiyatga uchraganidan so’ng, jamoa peshqadamlikni qo’ldan boy berdi.

22. Basbi o’yindan tashqari holatda. 1969-yil.

Ser Mett Basbi «MYU»ni qabul qilib olganidan so’ng ajoyib jamoa barpo etdi. Ammo 1969 yilda futbolni tark etishini e’lon qilgan murabbiy o’rniga uning yordamchisi bo’lib ishlagan Uilf MakGinnes murabbiylik vazifasiga tayinlandi. Biroq MakGinnes boshchiligida «MYU» dastlabki yillardanoq mavqeini yo’qota boshladi.

23. Denis Lou. 1962-yil.

Shotlandiyalik hujumchi Denis Lou Italiyaning «Torino» klubidan sotib olindi. U «Qizil iblislar» safida 1964 yilda Yevropaning eng yaxshi futbolchisi unvoni qo’lga kiritdi.

24. «Yunayted» futbolchilari «Siti»da.

«MYU» noqonuniy futbolchilarning oldi-sotdisiga aralashgani uchun jarima sifatida «Manchester Siti»ga oltita futbolchisini berishga majbur bo’ldi. Shundan keyin «mankunianlar» bir nechta yangi futbolchini taklif etdilar. Aynan, ishbu futbolchilar «Manchester Yunayted»ning klub doirasida dastlabki sovrinlarni qo’lga kiritishga yordam berdilar. Jamoa 1908 va 1911 yillarda Angliya chempionligini, 1909 yilda Angliya kubogini qo’lga kiritdi.

25. Fergi fikridan qaytdi. 2002-yil.

Ser Aleks Fergyusson 2001/02 mavsumdan keyin «nafaqaga chiqishini» e’lon qilgandi. Ammo ushbu mavsum boshidan, jamoa o’z o’yinini topa olmadi. Shuning uchun Fergi qarorini boshqatdan ko’rib chiqib, jamoada qolishini e’lon qildi.

26. Uchinchi dvizion xavfi. 1976-yil.

«Milluol»ga qarshi mavsumdagi so’nggi o’yindagi g’alaba «Yunayted»ni uchinchi diviziondan qutqarib qoldi. 30-yillarda jamoa qiyin ahvolda edi. Masalan, 1931 yilda «Midlsbro»ga qarshi bahsda bor yo’g’I 3900 muxlis o’yingohga tashrif buyurgan.

27. Zafarli kun. 1976-yil.

1976 yilda jamoa 13 yil ichida birinchi marta Angliya Kubogi finaliga yo’l olib, «Sautgempton»ga qarshi to’p surdi. Mag’lubiyatga uchraganligiga qaramay, bu kun yangi an’anaga sabab bo’ldi. Jamoa 10 yil ichida besh marta Angliya Kubogi finalida to’p surdi. Ushbu uchrashuvlardan so’ng, jamoaning mashhurligi yildan-yilga o’sishni boshladi.

28. Giggz manzilni o’zgartirdi. 1988-yil.

Rayan Giggz «Manchester Siti»da to’p surardi. Yosh futbolchi qobiliyatini sezgan «Yunayted» skautlari uni jamoaga olib kelishdi. Mana 20 yildan oshdiki muxlislar uning iqtidoridan rohatlanmoqdalar.

29.«Nike»bilan shartnoma. 2002-yil.

Sport kiyimlarini ishlab chiqaruvchi dunyoga mashhur firma jamoa bilan 300 million funt sterlingga shartnoma imzoladi. Shartnomaga binoan, «MYU» firma mahsulotlarini reklama qiladi.

30. Tiklanish. 1948-yil.

Angliya KUbogining tarixiy finalida «Blekpul» 4:2 hisobida mag’lubiyatga uchratildi va jamoa urushdan so’ng obro’sini tiklay boshladi.

31. Bekxem Fergidan o’ch oldi. 2003-yil.

Angliya Kubogi bahsida «Manchester Yunayted» o’z maydonida «Arsenal»ni qabul qilib, mag’lubiyatga uchradi. Uchrashuvda to’p Devid Bekxemning raqibini qo’riqlay olmagan vaziyatdan keyin kiritildi. Uchrashuvdan keyin g’azablangan Aleks Fergyusson kutilmaganda butsani uloqtirib, Bekxemni qoshini yorib qo’ydi. Bu voqeadan so’ng murabbiy va futbolchi orasiga sovuqchilik tushdi va mavsum yakunida futbolchi «Old Trafford»nit ark etdi.

32. Robsonning kelishi. 1981-yil.

Angliya terma jamoasi a’zosi Brayan Robson bilan shartnoma imzolayotgan vaqtda murabbiy Rot Atkinson bu futbolchini «sof oltin»ga tenglashtirgandi. «Vest Bromvich Albion» klubidan kelib qo’shilgan futbolchi besh yil ichida jamoasi bilan biror marta to’rtinchi o’rindan pastga tushmadi.

33. BSkyB bilan amalga oshmagan kelishuv. 1998-yil.

Robert Maksvell «Yunayted» boshqaruvini qo’lga olish uchun qilgan muvaffaqiyatsiz harakatdan oradan 14 yil o’tib, Rupert Merdok ham o’z omadini sinab ko’rishga qaror qildi. Klub o’zining aksionerlariga BSkyB taklifini qabul qilishini tavfsiya etdi va uning omadi chopgandek edi. Lekin so’nggi lahzalarda mamlakat savdo va sanoat vazirligi qoshidagi monopoliya qo’mitasi bu ishni to’xtatib qo’ygach, kelishuv amalga oshmay qoldi.

34. Alamli va omadsiz 5 kun. 1992-yil.

Aprel oxirida jamoa besh kun ichida uch uchrashuv o’tkazib, oqibatda peshqadamlikni qo’ldan boy berdi. Dastlab o’z maydonida «Nottingem Forest», safarda «Vest Xem»ga mag’lubiyat va «Luton Taun» bilan during jamoaning chempionlikdan umidini uzishiga olib keldi. Chempionlik esa «Lids Yunayted»ga nasib etdi.

35. Kung-fu. 1995-yil.

Erik Kantona «Selxerst Park»da «Kristal Pelas» jamoasiga qarshi bahsda bir ishqibozning so’kishini ko’tara olmadi va muxlisni kung-fu usulida zarba bilan ta’zirini berib qo’ydi. Shundan keyin, 8 oyga futboldan chetlatildi.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.