Murabbiyilik faoliyatiga 2013 yilda yakun yasagan Ser Aleks Fergyuson 14 noyabr kuni yana bir bor «Old Trafford» da murabbiylik qildi. «Bolallar uchun uchrashuv» shiori ostida UNICEF tomonidan tashkil qilingan tadbira Buyuk Britaniya va Irlandiya jamoasi jahon yulduzlaridan tashkil topgan jamoaga qarshi maydonga tushdi. Buyuk Britaniya va Irlandiya futbolchilaridan tashkil topgan jamoasini Ser Aleks bosh murabbiy bo‘lib maydonga olib tushdi.
Fergyuson «Yunayted» bilan 13 bora Angliya Premer-Ligasi, 5 bora Angliya kubogi, 4 bora Liga Kubogi, ikki bora Yevropa Chempionlar Ligasi, UEFA Superkubogi, FIFA klublar o‘rtasida Jahon chempionati kabi musobaqalarda bosh mukofatga sazovar bo‘lgan.
Mutaxasisslar tomonidan «Yunayted» jamoasi tarkibida ser Aleks qo‘l ostida to‘p surgan TOP-50 nafari ro‘yhati e’lon qilindi.
10. Devid Bekxem (1992–2003; 394 uchrashuv, 85 gol)
Bekxem futbolchilik faoliyati davomida, futbol ichida va undan tashqarida ham o‘ziga yarasha mashhurlikka erishgan edi. Uning yuqori darajadagi futbolchi bo‘lib shakillanishida Fergyusonning mehnati beqiyos desak adashmaymiz. «Manchester Yunayted» tarkibida Bekxem jamoaning asosiy yetakchilaridan biri hisoblangan va uning standart vaziyatlardan foydalanish borasidagi xarakatlari muhlislarga xuzur bag‘ishlar edi.
Beks Fergyuson boshchligidagi jamoa bilan 6 bor APL g‘olibi, ikki bor Angliya Kubogi sohibi va Yevropa Chempionlar Ligasida g‘llib bo‘lgan. Keyinchalik futbolchinig Fergyuson bilan orasidagi munosabatlar biroz asabiy ko‘rinishga kelgan va bu futbolchini 2003 yilda «Real Madrid» jamoasiga o‘tib ketishi bilan yakuniga yetgan.
9. Ueyn Runi (2004 — hozirga qadar; 497 o‘yin, 237 gol)
Fergyusonning katta tajribasi yordamida yana yulduz porladi. Bu Ueyn Runi.
18-yoshli futbolchi uchun 2004 yilda «Yunayted» «Everton» jamoasiga 25 million funt mablag‘ to‘ladi. Keyinchalik Fergyusonning takidlashicha ushbu futbolchini xarid qilishga jamoa rahbariyati biroz qaro‘ilik ko‘rsatgan, ya’ni yosh futbolsi uchun katta mablag‘ sarflanishi.
Runi «Old Trafford»da haqiqiy yulduzga aylandi. Ha uning faoliyatda ko‘tarilish va pasayishlar ro‘y berishiga qaramay futbolchi hozirgi kunda jamoaning haqiqaiy yuragiga aylana oldi.
Runining jamoa g‘alabalariga katta xissa qo‘shgan bir biridan chiroyli gollarini jamoa muhlislari yahshi bilishadi. Misol uchun, 2005 yilda Ueyn «Nyukasl Yunayted» darvozasini 35-yard uzoqlikdan aniq nishonga oldi. «Siti» darvozasiga to‘pni o‘z ustidan oshirib urgan goli barchani hayratiga sazovar bo‘ldi.
Runi bugunda «Yunayted» sardori. Uning jamoa bilan birgalikda 5 bor APL, ikki bor Liga Kubogi, Yevropa Chempionlar Ligasi va Klublar o‘rtasidagi jahon chempionati g‘olibi bo‘lgan. Uning maydondagi xarakatlarini ko‘rib insonlarni futbolga bo‘lgan muhabbatlari yanada oshishi tabiy.
8. Gari Nevill (1992–2011; 602 o‘yin, 7 gol)
Gari Nevill futbolchilik faoliyatini yakunlagandan so‘ng ingliz sport telekanallarida uchrashuvlarni tahil qilish bilan faoliyat olib bormoqda. 20 yil mobaynida faqatgina «Yunayted» tarkibida 600 dan ziyod uchrashuvda ishtirok etgan. Futbolchi o‘z vaqtida jamoaning asosiy o‘yinchisi va sardori bo‘lib uchrauvlarda ishtirok etgan.
