Эксклюзив /

Manchester Yunayted 2014/15 mavsum oldidan

2014 yil 16 avgustdan boshlab Angliyada yangi 2014/15 mavsumga start beriladi «Manchester Yunayted» jamoasi ushbu mavsumga qanday tayyorgarlik ko’rdi.

«Manchester Yunayted» jamoasiga yangi 2014/15 mavsumdan boshlab Lui van Gal bosh murabbiyiligida uchrashuvlarda ishtirok etadi. Jamoada bir qator o’zgarishlar ro’y berdi.

Jamoani tark etgan futbolchilar:

Rio Ferdinand («QPR», erkin agent), Nemanya Vidich («Inter», erkin agent), Rayan Giggz (faoliyatini yakunladi), Patris Evra («Yuventus», 1.5 mln. funt), Aleks Byuttner («Dinamo» Moskva, 5.6 mln. funt), Bebe («Benfika», ?2.5 mln. funt), Kiko Makeda («Kardiff», erkin agent), Anxelo Enrikes («Dinamo» Zagreb, ijara).

Jamoaga kelgan futbolchilar:

Ander Errera («Atletik Bilbao», 29 mln. funt), Lyuk Shou («Sautgempton», 30 mln. funt).

Jamoani tark etishi mumkin bo‘lgan futbolchilar:

Nani, Zaha, Lindegaard, Anderson, Fellaini, Ernandes, Rafael.

Jamoaga kelishi mumkin bo‘lgan futbolchilar:

Di Mariya, Vidal, Blind, Xummels, Roxo, Kuadrado.

Eslatma: Yozgi transfer oynasi yopilgunga qadar jamoada o‘zgarishlar ro‘y berishi mumkin.

«Manchester Yunayted» murabbiylari shtabi

Bosh murabbiy: Lui  van Gal

Bosh murabbiy birinchi assistenti: Rayan Giggz

Bosh murabbiy ikkinchi assistenti: Albert Styoyvenberg

Murabiy:  Marsel Baut

Darvozabonlar murabbiyi:  Frans Xuk

Jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha murabbiy: Yos van Deyk

Jamoa analitigi: Maks Rekers

O‘rinbosarlar murabbiyi: Uorren Garton Djoys

O‘rinbosarlar murabbiyi assistenti: Niki Batt

18 yoshgacha bo‘lgan jamoa murabbiyi: Pol Makginness

«Manchester Yunayted» futbol maktabi direktori: Brayan Makkleyr

«Manchester Yunayted» jamoasi ijrochi direktori: Ed Vudvord

Jamoa egalari: Gleyzerlar oilasi.  

«Manchester Yunayted» jamoasi tarkibi (raqamlari bilan):

1. De Xea; 2. Rafael; 3. Shou; 4. Jons; 6. Evans; 8. Mata; 10. Runi; 11. Yanuzay; 12. Smolling; 13. Lindegaard; 14. Chicharito; 16. Karrik; 17. Nani; 18. Yang; 19. Uelbek; 20. van Persi; 21. Errera; 22. Povell; 23. Kleverley; 24. Fletcher; 25. Valensia; 26. Kagava; 28. Anderson; 29. Zaha; 30. Varela; 31. Fellaini; 34. Lavrens; 35. Lingard; 36. Vermijl; 38. M.Keane; 39. Thorpe; 40. Amos; 41. James; 42. Blakett; 45. Petruchi; 46. Rothvell; 48. V.Keane; 49. Uilson; 50. Johnston.

Jamoa sardori: Ueyn Runi, vitse sardor Darren Fletcher.

«Manchester Yunayted» asosiy taktik semasi: 3-4-1-2, 3-5-2, 4-4-2.    

Jamoa formalari: 3 hil ko‘rinishda NIKE tomonidan tayyorlangan.

Jamoa titul homiysi: Chevrolet kompaniyasi.

Yangi mavsum tayyorgarligi:

Jamoa yangi mavsumga tayyorgarlikni iyul oyining ikkinchi o‘n kunligidan boshladi. Lui van Gal Gollandiya terma jamoasi bosh murabbiyi sifatida JCh 2014 da ishtiroki sabab dastlabki mashg‘ulotlarni Rayan Giggz olib bordi. Jamoni 16 iyuldan Lui van Gal qabul qilib oldi. 25 futbolchidan iborat jamoa 18 iyul kuni AQShga turnesiga yo‘l oldi. Jamoa AQSh dagi turne chog‘ida Xalqaro chempionlar Kubogi musobaqasida ishtirok etib g‘olib bo‘ldi.

