Эксклюзив /

«Manchester derbisi» to‘purarlari

Oxirgi yillarda «Manchester derbisi»ning nufuzi va shiddati ancha oshgani hech kimga sir emas.  Bunga «Siti»ning chempionlik poygasiga qo‘shilgani ham sababchi bo‘ldi.  Biz mazkur derbi tarixidagi eng sermahsul futbolchilar o‘nligi bilan sizni tanishtirishga qaror qildik.

10.  Pol Skoulz («Manchester Yunayted») – 7 gol 
Skoulz «Manchester Yunayted» tarkibida 1994-2013 yillar davomida to‘p surib 718 o‘yinda 155 ta gol kiritgan.  Angliyalik yarimhimoyachi ana shu gollarining 7 tasini «Manchester derbisi»da «Siti» darvozasiga kiritgan.

9.  Dennis Vayollet («Manchester Yunayted») -  7 gol 
Vayollet «Yunayted» safida 1952-1962 yillar davomida to‘p surib 293 ta uchrashuvda 179 ta gol kiritgan.  Dennis klubi tarkibida azaliy raqibiga qarshi o‘yinlarda yettita golga mualliflik qilgan.  Iqtidorli hujumchi faoliyati davomida jami 264 gol kiritgan.

8.  Jo Spens («Manchester Yunayted») – 8 gol 
Spens 1919-1933 yillar davomida «Manchester Yunayted» tarkibida 510 uchrashuvda 168 ta gol urgan.  Uning hisobida «Manchester derbi»larida urilgan 8 gol mavjud.  Djo karerasi davomida kiritgan gollari soni 214 tani tashkil etadi.

7.  Brayan Kidd («Manchester Yunayted»,  «Manchester Siti») – 8 gol 
Kidd 1966-1974 yillarda «MYu» uchun 272 o‘yinda 70 gol urgan bo‘lsa,  1976-1979 yillarda «Man. Siti» uchun 128 uchrashuvda 57 golga mualliflik qilgan.  «Yunayted» tarbiyalanuvchisi «derbi»larda raqib posbonlarini 8 bora ranjitgan.

6.  Erik Kantona («Manchester Yunayted») – 8 gol 
«Qirol Erik» 1992-1997 yillarda «Qizil iblislar» safida 185 uchrashuvda 82 ta to‘pni to‘g‘ri darvozaga joylab qo‘ygan.  Kantona «Manchester derbi»larining eng sermahsul legioneri hisoblanadi.  Fransiyalik hujumchi «shaharliklar»ga 8 ta gol «podarka» qilgan.

5.  Kolin Bell («Manchester Siti») – 8 gol 
Bu futbolchi deyarli butun faoliyatini «Manchester Siti»ga bag‘ishladi.  Bell «shaharliklar» uchun 1965-1979 yillarda 575 o‘yinda 177 gol kiritgan.  «Beri» klubi tarbiyalanuvchisi bo‘lgan Bell «Yunayted»ga qarshi bahslarda 8 bor zafar quchgan.

4.  Bobbi Charlton («Manchester Yunayted») – 9 gol 
1954-1973 yillarda «Manchester Yunayted» sharafini munosib himoya qilib 765 uchrashuvda 253 ta gol urib klub tarixidagi eng sermahsul to‘purar bo‘lib turgan Charlton «Manchester derbi»larida 9 ta gol urib,  yaqin yaqingacha «Yunayted»ning bu boradagi eng mohir to‘purari bo‘lib kelayotgan edi.  Biroq u hozir jamoasining ikkinchi,  umumiy ro‘yhatning to‘rtinchi pog‘onasida.

3.  Jo Xeyz («Manchester Siti») – 10 gol 
Xeyz «Manchester Siti» safida to‘p surgan eng yaxshi to‘purarlardan biri hisoblanadi.  Djo «Manchester Yunayted»ga qarshi o‘yinlarda 10 ta gol urgan va bu borada u yana bir jamoadoshi bilan ikkinchi uchinchi o‘rinlarni bo‘lashib turibdi.

2.  Frensis Li («Manchester Siti») – 10 go
Frensis 1967-1975 yillar davomida «shaharliklar» tarkibida to‘p surib 330 uchrashuvda 148 golga mualliflik qilgan.  Li «Siti» bilan bir marta champion bo‘lgan va «Yunayted»ga qarshi bahslarda o‘z hisobiga 10 ta gol yozdirib qo‘ygan.

1.  Ueyn Runi («Manchester Yunayted») – 11 gol 
«Manchester derbi»larining mutloq to‘purari Ueyn Runidir.  U 2004-yildan beri «Siti»ga qarshi bahslarda 11 marta raqib posbonlarini xafa qilgan.  Runi hozirga qadar «MYu» uchun 235 to‘p kiritgan.   Afsonaviy Charlton rekordini yangilash uchun «Shrek»ka yana 19 gol kerak!  

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.