Эксклюзив /

Rayan Giggz va «MYu»

Ushbu maqola orqali «Manchester Yunayted» jamoasining afsonasi Rayan Giggz faoliyatiga qisqacha to‘xtalib o‘tamiz.

«MANCHESTER YUNAYTED» BILAN DASTLABKI SHARTNOMA (1987 YIL)

Yosh iqtidor egasi Rayan Uilson dastlab «Manchester Siti» futbol akademiyasida ishtirok etdi, va keyinchalik uni Aleksa Fergyuson o‘z jamoasiga taklif qildi va 14 yoshda Rayan «MYu» yoshlar jamoasi bilan shartnoma imzoladi. Oradan bir nech yil o‘tib esa 17 yoshli futbolchi bilan «Yunayted» professional shartnoma imzoladi. Rayan o‘sha vaqtda onasining familiyasini ya\'ni – Giggz familiyasini oldi.

«EVERTON» JAMOASIGA QARSHI DEBYUT (1991 YIL 2 MART)

17 yoshli uelslik futbolchi mankunianlar asosiy jamoasidagi dastlabki uchrashuvini chempionatda «Everton» ga qarshi o‘tkazdi o‘sha uchrashuvda Giggz himoyachi Denis Irvinning o‘rniga zahiradan maydonga tushdi. O‘shanda xech kim oradan 23 yil o‘tib uni «Old Trafford» da murabbiy sifatida ko‘rishga ishonmagan edi. Uchrashuv «MYu» foydasiga 2:0 hisobida yakunlandi.

ASOSIY TARKIBDAGI «START» VA «MANCHESTER SITI» DARVOZASIGA URILGAN DASTLABKI GOL (1991 YIL 4 MAY)

1991 yil 4 may kuni Rayan Giggz uchun unitilmas kunga aylandi. Uni Aleks Fergyuson asosiy tarkibda ilk bora uchrashuv boshidan maydonga tushirdi. Uelslik futbolchi uchun bu birinchi manchester derbisi edi. Ushbu uchrashuvda futbolchi tomonidan kiritilgan gol «Yunayted» ning «Siti» ustidan g‘alaba qozonishiga katta xissa qo‘shdi.

«MYU» TARKIBIDAGI DASTLABKI KUBOK – LIGA KUBOGI(1992 YIL 2 APREL)

Rayan Giggz umumiy tarzda xisoblaganda «MYu» tarkibida 35 ta mukofotni qo‘lga kiritgan. Dastlabki mukofot Angliya Liga Kubogida qo‘lga kiritlgan. Finalda «Nottingem Forest» jamoasiga qarshi maydonga tushgan qizil iblislar tarkibida Rayan Giggiz ham bor edi.

DASTLABKI CHEMPIONLIK (1992/93)

Giggz 1992/93 yilgi mavsumdan boshlab «MYu» ning asosiy tarkibdagi yetakchi o‘yinchilaridan biriga aylana boshladi. Ayniqsa uning «Tottenxem» darvozasiga urgan chiroyli goli muhlislarning yodida uzoq saqlanib qoldi. «MYu» ga oltin medallarni taqdim etgan uchrashuvda esa Rayan jarima to‘pidan raqib darvozasini ishg‘ol qildi. Bu «MYu» so‘ngi 26 yildagi dastlabki chempionligi edi.

MUHLISLAR FIKRIGA KO‘RA «MYU» NING ENG YAXSHI O‘YINCHISI MUKOFOTI (1998 YIL)

Vaqt o‘tgan sari Giggz tajribasi yanada osha boshladi, «MYu» esa ketma-ket tarzda yutuqlarni qo‘lga kirita bordi… 1998 yilgi mavsum yakunlariga ko‘ra Giggz jamoa muhlislari orasida o‘tkazigan so‘rov natijalariga ko‘ra jamoadagi mavsumning eng yaxshi futbolchisi unvoniga sazovar bo‘lib ser Mett Basbi nomidagi mukofotga sazovar bo‘ldi.

«MYU» OLTIN XET-TRIK (1999 YIL)

1998/99 mavsum «Yunayted» jamoasi va bosh murabbiy Fergyuson uchun juda ham omadli o‘tdi. Giggz jamoadaoshlari bilan birgalikda uchta musobaqada g‘alabaga erishishdi, Chempionlar ligasi, Premer-liga va Angliya Kubogi. Dramatik tarzda «Bavariya» jamoasiga qarshi o‘tgan Chempionlar Ligasi finali haligacha ko‘pchilikning yodida.

«MYU» JAMOASI TARKIBIDA MAYDONGA TUSHISH BO‘YICHA REKORD (2008 YIL)

2008 yil bahor oyida «Uigan» jamoasiga qarshi uchrashuv Giggz uchun juda esda qolarli bo‘ldi. Birinchidan, ushbu uchrashuvda maydonga tushgan Rayan «MYu» jamoasi tarkibida maydonga tushish bo‘yicha Bobbi Charlton rekordini takrorladi ya\'ni 758 uchrashuv. Ikkinchidan, ushbu uchrashuv raqib darvozasini ishg‘ol qildi, uchinchidan ushbu gol jamoaga navbatdagi chempionlik unvonini taqdim etdi. Oradan bir necha hafta o‘tib Rayan «Yunayted» tarkibida maydonga tushish bo‘yicha yaqqol rekordni o‘rnatdi, shuningdek, Moskvada bo‘lib o‘tgan Chempionlar Ligasi finalida jamoa g‘alaba qozondi.

ANGLIYADA MAVSUMNING ENG YAXSHI O‘YINCHISI (2009 YIL 26 APREL)

To‘g‘ri Giggz yakka tarzda erishgan mukofatlari ko‘p emas, balki uni super-yulduz deb qarashmas. Lekin u xaqiqiy afsona. Rayan 1991-93 yillar davomida ikki marotaba eng yaxshi yosh futbolchi unvoniga sazovar bo‘lgan. Oradan 16 yil o‘tib esa birinchi va so‘ngi bor Angliyada mavsumning eng yaxshi o‘yinchisi unvonini qo‘lga kiritdi. 2009- yilda Rayan shuningdek jamoasi bilan Chempionatda va Liga Kubogda g‘olib bo‘lishdi.

GIGGZ-MURABBIY VA GIGGZ-O‘YINCHI (2014 YIL 6 MAY)

«Old Trafford» da «Xall Siti» jamoasiga qarshi kechgan uchrashuvda Giggz zahiradan maydonga tushdi va bu uning so‘ngi uchrashuvi bo‘lib tarixga muxirlandi. Moyes bosh murabbiylikdan ketgandan so‘ng o‘rniga vaqtinchalik bosh murabbiy sifatida tayinlangan Giggz shu kuni ham murabbiy ham futbolchi sifatida uchrashuvda ishtirok etdi. Uchrashuvdan so‘ng Giggz muhlislarga qarata quyidagi so‘zlarni aytdi:

«Biz bilib turibmiz, ushbu mavsum biz uchun juda qiyin kechdi, lekin sizlar tarafingizdan ushbu mavsum bizlarni doimiy qo‘llab quvatlash takrorlanmas darajada ajoyib bo‘ldi. Bizlarni doimo qo‘llab quvvatlashda davom eting,ishonch bilan shuni aytamanki tez yillarda jamoa yanada ko‘plab yutuqlarga erishadi. Biz bugun barchasiga guvoh bo‘ldik, jamoa doimiy ravishda yosh futbolchilarni qo‘llab quvatlagan. Yaxshi kunlar tez orada qaytadi», — deya so‘zini yakunladi Rayan.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.