Эксклюзив /

Shnayderlin: Birinchi intervyu

Morgan Shnayderlin «Manchester Yunayted»futbolchisi sifatida tashtirilgandan so‘ng MUTV telekanaliga o‘zining ilk  intervyusini berdi.

«Mening orzuim amalga oshdi. Bu jamoa jahoning eng buyuk jamoasi, va men bu yerda ekanligimdan juda xursandman. Bu men uchun faxr.

Tushunib turibman bu men uchun yangi qadam bo‘ldi, yangi sarguzashtlar. Bu menga katta talablar, va qo‘shimcha bosimni beradi. Lekin men bunga tayyorman va tezroq o‘yinlar boshlanishini kutamiz».

«Lui van Gal bu yerga kelishimda katta rol o‘ynadi. U jahondagi eng yaxshi jamoani boshqaruvchi yetuk mutaxassis. Men u bilan gaplashgaimda uning maqsadi «Manchester Yunayted» ni yangi bosqichga ko‘tarish niyatida ekanligini aytdi.

U menga jamoa qanchalik buyuk ekanligini, futbol o‘ynash uchun hammasi to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilganligini tushuntirdi. Endilikda men murabbiy qo‘l ostida tezroq mashg‘ulotlarda ishtirok etishni intizorlik bilan kutyapman va hali yoshman doimiy o‘sishda davom etib eng yaxshilar qatoriga kirmoqchiman».

«Meni tayyor mahsulot sifatida qabul qilishlarini hohlamas edim. Har yili menda o‘sish uchun yangi xis paydo bo‘ladi. Doimiy ravishda «Sautgempton» jamoasining murabbiylaridan ko‘plab narsalar o‘rganib kelganman.

Buning uchun sobiq jamoamdagi barchaga minnatdorchilik bildiraman, ular menga shu darajaga yetishim uchun yordam berishgan. Endi men dunyoning eng yaxshi murabbiylar nazorati ostida eng yuqori darajadagi futbolchilar bilan o‘ynab rivojlantirishda davom etishim mumkinligini bilaman».

«Ajoyib, «Old Trafford»da men. Men bu yerga ilk tashrifni yaxshi eslayman,. Men o‘ynagan stadionlarim ichidagi eng yaxshilaridan biri.

Muhlislarning o‘ziga hos  atmosferasi, barchasi ajoyib».

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.