Klass-92 bitiruvchisi sifatida jamao a’zosiga aylangan futbolchi o‘z pozsiyasi o‘ng qanot himoyachisi vazifasida o‘z davrining eng kuchli futbolchisi sifatida tanilgan. Jamoaning o‘ng qanotida o‘z vaqtida Bekxem bilan birgalikda ajoyib o‘yinlar namoyish qilishgan.
Maydonda Fergyuson bergan ko‘rsatmalarni to‘liq bajarilishida jamoadoshlariga katta yordam bergan.
Nevill jamoaning Angliya Premer-Ligasida 8 bora zafar quchishiga katta yordam bergan. Ikki chempionlik mavsumida esa jaroxat sababli ishtirok eta olmagan. 3 karra Angliya Kubogini va ikki karra Yevropa Chempionlar Ligasida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan.
7. Brayan Robson (1981–1994; 461 o‘yin, 99 gol)
Jamoaga Fergyusondan avval kelgan bo‘lishiga qaramay jamoaning haqiqiy lider futbolchisi sifatida maydonda harakat qilgan. Robsona «Yunayted»ning 1990 yillar boshida jamoaning turli musobaqalarda muvafaqiyatli ishtirok etishida katta xissa qo‘shgan. O‘z vaqtida jamoa sardori sifatida ham uchrashuvlarda maydonga tushgan.
2011 yilda jamoaning sobiq futolchilari tomonidan o‘tkazilgan so‘rovga ko‘ra Robsona jamoa tarixdagi eng yaxshi futbolchisi etib tan olingan.
6. Peter Shmeyxel (1991–1999; 393 igr, 1 gol)
Barcha kuchli jamoaning kuchli darvozaboni bo‘ladi. Tarkibda Peter Shmeyxeldek darvozabon bo‘lishini esa barcha kuchli jamoalar istashadi. Fergyuson davrida «Yunayted»ning ko‘p yillar davomida yetakchisi sifatida uchrashuvlarda ishtirok etgan. Bejizga uni «Buyuk Datchan» jeb nomlashmagan.
Shmeyxel uchrashuvlarda shunday ajoyib seyvlarni ijro etganki, uni takrorlashni ilojisi yo‘qdek.
1991 yilda «Brondbyu» jamoasidan 505 000 funtga «Yunayted» safiga qo‘shililishini Fergyuson «asrning eng yaxshi xaridi» deya atagan edi. Shmeyxel «Yunayted» dagi faoliyati davomida 5 bora APL, 3 bora Angliya Kubklgi, Liga Kubogi va Yevropa Chempionlar Ligasi kubogini qo‘lga kiritgan.
5. Roy Kin (1993-2005; 480 o‘yin, 51 gol)
O‘ziga xos xulq atvor sohibi bo‘lgan Roy Kin ham Fergyuson davrning asosiy futbolchilaridan bo‘lgan. Muhlislar futbolchini «Yunayted» tarkibidagi xatti xarakatlarini uzoq vaqtgacha eslab yurishadi.
Mard, murosasiz, shavqatsiz kabi nomlarga sazovar bo‘lgan futbolchi maydonda xuddi jangda ishtirok etayotgan askardek o‘yin olib borar edi.
Kin «Yunayted» tarkibiga qo‘shilishi o‘shanda Britaniyada o‘ziga hos rekord transferga aylangan. «Yunayted» ning yutuqlarida uning o‘ziga yarasha o‘rni bo‘lgan.
Uning maydon markazida olib borgan ayyovsiz kurashlari raqiblarni cho‘chitmasdan qo‘ymas edi.
Jamoa bilan 7 bora Premer-Ligasi, 4 karra Angliya Kubogi va bir marotaba Yevropa Chempionlar Ligasi g‘olibiga aylangan.
Futbolchi keyichalik Fergyuson bilan o‘zaro kelisha olmay jamoani tark etishga majbur bo‘lgan.
«Royning tanasidagi gapga kirmaydigan a’zosi — bu uning tili», — deya yozadi Fergyuson o‘zining avtobiografiyasida.
4. Erik Kantona (1992-1997; 185 o‘yin, 82 gol)
Fergyuson davrida to‘p surgan yana bir o‘ziga xos futbolchi, dunyo futbolida o‘ziga hos inson bu Erik Kantona. Futbol maydonidagi uning xarakatlari ko‘pchilikni xayratga sola olgan. Fransuz doimo o‘ziga hosligi bilan ajralib tura olgan.
