Эксклюзив /

Xuan Mata: Ilk intervyu

«Manchester Yunayted» o‘zi uchun rekord darajadagi narx – 37,1 million funtga sotib olgan yangi futbolchisi Xuan Mata MUTV uchun o‘zining ilk intervyusini berdi.

Va nihoyat «Manchester Yunayted» futbolchisiga aylandingiz. Bu sizga qaday his tuyg‘ularni taqdim etdi?

Bugun men uchun juda quvonchli kun: yangi jamoadoshlarim va bosh murabbiy bilan uchrashdim. Shuningdek, mashg‘lot maydonlarida ham bo‘ldim. «Yunayted» — buyuk klub va men uning bir bo‘lagiga aylanganimdan shodman.

«MYu» tomonidan senga qiziqish bildirilayotganini bilganingda, nimalar haqida o‘ylading?

Buni bilishim bilan hayolimga birinchi kelgan so‘z «Vou!», bo‘ldi. Bu klub Premer-liga va ingliz futboli tarixida juda ko‘plab sovrinlarni qo‘lga kiritgan. «Manchester Yunayted» senga qiziqqani haqida bilish — ajoyib tuyg‘u.

Bu klubga o‘z vaqtida ko‘plab buyuk futbolchilar kelgan. Lekin sen jamoaga rekord summa evaziga o‘tding. Bu narsa senga qo‘shimcha mas’uliyat yuklayotgandek bo‘lmayaptimi?

Menga yaxshigina harajat qilinganini tushunib turibman. Ammo, ishonchim komilki, hammasi yaxshi bo‘ladi. Men bor kuchimni ishga solaman. Umaman olganda, har joim shunday qilib kelganman ham. «Yunatyed»da yaxshi tarkib va yaxshi murabbiy bor. Muxlislari esa — fantastik darajada! Shundoq ekan, muvaffaqiyat uchun hamma narsa yetarli.

«Chelsi»da ancha ko‘lamdagi ishni bajarishga ulgurding. So‘nggi ikki mavsumda eng yaxshi futbolchi deb ham topilding. Katta klublar bunday darajadagi futbolchilarini o‘zlarining ashaddiy raqiblariga kamdan-kam holda sotishadi. Klub seni «Old Trafford»ga ketishingga ruxsat berganidan hayratga tushmadingmi?

To‘g‘risini aytsam, men uchun bu biroz kutilmagan hol — kichik syurpriz bo‘ldi. Tan olishim kerakki, «Chelsi»dan rostdan ham juda minnatdorman. Klub rahbariyati, hodimlari, muxlislar — barchasiga tashakkur. Ular ikki mavsum davomida meni eng yaxshi deb topishdi. Buni doim qadrlayman. Ularning barchasi menga ajoyib munosabatda bo‘lishdi. So‘nggi olti oy juda og‘ir o‘tdi. Chunki maydonga o‘zim istaganimdek, doimiy ravishda tushirilmadim. Tushunaman, futbol — jamoaviy o‘yin va yuzaga kelgan o‘ysha vaziyatga ham hurmat bilan qarayman. Shunday bo‘lsada, «Manchester Yunayted»ga o‘tish, men uchun faoliyatimni boshqa bir buyuk klubda davom ettirish uchun ajoyib imkoniyat edi va bundan foydalanishga qaror qildim.

David De Xea sening keliishingni kutayotgandi. U senga «Yunayted» va uning hayoti haqida nimalar dedi?

So‘nggi bir necha kun davomida u meni «sms»lar bilan ko‘mib tashladi: «Qachon yo‘lga chiqasan? Bazaa qachon yetib kelasan? Vertolyotda kelyapsanmi yoki velasipeddami?!». Nihoyat shu yerga yetib keldim va bu yerda David bilan birgaligimizdan xursandman. Axir u mening yaqin do‘stim. Shuningdek ajoyib darvozabon va juda yaxshi yigit. U bilan bu yerda birga ekanimiz men uchun juda muhim.

Ueyn Runi, Robin van Persi va Adnan Yanuzay kabi futbolchilar bilan birga harakat qilishingdan xursand bo‘lsang kerak?

Albatta. Gollar urishni yoqtiradigan, vaziyatlar yaratishga intiladigan, jamoaning o‘yiniga kreativlik olib kirishga urinadigan men kabi futbolchiga bunday futbolchilar bilan birga harakat qilish faqatgina foyda beradi. Ueyn Runi, Robin van Persi, Yanuzay, Valensiya, Chicharito, Uelbek — ularning barchasi top darajadagi futbolchilar va men ham ular qatorida jamoaga maksimal darajada foyda keltirishga intilaman.

Seningcha qaysi nuqtada hammasidan ham yaxshiroq o‘ynay olasan?

Nima o‘ynashga bog‘liq-da! (kuladi). Futbol o‘ynashni sevaman. Menimcha, hujumchi ortidagi har uchta ampluada ham o‘ynay olsam kerak. «Chelsi»ga endigina o‘tgan vaqtlarimda chap qanotda o‘ynardim. Bu mavsumda esa o‘ng qanotda o‘ynatishdi. O‘tgan mavsumda markaziy hujumchi ortida harakat qildim va o‘ylashimcha bu faoliyatimdagi eng yaxshi mavsum bo‘ldi. Nima bo‘lganda ham, aynan qaysi nuqtada to‘p surish men uchun eng ahamiyatli jihat emas.

Faoliyating davomida ko‘plab sovrinlarni yutishga erishding. Bu yerda nimalarni qo‘lga kiritishni istaysan?

Premer Liga g‘olibi bo‘lishni xohlayman. Bu sovrin ushbu mamlakatda to‘p surayotgan har qanday futbolchi uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Menimcha, «Yunayted»da har qanday natijaga erishsa bo‘ladi. Buning uchun men ham qo‘limdan kelganini qilaman. Hali yoshman, shunqa qaramay bir necha kuboklarni qo‘lga kiritdim. Biroq yananda ko‘prog‘iga erishishni istayman.

Bosh murabbiy seni seshanba kuni bo‘lib o‘tadigan «Kardiff»ga qarshi o‘yinda maydonga tushirmoqchi ekanini aytidi. «Old Trafford»da «Yunayted» futbolchisi sifatida maydonga chiqish sen uchun qanday ahamiyatga ega?

«Old trafford» — ajoyib stadion. Men ikki yoki uch marta «Yunayted»ga raqib sifatida bu yerda o‘ynaganman. Endi esa uy uchrashuvimni mana shu maydonda o‘tkazishim mumkin. Hammasi boshqacha, lekin ko‘tarinki ruhda o‘tishiga shubha qilmayman. Axir «MYu» muxlislari — fantastik!

MUTV muxbirlari Ben Xibbs, Djemma Tompson, Styuart Gardner suhbatlashishdi.

Tarjimon Abror Qodirov /championat.asia

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.