Jamoa turne davomida 5 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Dastlab 24 iyul kuni «LA Geleksi» mehmoni bo‘lgan «MYu» 0:7 hisobida g‘alaba qozondi.

Uchrashuvdagi gollarni  Uelbek 13, Runi 42(pen.), 54+1, Djems 62, 84, Yang 88, 90 kiritdilar.

Ushbu uchrashuvda «MYu»  quyidagi tarkibda maydonda to‘p surdi:

1-taym: De Xea, Smolling, Djons, Evans, Shou, Valensiya, Fletcher (S), Errera, Mata, Runi, Uelbek; 2-taym: Lindegor,Rafael, M.Kin, Fletcher (S), Blekett, Djemis, Kagava, Kleverli,Errera, Nani, Yang;

Xalqaro Chempionlar kubogi doirasidagi uchrashuvlar

Guruh bosqichi: 26 iyul: «Roma» – «MYu» 2:3.

Gol: Runi 36, 45+1(pen.), Mata 39.

«MYu» tarkibi:  Djonston (Eymos 46), Djons (M.Kin 46), Evans (Smolling 46), Blekett, Valensiya (Yang 46),Kleverli (S)(Ernandes 70), Errera (Kagava 46), Djeyms (Shou 46), Mata (Lingard 46), Uelbek (U.Kin 46), Runi (Nani 46).

29 iyul: «Inter» – «MYu» 0:0 (pen. 3:5). «MYu» tarkibi:  Lindegaard (De Xea 46); Smalling (Blakett 46), Jons (M.Keane 46), Evans; Valenia (Shou 46), Fletcher (S), Errera (Kleverley 46), Yang; Mata (Kagava 46); Rooney (Zaha 46), Uelbek (Nani 46 (Ernandes 77).

2 avgust:  «Real» – «MYu» 1:3.

Gol: Yang 21, 37, Ernandes 80. «MYu» tarkibi:  De Xea, M. Kin, Djons, Evans (Blekett 46), Valensiya (Lingard 62), Errera (Kleverli 46), Fletcher (S), Yang(Shou 46), Mata (Kagava 62), Runi (Ernandes 62), Uelbek (Zaha 41).

Xalqaro Chempionlar kubogi, Final.

05 avgust: «Liverpul» – «MYu» 1:3.

Gol: Runi 55, Mata 57, Lingard 88.

«MYu» tarkibi:  De Xea, Evans (Blekett 46), Smolling, Djons, Valensiya (Shou 8), Errera (Lingard 78), Fletcher (Kleverli 46), Yang, Mata(Kagava 69), Runi (k), Ernandes (Nani 69).

Jamoa turne davomida raqib darvozalarini 16 bor ishg‘ol qilib o‘z darvozasidan 4 bor to‘p olib chiqdi.  O‘tkazib yuborilgan 4 to‘pdan 3 tasini raqiblar 11 metrlik penaltidan darvozaga yo‘llashdi.  Turne davomida bosh murabbiy jamoa bilan birga bo‘lgan barcha futbolchilarga imkoniyat berdi.  

6 avgust kuni AQSh turnesidan qaytib kelgan jamoa 8 iyuldan boshlab to‘liq tarkib bilan mashg‘ulotlarga kirishdi.

12 avgust kuni «Manchester Yunayted» jamoasi «Old Trafford» stadionida Ispaniyaning «Valensiya» jamoasi bilan kuch sinashdi.

12 avgust: «MYu» – «Valensiya» 2:1.

Gol: Fletcher 49, Fellayni 90+1.

«MYu» tarkibi: 

De Xea, Blekkett, Djons, Smolling (M.Kin, 62), Fletcher (Kleverli, 62), Errera (Fellayni, 76), Eshli Yang (Kagava, 62), Djeyms, Mata (Lingard, 62), Runi, X. Ernandes (Yanuzay, 76).

Jamoa yangi mavsumni 16 avgust kuni o‘z maydonida «Suonsi» jamoasi qabul qilish bilan boshlaydi. Ushbu mavsum «Manchester Yunayted» yevrokuboklarda ishtirok eta olmasligi sababli asosiy e'tiborni Premer Liga uchrashuvlari va Kubok uchrashuvlariga qaratadi.    Manutd.uz uchun maxsus B.Raupov

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.