1992 yil noyabr oyida “Lids” jamoasidan harid qilingan futbolchi jamoa safiga kelib qo‘shilganda “Yunayted” musobaqa jadvalida o‘rta o‘rinlarda borar edi. May oyiga kelib esa jamoa so‘ngi 26 yildagi ilk chempionlikni qo‘lga kirtdi.
Shuningdek futbolchi muhlislarni o‘ziga hos urgan gollari bilan ham quvontirib ularga o‘ziga hos zavq bag‘ishlagan. 1996 yil «Sanderlend» jamoasi darvozasiga urgan goli, 1996 yil «Uimbldon» stadionida bo‘dib o‘tgan Angliya Kubogi final uchrashuvida «Arsenal» darvozasini to‘pni o‘z ustida oshirib darvozaga yo‘lladi va ushbu gol yakunda jamoani g‘alabasiga katta hissa qo‘shdi.
Albatta futbolchining faoliyatida o‘ziga hos achchiq vaziyatlar ham bo‘lib o‘tdi. «Kristal Peles» jamoaisga qarshi kechgan uchrashuvidan so‘ng Erikning kung-fu uslubida raqib jamoa muhlisi Metyu Simmonsga zarba berishi oqibatida futbolchi 8 oyga futboldan chetlatildi..
1997 yilda “Yunayted” dagi 5 mavsumlik faoliyatidan so‘ng Kantona jamoani tark etdi.
3. Krishtianu Ronaldu (2003-2009; 292 o‘yin, 118 gol)
Fergyuson «Yunayted» jamoasiga Krishtianu Ronalduni olib kelish orqali jamoa muvaffaqiyatiga o‘ziga xos zamin yaratdi.
2003 yil mavsumga tayyogarlik doirasida «Sporting» va «Yunayted» jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvda Ronaldu o‘ziga xos chiroyli xarakatlari orqali muhlislar qatori Fergyusoning ham olqishlariga sazovar bo‘ldi. Yakunda esa futbolchi «Yunayted» jamoasi safiga qo‘shildi. Portugaliyalik futbolchi o‘shanda endi 17 yoshda edi
Ronalduning jamoadagi faoliyati ayniqsa 2006–2009 yilda o‘z yuqorisiga chiqdi. 2007-2008 mavsumda esa futbolchi «Yunayted» uchun raqib darvozalarini 42 marotaba ishg‘ol qilidi va mavsum yakunida esa jamoaning APLdagi g‘olbligi, hamda Yevropa Chempionlar Ligasi bosh mukofatini qo‘lga kiritishiga katta hissa qo‘shdi.
Ronalduning jahoning eng kuchli o‘yinchilari vafiga kirishida albatta Fergyusonning o‘rni ham beqiyos. Futbolchining o‘zi ham doimo bunday yuqori cho‘qqini zabd etgani uchun Ser Aleksdan minnatdor ekanligini aytib keladi.
Ronaldu 2009 yilda «Real Madrid» jamoasi tarkibiga borib qo‘shilishi jahon futbolida rekord bo‘ldi. Madrid jamoasi futbolchi uchun «Yunayted» jamoasiga katta mablag‘ to‘ladi. Muhlislar hozirda uning maydonda ko‘rsatayotgan o‘yinidan zavq olmoqdalar.
«U — yagona futbolchiki, men uning o‘yinini ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘lishim uchun pul sarflashga ham tayyorman», —deydi Fergyuson Ronaldu haqida.
2. Pol Skoulz (1993-2011 va 2012-2013; 718 o‘yin, 155 gol)
Jamoa o‘yiniga o‘ziga hos bag‘ishlab turgan Fergyuson davrining nomdor futbolchisi bu Pol Skoulz. Dastlab 2011 yilda futbolchilik faoliyatini yakunlagan bo‘lsada keyinchalik yana safiga qaytib jamoasining qiyin vaziyatdan chiqishiga o‘zga hos kuch bag‘ishlagan.
Braziliyalik mashhur futbolchi Sokrates Polni Braziliya terma jamoasi vakili bo‘lganda yaxshi bo‘lishini aytgandi. Xavi esa unga taqlid qilib o‘yin uslubidan andoza olgandigini ta’kidlagan, Ronaldu esa uni haqiqiy «fenomenal o‘yinchi» deya atagan. Xatto buyuk Pele ham Skoulz nomiga iliq fikrlar bildirib o‘tgan.
