Эксклюзив /

Deyli Blind: Birinchi intervyu

Gollandiyalik futbolchiDeyli Blind «Manchester Yunayted» jamoasi a’zosiga aylandi.

Futbolchidan jamoadagi ilk intervyusini MUTV telekanalikorrespondentiDevid Stouellom oldi.

«Manchester Yunayted» da o‘zingni qanday xis qilyapsan?

O‘zimni juda yaxshi xis qilmoqdaman. Juda hayajonlanmoqdaman va tezroq mashg‘ulotlarga kirishishni istayman. Bu yerda ekanligimdan juda xursandman.

Aftidan so‘ngi 24 soat mazmunli o‘tganga o‘xshaydi, barchasi qanday bo‘ldi …

Ha, juda ma’zmunli o‘tdi. Barchasi tezlik bilan sodir bo‘ldi, vaqt yetmay qolishi mumkin deb o‘yladim. Aytib o‘tganimdek, men bu yerda ekanligimdan juda xursandman.

«Manchester Yunayted» jamoasidagi nima seni o‘ziga jalb qildi?

«Yunayted» — jahondagi eng katta jamoalardan biri. Ularni tarixiga nazar solasak – egallash mumkin bo‘lgan barcha mukofotlarni qo‘lga kiritishgan, ularda faoliyatlarini to‘liq jamoaga baxshida etgan Pol Skoulzva Rayan Giggz bor. Bu futbolchilarni, boshqa jamoa futbol muhlislari ham juda yaxshi bilishadi. Mening orzularimdan biri amalga oshdi – men endi «Manchester Yunayted» jamoasi futbolchisiman, menga shunday imkoni berilganidan juda mamnunman.

Sen Lui van Galni yaxshi bilasan…

Ha, men uni Gollandiya terma jamoasidagi ish orqali yaxshi bilman. U bilan ishlash menga doimo yoqimli bo‘lgan, ishonamanki bu yerda ham shunday bo‘ladi.

Ushb yozda murabbiy bilan birgalikda JCh 2014 da ishonarli ishtirok etdila, shaxsan sen uchun qanday tajriba berdi bu turnir?

Jahon chempionati bu juda katta tajriba, bunday nufuzli musobaqada to‘p surish faxr! Bizda murabbiy tarafidan tashkil qilingan ajoyib jamoa bor. Biz ba’misoli bir oiladekmiz. Menga shuning bir qismi bo‘lish nasib qildi.

«Yunayted» jamoasi safiga o‘ishingda Lui van Gall hal qiluvchi vazifalardan birini bajardi, shu to‘g‘rimi?

Ha, albatta, u menga ishondi va bu meni juda quvontirdi.

Van Gal boshchiligidagi jamoada to‘p surishda nima seni ko‘proq o‘ziga tortadi?

U doimo mashg‘ulotlar chog‘ida ham va uchrashuv vaqtida ham to‘liq 100 % kuch bilan ishlashga davat qiladi, barchasini futbolchilarga qunt bilan tushuntiradi. Bu bizning murabbiyning eng kuchli jihatlaridan biri.

«Ayaks» da o‘tkazgan 17 yil senga nima berdi?

Buni bir so‘z bilan ifodalash juda qiyin, akademiyadami yoki asosiy tarkibdami o‘tkazgan xar bir mavsumda yangi narsa oldim. Chempionatda, Chempionlar ligasida, kubok musobaqalari ishtirok etish tajribasi, kuchli raqiblarga qarshi qanday to‘p surish va shuningdek ko‘plab narsalarni o‘rgandim. Ushbu yzdagi jahon chempionati esa menga juda katta tajriba berdi.

Endi sen Robin van Persi bilan bir jamoada o‘ynaysan, Jahon chempioantidagi birinchi o‘yiningdaIspaniya darvozasiga urilgan ajoyib golda sen vaziyat yaratgan eding…

Ha, u juda ajoyib gol bo‘lgan! Robin – juda yaxshi inson, va u menga Jahon chempioanti vaqtida katta yordam berdi. U bilan yana birgalikda bitta safda to‘p surishni intizorlik bilan kutmoqdaman.

«Manchester Yunayted» jamoasi a’zosi bo‘lding, sen nimalarni kutmoqdasan?

Men intizorlik bilan yangi uchrashuvlar boshlanishini kutib turibman va muhlislar uchun fjoyib o‘yinlar namoyish qilish istagidaman. «Ayaks» tarkibida Yevropa Ligasi musobaqasida ushbu maydonda to‘p surgan edim, va bunday darajadagi o‘yingohda to‘p surish doimo yoqimli.

So‘ngi savol Aon mashg‘ulotlar bazasi senda qanday ta’surot qoldirdi?

Juda ham katta va barcha qulayliklar yaratilgan! «Ayaks» ning bazsidan kattaroq, bu yana biror bor «Yunayted» jahoning eng katta jamoalaridan biri ekanliga dalil.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.