Эксклюзив /

Shvaynshtayger: Birinchi intervyu

Bastian Shvaynshtayger «Manchester Yunayted»futbolchisi sifatida tashtirilgandan so‘ng MUTV telekanaliga o‘zining ilk intervyusini berdi.

«Avvalo shuni aytmoqchimanki Manchesterda ekanimdan juda xursandman. «Yunayted» men istagan  uzoq tarixga ega bo‘lgan buyuk jamoa. Bizning futbol falsafamiz bir hil».

«Albatta, ajoyib tarzda o‘tgan uzoq muddatli mavsumlardan so‘ng jamoani tark etish oson bo‘lgani yo‘q, oxiri oqibat xursandmanki men bu yerdaman. Bu yerga men, «Yunayted» dek buyuk jamoa erishishi lozim bo‘lgan mukofotlarini qo‘lga kiritish uchun keldim. Men intizorlik bilan «Yunayted» libosida tezroq maydonga tushishni kutmoqdaman, bu mening orzularimdan biri».

«Albatta, men Lui van Galni yaxshi bilaman, jamoa safiga qo‘shilishim shuning uchun biroz yengil kechdi. «Manchester Yunayted» — buyuk jamoa, katta ananalarga ega, yangi mavsumda bir necha sovrinlarni qo‘lga kiritish uchun ajoyib tarkibga ega. Albatta, Lui – ajoyib murabbiy, o‘ylashimcha, buni hamma yaxshi biladi. Umumiy aytganda barchasi zo‘r, biz yangi mavsumda o‘zimizni ko‘rsatamiz».

««Yunayted» libosida jamoaning ashaddiy muhlislari qarshishida maydonga tushishni kutmoqdaman.  Xar safar bu yerga kelganimizda, adashmasam ikki bora «Old Trafford» uchrashuvda ishtirok etgan bo‘lsam, stadion muhiti so‘zsiz ajoyib tarzda».

«Men uchun sharaf «Yunayted» jamoasi safidagi dastlabki germaniyalik futbolchi bo‘lish. Biz bu borda Ueyn bilan xazillashib ham oldik. Aytganimdek bu men uchun katta sharaf va bu o‘ziga xos zavq bag‘ishlaydi».

«Premer Liga uchrshuvlarini ko‘p marotaba ko‘rib boraman, «Arsenal» tarkibida hamyurtlarim ishtirok etishadi. Biz ular bilan doim Angliya chempionati borasida gaplashamiz, bu yerda xar uchrashuv qiziqarli va xar bir uchrashuv jiddiy tarzda o‘tadi. Yuqori saviyada uchrashuvlarda ishtirok etishni intizorlik bilan kutyapman. O‘ylashimcha bizda ajoyib jamoa bor, birgalikda biz ko‘p narsani amalga oshira olamiz».

«Mavsum oldi tayyorgarlik muhim ahamiyatga ega, bu bizga jamoadoshlarim bilan bir birimizni tushunib olishimizga yordam beradi. «Bavariya» bilan biz doim Osiyo qit’asiga safar uyushtirar edim, shunday ekan bu mening AQSh ga ilk tashrifim, va bu men uchun u yerdagi aholining holatini ko‘rish qiziq tuyulmoqda. Albatta, bu safar bizga mavsumdagi dastlabki uchrashuvida yaxshi natija ko‘rsatishimiz uchun muhim ahamiyat kasb etadi».

«Ta’til vaqtida Angliyada bo‘ldim. Dastlab hamrohim bilan Birmingemda bo‘ldik, so‘ngra Londonda «Uimbldon» musobaqasini kuzatdik. Bu yerda barchasi o‘zgacha muhit va har hil insonlar bilan suxbat qurish yoqimli. Men ko‘pchilikdan «Manchester Yunayted» haqida yaxshi gaplarni eshitdim bu juda a’lo».

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.