Эксклюзив /

Lui van Gal: Bu men uchun katta faxr

«Manchester Yunayted» jamoasining yangi bosh murabbiyi Lui van Gal «Old Trafford» da o‘zining dastlabki matbuot anjuanida ishtirok etdi. Angliyaning 20 karra chempionlarini uy stadionida mutaxassisni birinchi bo‘lib jamoaning afsonaviy o‘yinchisi ser Bobbi Charlton kutib oldi.

«Bu men uchun katta faxr, stadionga dastlabki tashrifimni ser Bobb Charlton bilan birgalikda amalga oshirdim»,- dey so‘zini boshladi van Gal.

Jurnalistlarning Jahon chempionati yakuniga yetgandan so‘ng taʼtil olmasdan darhol  Karringtonga tashrifi qilgani to‘g‘risidagi savolga mutaxassi quyidagicha javob berdi».

«Menga doimoy ishlash yoqadi. Men bor kuchimni sarflab ishlashni istayman. Bu jahonning eng katta jamoasi. O‘tgan ikki kun ichida «Manchester Yunayted» dagi ko‘plab narsani ko‘rdim».

«Buni so‘z bilan taʼriflash qiyin. So‘ngi ikki kun mobaynida bu yerda ko‘plab insonlar bilan uchrashdim. Shunday ekan qancha ko‘p inson ushbu jamoani yaxshi ko‘rishini xis tushundim, bu bir katta jamoa va ko‘pchilik meni bu yerda kutmoqda edi».

«Ha qilinadigan ishlar bor, jamoani tayyorlash zarur, shunday katta jamoani saqlab turish zarur, bu yengil bo‘lmaydi, men bor kuchim bilan ishlashga tayyorman, mening ish faoliyatimni kuzatsangiz ko‘plab yutuqlarga erishganimni ko‘rasizlar va buni yana davom ettiramiz. Hammasi shu sizga nima qila olishim mumkinligi to‘g‘risida. Boshqa yana nima qilishimiz zarurligini vaqt ko‘rsatadi».

Bu mashhur jamoa,  «Manchester Yunayted» ni butun dunyoda yahshi bilishadi. O‘tgan mavsumda jamoa yettinchi o‘rinni egallagan edi bu jamoa uchun yaxshi emas. Buni hamma yaxshi tushunib turibdi. Gollandiya terma jamoasi bilan Xitoy yoki Braziliyada bo‘lmay doimo insonlar «Manchester Yunayted» ni muhokama qilmoqdalar. Men yega ushbu jamoani tanladim. Men «Barselona» da ishladim – fikrimcha bu Ispaniyaning birichi jamoasi, «Ayaks» da ishladim – bu  Gollandiyaning birinchi jamoasi, «Bavariya» da ishladim –bu esa  Germaniyaning birichi jamoasi. Hozir esa men «Manchester Yunayted» daman  — bu esa Angliyaning birichi jamoasi. Ishonamanki biz bu qiyin bo‘lsa ham sizning ishonchingizni oqlaymiz».

Gollandiyalik mutaxassis shuningdek jurnalistlar bilan o‘zining xarkateri, jamoani qanday ko‘rayotgani va qanday o‘zgarish qilishi mumkinligi borasidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Men demokratman va doimo insonlarni tushunishga harakat qilaman. Albatta, qattiq qo‘l xarakterim bor, o‘ylashimcha boshqa ancha muhim hislatlarim ham bor. Bu mening shaxsiy hayotimning kaliti. OAV da balki meni diktatorlikda, adolatsizlikda ayiblashayotgandir barchasi qandayligiga o‘zingiz guvoh bo‘lasiz albatta. Bu mening xarkaterimning kichik qismi. Meni qattiq xayotiy o‘z prinsiplarim bor. Sera Aleksda ham o‘zining qattiq hayotiy prinsiplari bo‘lgan, uni bu doimo tasdiqlab kelgan, bu unga ko‘plab yutuqlarga erishishi uchun yordam bergan. Ishonamanki men ham buni uddalay olaman».

«Jamoa xaqida nima degan bo‘lardim, doimo mena bir va yagona uslub bo‘lgan – futbolchilarni ko‘zdan kechirib chiqishim kerak, buning uchun imkon bor. Dastlaki 3-4 hafta davomida futbolchilarning imoniyatlarini ko‘zdan kechirib chiqamiz, shundan so‘ngina balki bir necha futbolchi xarid qilishimiz mumkin».

«Biz yangi o‘yinchilar Shou va Errera qo‘lga kiritdik. Men o‘z roziligimni berdim, chunki bu futbolchilarning o‘yini menga manzur kelgan. Jamoadagi ko‘pchilik bilan birga ishlamaganman, shunday ekan biroz kutamiz va ko‘ramiz».

«Jamoa sardori kim, hozirda buning uchun barcha o‘yinchilarda imkoniyat bor. Buning uchun futbolchilar bilan yaqindan tanishib chiqishim lozim, bu 4-6  haftani o‘z ichiga oladi, balki ikki oy. Men uchun birinchi navbatta vaqt zarur».

Lui van Gal shuningdek rahbariyat Rayan Giggzni jamoada qoldirib to‘g‘ri ish qilganini ham taʼkidladi:

«Mening yordamchim Rayan «Chelsi» va «Siti» jamoalarning yutuqlarini birga qo‘shganda qo‘lga kiritgan mukofatdan ham ko‘p yutuqq erishgan, shunday ekan u bu o‘ringa juda loyiq».

«Niki Batt bizga yordamlashmoda, men ishonamanki, Pol Skoulz va Fil Nevill uchun ham biz jamoada joy topa olamiz.nima bo‘lgan taqdirda men buni hohlayman. Bunday imkoniyat bizda mavjud va biz buni ko‘rib chiqamiz albatta. Jamoa faxri bo‘lgan bunday futbolchilarni tajribalari bizga muhim. To‘g‘ri bu onson ish emas, men avval ular bilan suhbatlashib olishim zarur keyin esa nima bo‘lishini ko‘ramiz».

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.