16 YOSH:
2002 yil 17 avgustda «Everton» jamoasi tarkibida «Gudison Park» stadionida «Tottenxem» (2:2) ga qarshi o‘zining debyut uchrashuvida maydonga tushdi.
«Everton» tarkibidagi ilk golini Liga Kubogining 3 bosqichida «Reksxem» (3:0) jamoasiga kiritdi.
APL dagi ilk golini 17 yoshga to‘lishiga 5 kun qolganda «Arsenal» darvozasiga kiritdi («Everton» uchrashuvda 2:1 hisobida g’alaba qozondi).
17 YOSH:
Angliya terma jamoasi tarkibida 17 yoshu 111 kunligida debyutini o‘tkazdi, Avstraliyaga qarshi o‘tgan uchrashuvda zahiradan maydonga tushdi.
Terma jamoadagi ilk golini 17 yoshu 317 kunligida Makedoniya terma jamoasi darvozasiga kiritdi.
18 YOSH:
Evro-2004 musobaqasida 4 gol kiritib, musobaqaning ramziy jamoasi tarkibidan o‘rin oldi.
«Manchester Yunayted» jamoasi tarkibiga 27 mln.funt mablag’ evaziga qoshildi va eng qimmat yosh futbolchi bo‘ldi.
«Qizil iblislar» tarkibidagi debyut uchrashuvi Chempionlar Ligasining «Fenerbahche» jamoasiga qarshi bo‘lib o‘tdi va uchrashuvda raqib darvozasini uch bor aniq nishonga olib xet-trik qayt etdi.
19 YOSH:
PFA ning «Yilning eng yahshi yosh o‘yinchisi» unvonini qolga kiritdi.
APL dagi 100 chi uchrashuvini «Manchester Siti» jamoasiga qarshi o‘tkazdi (Uchrashuvda durang natija qayd etildi).
20 YOSH:
Runi «Yunayted» tarkibidagi ilk katta sovrinini qolga kiritdi. Liga Kubogi musobaqasining finalida «Uigan» jamoasi darvozasini 2 bora ishg’olqildi. Ucrashuv4:0 hisobida yakuniga yetdi.
JCH-2006 chorak finali Angliya — Portugaliya uchrashuvida qizil kartochka olib maydonni tark etdi. Uchrashuvda inglizlar mag’lubiyatga uchradi.
21 YOSH:
Angliya premier Ligasidagi ilk xet-trigini «Bolton» jamoasiga qarshi kechgan uchrashuvda qayt etdi.
«MYU» tarkibida ilk bor Angliya Premier Ligasi chempionligini qo’lga kiritdi.
22 YOSH:
«Yunayted» tarkibida Evropa Chempionlar ligasi go‘libiga aylandi, shuningdek APL dagi ikkinchi chempionlik unvoniga sazovar bo‘ldi.
APL dagi 200 chi uchrashuvini «Blekbern» jamoasiga qarshi o‘tkazdi.
23 YOSH:
2008 yilda Angliyaning eng yahshi futbolchisi unvonini qolga kiritdi. Shu sovringa keyinchalikka yana 2 bor musharaff bo‘ldi.
Ukrainya terma jamoasiga qarshi bahsda Angliya terma jamoasi tarkibidagi 50 uchrashuvida maydonga tushdi. Shu tariqa terma jamoda 50 uchrashuv o‘tkazgan eng yosh futbolchiga aylandi.
Uchinchi bor jamoasi bilan APL chempioniga aylandi.
24 YOSH:
Braziliya terma jamoasiga qarshi uchrashuvda ilk bor Angliya terma jamoasi sardori bo‘lib maydonga tushdi.
Premer ligadagi 100 chi golini «Arsenal» jamoasiga kiritdi.
PFA va jurnalistlar tomonidan 2009/10 mavsumning eng yahshi futbolchisi deb topildi.
25 YOSH:
«Manchester Siti» darvozasiga o‘z ustida oshirib urgan goli 2012 yilgi so‘rovnoma yakuniga ko‘ra APL ning 20 yilligidagi eng yahshi gol deya etrof etildi.
Premer ligada 4 chi bor chempionlik unvoniga sazovar bo‘ldi.
«Uembli» da o‘tgan Evropa Chempionlar ligasi finalida mag’lubiyatga uchralgan bahsda «Barselona» darvozasini ishg’ol qildi.
26 YOSH:
APL da 27 gol urib mavsum to‘purariga aylandi chempionlik esa «Manchester Siti» jamoasiga nasib qildi.
27 YOSH:
APL da 5 bor chempionlik unvonini qolga kiritdi.
«Manchester Yunayted» tarkibidagi 200 chi golini Chempionlar ligasi musobaqasida «Bayer» jamoasiga qarshi bahsda raqib darvozasiga kiritdi.
28 YOSH:
«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Lui van Gal Ueyn Runini jamoaning sardori etib tayinladi.
Stiven Jerrard terma jamoadagi faoliyatini yakunlagach Ueyn Runi rasman Angliya terma jamoasining sardori etib tayinlandi.
29 YOSH:
Evro-2016 saralash musobaqasida Angliya terma jamoasi tarkibida Sloveniyaga qarshi bahsda o‘zining terma jamoadagi 100 uchrashuvida maydonga tushdi.
Evro-2016 saralash bahsining Shvetsariya termasiga qarshi bahsda terma jamoa tarkibida 50 chi golini kiritib Angliya terma jamoasi rekordchisiga aylandi.
Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.