Klass-92 ning bitiruvchisi bo‘lgan Skoulz o‘z ustida ko‘p ishlaganini va yaxshi futbolchi bo‘lishga jiddiy xarakat qilganligini ko‘p bor aytib o‘tgan.
Jamoa safida 700 dan ortiq maydonga tushib, 155 gol urgan va jamoasi bilan 20 bor katta musobaqalarda zafar quchgan. Shuningdek u minga yaqin aniq to‘p oshirishlarni amalga oshirgan.
Skoulz tomonidan 2000 yil «Bredford» jamosiga 2006 yil «Aston Villa» jamoasiga va albatta 2008 yilda «Barselona» jamoasi darvozasiga kiritgan ajoyib gollarini muhlislar yaxshi eslashadi.
Uning o‘yinini xech kim bilan solishtirib bo‘lmaydi.
«“Yunayted” dagi o‘ziga hos buyuk mentalitet sohibi», — deya ta’rif bergan edi Fergyuson Skoulzni.
1. Rayan Giggz (1990-2014; 963 o‘yin, 168 gol)
Jamoaning barcha vaqtlardagi o‘ziga hos mazmuni sanalgan. «Manchester Yunayted» dagi Fergyuson darvining ikonasi hisblangan futbolchi bu so‘zsiz Rayan Giggz. Zamonaviy futbolda bunday yuqori saviyali va jamoasiga sadoqatli futbolchilar doimo qadirlangan.
Xato u uchrashuvning 90 daqiqasida ham o‘z tezligini namoyish qila olardi va o‘ziga xos maydonda jentelment edi. Shu sababli ko‘plab futbolchilarni unga xurmatlari beqiyos edi.
Chaqmoq tezlik, himoyada jamoadaoshlariga yordamlashish qobiliyati, raqibga bosim o‘tkazish, unitilmas gollar. Olg‘a, olg‘a, faqat olg‘a!.. Bu Giggzga ta’luqli jixatlar edi.
1000 yaqin uchrashuvda ishtirok etgan bo‘lishiga qaramay faoliyatining so‘ngida ham yuqori tezlikda va raqibga pressing bilan xarakatlana olar edi.
Giggz faoliyatida o‘ziga hos oltin lahzalar ko‘p bo‘lgan, shulardan birida «Arsenal» darvozasini o‘ziga xos “solo” tarzida ishg‘ol qilgani ko‘pchilikni yodida. Bu orqali u yakunda jamoasi bilan «trebl» ga erishdi .
Salkam Chorak asr jamoa sfida to‘p surgan futbolchi 13 ta APL chempionligi, 4 ta Angliya Kubogi, 3 ta Liga Kubogi, 2 karra Yevropa Chempionlar Ligasi g‘olibi, Qit’alararo Kubok sohibi va Klublar o‘rtasida Jahon chempioniga aylandi. Shu sababli ham u Fergyuson davrining 1 raqamli futbolchisi deya tan olingan.
«Men uni ilk bora 13 yoshida ko‘rganimni aniq eslayman, o‘shanda u maydonda shamol kabi tez xarakat qilar edi», —deya xotirlaydi Ser Alek Giggz xaqida.
«Manchester Yunayted» jamoasida Fergyuson davrida to‘p surgan TOP-50 futbolchilar quyidagi ko‘rinishda:
50. Robin van Persi
49. Djim Leyton
48. Devid Mey
47. Xenning Berg
46. Ronni Yonsen
45. Mikael Silvestr
44. Kleyton Blekmor
43. Pak Dji-Sun
42. Nani
41. Dimitar Berbatov
40. Gordon Strachan
39. Viv Anderson
38. Karlos Tevez
37. Norman Uaytsayd
36. Mark Robins
35. Djon O’Shi
34. Ues Braun
33. David de Xea
32. Andrey Kanchelskis
31. Li Sharp
30. Darren Fletcher
29. Pol Ins
28. Teddi Sheringem
27. Niki Batt
26. Gari Pallister
25. Edvin van der Sar
24. Fil Nevill
23. Patris Evra
22. Denis Irvin
21. Maykl Karrik
20. Duayt York
19. Brayan Makler
18. Yap Stam
17. Ole Gunnar Sulsher
16. Nemanya Vidich
15. Rud van Nistelroy
14. Mark Xyuz
13. Rio Ferdinand
12. Endryu Koul
11. Stiv Bryus
Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.