Эксклюзив /

«Manchester Yunayted» & Adidas

Oradan 23 yil o‘tib «Manchester Yunayted» rahbariyati  yana jamoaning liboslarini ishlab chiqarishni Germaniyaning mashhur Adidas kompaniyasiga topshirdi.

«Manchester Yunayted» va  Adidas o‘zaro 10 yilga mo‘ljallangan hamkorlik shartnomasiga imzo chekishdi. Shartnomaga ko‘ra Adidas «Manchester Yunayted» liboslarini 2015/16 mavsumdan boshlab ishlab chiqaradi. Adidas kompaniyasining jamoa uchun ishlab chiqargan sport liboslari xaqida to‘xtalib o‘tamiz.

1982 yil. «Manchester Yunayted» jamoasining uy forma liboslari namunasi.

Norman Uaytsayd, Rey Uilkins, Stiv Koppell, Frenk Steplton va Brayan Robson 1982 yilgi jamoa libosi, titul hamkor Sharp mahsulotlarini namoyishi.

1982 yil. «Manchester Yunayted» jamoasining mehmonda o‘tkazadigan uchrashuvlar uchun tayyorlangan liboslari.

1984 yil. «Manchester Yunayted» jamoasining uy forma liboslari namunasi.

1986 yil.  «Manchester Yunayted» jamoasining uy forma liboslari namunasi.

Gordon Strachan «Liverpul» ga qarshi uchrashuvda «Yunayted» libosida.

1986 yil. «Manchester Yunayted» jamoasining uchunchi libosi namunasi.

1988 yil. «Manchester Yunayted» jamoasining uy forma liboslari namunasi.

1990 yil. Norman Uaytsayd Adidas tomonidan ishlab chiqilgan «Manchester Yunayted» formasida.

1990 yil. Mark Robins «Manchester Yunayted» jamoasining mehmonda o‘tkazadigan uchrashuvlar uchun chiqarilgan libosida.

1990 yil. «Manchester Yunayted» darvozabonlari uchun forma libosi namunasi.

1992 yil. «Manchester Yunayted» jamoasining Kubk egalari kubgi musobaqasi uchun mahsus tayyorlangan libosi namunasi.

FOTO: Manchester Evening News

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.