Эксклюзив /

Depay: Birinchi intervyu

Memfis, «Yunayted» bilan shartnoma imzolaganinga ko‘p bo‘lib qoldi, yangi mavsumdan umidlarin qanday?

MD: Men juda ham hayajondaman, Orzuimga erishdim! O‘tgan yilgi mavsum men uchun omadli kechdi, endi hammasini yana boshidan boshlash kerak chunki endi men Premer Ligadaman. Bu yerda ekanligimdan juda ham xursandman.

Sen Gollandiyada yutuqlarga erishdin, Angliyada seni nima kutmoqda?

MD: Yutuqlar kutmoqda. «Manchester Yunayted» — jahoning buyuk jamoalaridan, shunday ekan biz faqat mukofotlar uchun kurashamiz.

Lui van Gal senga jamoadagi o‘rning borasida nimalar aytdi? Qaerda va bu qanday bo‘ladi?

MD: Men murabbiymiz bilan Jahon chempionatida birga ishlaganman, shunday ekan u mendan nima kutayotganini yaxshi bilman. Bungacha men chap qanotda o‘ynaganman, o‘zimni vinger deb hisoblayman, lekin men qaysi joyda o‘ynashimni barchasini murabbiy hal etadi. U boss, barini u hal etadi, hammasini vaqt ko‘rsatadi.

O‘ntgan mavsum sen Gollandiyada to‘purar bo‘lgan eding, nima deb o‘ylaysan «Manchester Yunayted» da ham bu ishni amalga oshira olasanmi?

MD: O‘ylashimcha, Ha. Men bunga ishonaman. Men bu yerda ekanligimdan xursandman «Yunayted» safida maydoga tushishdan biroz hayajonlavoman. Gollar borasida nima deyishim mumkin, men hujumchiman, gol urishim va golli uzatmalar berishim – bu mening vazifam.

Sen jamoa bilan tanishib chiqding, nima deb o‘ylaysan jamoa kelasi yili chempionlikni qshlga kiritish uchun imkoniyati yetarlimi?

MD: Ha, albatta! Bizda juda ham sifatli jamoa bor. Men bu yerda yangiman va o‘z o‘rnimni topishim uchun biroz vaqt bor, hisoblashimcha bizning jamoaning darajasi Premer Ligada va boshqa biz ishtirok etadigan musobaqalarda g‘alaba qozonish uchun yetarli.

Lui, men sendan shuni so‘ramoqchi edim, nega Memfisni sotib olishga qaror qilindi? Uni «Old Trafford»ga olib kelishda qanday ishonch bor?

LvG: Men o‘ylashimcha, u o‘z yosh toifasidagi eng iqtidorli futbolchilardan biri. Uning o‘ziga bo‘lgan ishonchini barcha ko‘rib turibdi. Lekin u bir narsani o‘ziga qayd etib qo‘yishi lozim, Premer Liga bu oddiy emas. Gollandiya chempionati bilan solishtirganda katta farq bor  – to‘p uchun doimiy kurashish, juda kuchli jismoniy tayyorgarlik, shunday ekan bu yerda oson bo‘lmaydi. Lekin men unda o‘ziga bo‘lgan ishonchni ko‘ryapman. Ko‘pchilik futbolchilarda Angliyaga moslashish uchun bir oz muammo bo‘ladi, Roxo, Di Mariya va Blindda ham shunday vaziyat bo‘lgan, bu qandaydir vaqt ta'lab qiladi. «Ayaks» da murabbiyligim vaqtida xuddi shunga o‘xshash vaziyat Marku Overmars bilan bo‘lib o‘tgandi, biz u qanda gol urishi borasida bahs qilgandik, yakunda u g‘alab qozongan edi …

Memfis bilan ham shunday bahs bog‘landimi?

LvG: Yo‘q, bunga hali imkon bo‘lmadi.

Seni ko‘pincha Krishtianu Ronaldu bilan qiyoslashadi. Bu masalada o‘zing qanday fikrdasan? Shunday darajaga chiqa olasanmi? Senga yoqadimi bunday qiyoslash?

MD: Ronaldu – eng zo‘rlardan, lekin bu mavzuda ko‘p gapirishni istamayman, yaxshisi men hammasini maydonda o‘z o‘yinim bilanko‘rsataman. Men hali yoshman futbol ichida yurganimga ham uncha uzoq vaqt bo‘lmadi. PSV safida yuqori saviyada to‘p surayotganimga ikki yilcha bo‘ldi, yaxshisi bu xaqida mening oyoqlarim gapirishiga ruxsat bering. Meni kim bilandir solishtirishlarini yoqtirmayman.

 «Old Trafford» muhlislari yorqin o‘yinchilarni xush ko‘rishadi. Sen shuni his qildingmi?

MD: Ha, bu haqida o‘ylab ko‘rdim. Men kreativlikni xush ko‘raman, shuningdek g‘alaba to‘pini kiritishni yaxshi ko‘raman va o‘ylashimcha bu muhlislarga yoqadi.

Murabbiy senga onson bo‘lmaslgini aytmoqda. Yangi chempionat seni qo‘rqitmayaptimi? Yoki «Ha, men buni uddalay olaman» deya olish uchun barchasini yetarli o‘rganib chiqdingmi?

MD: Yo‘q, albatta bu yerda hammasi yengil bo‘ladi deb o‘ylamayman. Ushbu haftadan bir nechta mashg‘ulotlarda ishtirok etdim va Gollandiya chempionati bilan bir qancha farqlar borligiga guvoh bo‘ldim. Bilasizmi, hammasi bu bir sarguzashtga o‘xshaydi. Men katta kuch va ishtiyoq bilan ishlab, murabbiyga o‘zimni o‘z kuchimni ko‘rsatmoqchiman.

Jamoadagi futbolchilar senga nimalar deyishdi? Qanday maslahatlar berishdi?

MD: Ha, ular menga qiyin chempionat ekanligini, bu yerda hammasi tezda hal bo‘lishi lozimligi, – to‘pni tezda egallab olish, maydon uzra tez xarakt qilish kerakligini ta'kidlashdi. O‘ylashimcha, jamoadoshlarim menga bu yerga moslashishim uchun yordam berishadi, lekin asosiy ish ko‘proq o‘zimga ham bog‘liq.

Jamoaga qanchalik moslashib ulgurding?

MD: Barchasi juda yaxshi, shunday ekan barchasi muammosiz kechmoqda.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.