Эксклюзив /

Lui van Gal: Ilk intervyu

Gollandiya televideniyasi Lui van Galldan rasman «Manchester Yunayted» jamoasiga bosh murabbiy bo‘lib tayinlangan so‘ng daslabki intervyuni oldi.

Maqsadlari haqida: «Maqsadim jamoani tezroq ser Aleks Fergyuson vaqtidagidek birinchi pog‘onaga olib chiqish. « Yunayted» – jahondagi eng buyuk jamoalaridan, marketing ishlari ham yaxshi olib boriladi, buni jamoaning byudjetidan ham bilsa bo‘ladi. Jamoa kelasi mavsumda yuqori o‘rinda bo‘lishi zarur».

Jamoa haqida: «Xozirda jamoaga keladigan futbolchilar haqida turli mish mishlar yuribdi. Bizga kerakli bo‘lgan futbolchilarni harid qilishga xarkat qilamiz. Hammasini vaqt ko‘rsatadi. Xozircha bir narsani aytishimiz mumkin jamoaga kuchli potensialga ega futbolchilar keladi».

Vudvort bilan bo‘lgan suhbat haqida: «Men unga o‘z xissiyotlarim haqida so‘zlab berdim, ya\'ni mening murabbiylar shtabimdan kimlar o‘rin oladi, kelajakda nimalar kerak bo‘ladi. U barchasini ziyraklik bilan tingladi».

Muzokaralar haqida: «Uzoq olib borilgan muzokara? Bu masalada shoshmoq kerak emas, xar bir narsaga alohida e\'tibor berib yakuniy hulosaga keldik».

Agent haqida: «Mening shaxsiy agentim yo‘q, barchasini o‘zim qilishga xarakat qilaman. Faqatgina bu sohada o‘z ishlarini yaxshi biladigan bir qancha yaxshi do‘stlarim bor».

Dastlabki mavsumdagi chempionlik haqida : « Meni o‘ylashimcha, bu juda qiyin ish, lekin bu menga fantastik chaqiriq bo‘ladi».

Mourinyu haqida: «Mourinyu birinchi bo‘lib menga SMS yubordi. U mening ish faoliyatimga havas qilishini bildirdi. O‘ylashimcha, u buyuk «AZ Alkmar» jamoasida olib borgan ishimini ko‘rgan, — deya hazil qildi van Gal.

Ser Aleks haqida: «Men albatta Fergyuson bilan uchrashib, gaplashib olaman. U bilan munosabatlarimiz juda yaxshi va avval ham ko‘rishib turardik».

Taklif haqida: «Men «Bavariya» jamoasidan yoki «Manchester Yunayted» jamoasidan hyech qachon ishga olishlarini so‘ramaganman, ularning o‘zlari men bilan aloqaga chiqishgan. Men bunday bo‘lganidan faxrlanaman». Mag‘lubiyatlar haqida: «Sportda sen g‘alaba qozonasan yoki mag‘lubiyatga uchraysan. Medalni ham ikki tarafi bor, buni esdan chiqarmaslik darkor». Rejalar haqida: «Mening oldimda ikki variant bor edi – murabiylik faoliyatimni yakunlash yoki Angliyaga yo‘l olish. Turmush o‘rtog‘im faoliyatimni yakunlashimni hohlagan edi, lekin yakunda Angliyaga birgalikda yo‘l oladigan bo‘ldik».

O‘zi haqida: «Van Gal – juda ham kichik realist inson».

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.