Эксклюзив /

Markos Roxo: Birinchi intervyu

Jamoaning yangi a’zosi Markos Roxo «Qizil iblislar» tarkibidagi ilk intervyusini berdi.

«Manchester Yunayted»jamoasiga xush kelibsan! Hozir va jamoa bilan tuzilgan shartnomaga imzo qo‘yganingdan so‘ng nimalarni his qilding?

Katta rahmat! Men juda bahtiyorman, bu mening faoliyatim uchun katta qadam bo‘ldi. Buyuk jamoaning bir bo‘lagi bo‘lish ajoyib.

Jamoa haqida, uning tarixi va futbolchlari to‘g‘risida nimalarni bilasan?

Men jamoa haqida ko‘p ma’lumotni bilaman, doimiy ravishda Premer Liga uchrashuvlarini kuzatib boraman. «Manchester Yunayted» Angliyadagi eng ko‘p yutuqlarga erishgan jamoalardan. Hamyurtim Xuan Sebastyan Veron ham «Yunayted» jamoasida faoliyat olib borgan. U jada ajoyib o‘yinchi bo‘lgan, men uning o‘yinlarini doimo kuzatganman.

Sening transfering haqida juda ko‘p mish-mishlar tarqaldi. Sshngi bir necha kunlar sen uchun qanday o‘tdi?

Bizga biroz vaqt kerak bo‘ldi, transfer borasidagi munozaralar qiyin kechdi. Hammasi yaxshi yakuniga yetganidan va hozirda «Manchester Yunayted» jamoasi a’zosi ekanligimdan xursandman.

Lui van Gal seni o‘z jamoasi tarkibida ko‘rmoqchi ekanligini eshitganingdan nimalarni xis qilding?

Ajoyib xislar o‘tdi! Biz JCh 2014 da uning jamoasiga qarshi to‘p surgan edik, u juda kuchli murabbiy! Ilk bora meni o‘z jamoasi safida ko‘rmoqchi ekanligini eshitganimda, men juda xursand bo‘ldim, va g‘ururlanish bilan bir qatorda hayajoni ham sezdim. Shunday jamoa tarkibida ishtirok etish imkoniyati paydo bo‘lgani– men uchun juda ajoyib xis.

Jamoa bilan birgalikda hamda yakka tartibda barchasini qanday reja qimoqchisan?

Eng muhimi – futbolchi sifatida o‘sishni davom ettirib va doimiy yuksalishga erishish niyatidaman. Menga berligan bunday imkoniyatdan katta kuch sarflab foydalanishni hohlayman. Jamoa bilan ko‘plab mukofotlar olish uchun xarkat qilaman.

So‘ngi savol. Jamoada ko‘plab ispan tilida muloqat qiluvchi futbolchilar bor, bu sening moslashishing uchun yordam bo‘la oladimi?

Albatta, bu meni jamoa muhitiga tezroq moslasha olishim uchun juda muhim.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.