Эксклюзив /

Huan Mata 50 fakt

1. Men Burgosda tavallud topganman.

2. Men o‘sgan Ovedo, Asturi poytaxti.

3. Mening otam ham futbolchi bo‘lgan, u ham chap oyoq.

4. Men «Real Ovedo» jamoasi muhlisi va jamoa aksiyalari egasiman. 

5. Men Ispaniya 19 yoshli terma jamoasi bilan Yevropa Chempionligini qo‘lga kiritganman.

6. Kuman qo‘l ostida Valensiya tarkibida Qirol Kubogini qo‘lga kiritganman.

7. «Chelsi»bilan «Bavariya» gaqarshi uchrashuvda g‘alaba qozonib Yevropa Chempionlar Ligasi g‘olibiga aylanganman .

8. Men Ovedodan Madridga ko‘chib o‘tganimda 15 yoshda edim.

9. «Real Madrid Kastilya» tarkibida to‘p surganman, xuddi Alvaro Negredo singari.

10. Men sport va markentingni ko‘p o‘rganaman.

11. 21 yoshlilar o‘rtasida Yevropa Chemponati g‘olibi bo‘lganman, David de Xea va Ander Errera bilan birgalikda.

12. 22 yoshlilar o‘rtasida Jahon Chempioni bo‘lganman.

13. Londonda bo‘lib o‘tgan Olimpiya o‘yinlarining ochilish marosimida ishtirok etganman.

14. Men so‘ngi Yevropa Chempionatining so‘ngi goli mualifiman.

15. «Chelsi» safidagi ilk golimni debyut uchrashuvimda kiritganman.

16. Menga barcha taomlardan ko‘ra ko‘proq Fabada taomi yoqadi .

17. Mening sevimli kino filmim  Vudi Allenning- «Parijda yarim kecha (Polnoch v Parije)».

18. Xozirda «Kostyumlar» («Fors-major») serialini ko‘rmoqdaman. Bu serial men ko‘rgan seriallarning eng yaxshisi.

19. Xaruki Murakamining  «Norvegiya o‘rmoni (Norvejskiy les)» (Tokyo Blues) kitobi menga juda yoqadi.

20. Jamoadoshim  Ander Errera bilan ko‘p hazilashamiz.

21. Menga «Old Trafford»da to‘p surish yoqadi, shuningdek «Uembli»da ham.

22. Mening orzuim Premer-Ligada g‘alaba qozonish.

23. Bolaligimda Diego Maradona mening kumirm bo‘lgan.

24. Andres Inestaning Jahon Chempionati finalida kiritgan golidan juda ham quvonganman.

25. Andres Inesaning o‘yin uslubi menga yoqadi.

26. Erik Kantona bilan qahva ichishni istayman.

27. Twitterdagi rasmiy sahifamni 2010 yilda ochganman.

28. Vudi Allenning filmlari menga juda yoqadi.

29. Mening ajoyib opam bor, u mendan ikki yosh katta.

30. Futbol olamidagi mening eng yaqin do‘stim — David Lomban, hozirda u «Granad» sharafini himoya qiladi.

31. Men doim o‘z telefonimni tekshirib turaman.

32. Ispaniya terma jamoasi tarkibida debyut uchrashivni o‘z uyimizda Turkiya terma jamoasiga qarshi o‘tkazganman.

33. Ilk bora Nyu-Yorkda bo‘lganimda shok bo‘lib qolganman. Juda ham ajoyib shahar.

34. Italyan yoki fransuz tilida gaplashishni istayman.

35. Men uchun Adidas firmasi mahsus butsi chiqargan.

36. O‘ylashimcha stol tennisini ham yaxshi o‘ynayman. Kim o‘ynashni hohlaydi?

37. JAR dabo‘lib o‘tgan Jahon chempionati final bahsida Nelson Mandela bilan tanishish imkoniyati bo‘lganidan xursandman.

38. Xech qachon soat qo‘ng‘irog‘ini qo‘ymayman .

39. Mabodo men futbolchi bo‘lmaganimda, reklama marketing sohasida faoliyat olib borgan bo‘lar edim.

40. Mening ijtimoiy tarmoqlarda 8 ta rasmiy sahifam bor.

41. Men doim butsini avval chap tarafini so‘ngra o‘ng tarafini kiyaman.

42. Men doim maydonga dastlab chap oyog‘im bilan chiqaman.

43. Men Tumanli Albionda 50 tadan ko‘p gol urishga erishdim.

44. Bugunga qadar Ispaniya terma jamoasi tarkibida 11 gol urishga erishganman.

45. Ispaniya Primerosida ilk bor«Valensiya» tarkibida 19 yoshimda maydonga tushganman.

46. Ispaniya terma jamoasi tarkibida 20 yoshimda debyut qilganman.

47. Menga «Old Trafford»dagi muhit va tuneli juda yoqadi.

48. Menda shunday imkoniyat bo‘lganda, «Yunayted» da Andres Inesta bilan shartnoma imzolagan bo‘lar edim.

49. So‘ngi bor bugun tongda mashg‘ulotlar bazasidagi dushda qo‘shiq kuyladim.

50. Men doim o‘yin oldidan onamga SMS yozaman.

 

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.