Эксклюзив /

Lyuk Shou: Ilk intervyu

«Manchester Yunayted» jamoasi Lyuk Shouning transferini ham amalga oshirdi. Doimgidek futbolchi bilan jamoadagi dastlabki intervyusini MUTV telekanaliga berdi.

«Ikki yil avval «Yunayted» jamoasining 18 yoshgacha bo‘lgan tarkibiga qarshi uchrashuvda ishtirok etgan edim,  endi esa o‘zim ham shu jamoa a\'zosiman. «Sautgempton» jamoasi tarkibida juda ko‘p narsani o‘rgadim, faoliyatimni yangi jamoada davom ettirib yanada yuqori yuksalishga erishaman degan umiddaman. Men jamoa va yangi bosh murabbiy bilan birga mavsum oldi turneda ishtirok etib o‘z iqtidorimni namoyish etishni hohlayman».

«To‘g‘ri mening jamoa safiga qo‘shilishim juda uzoq muddatga cho‘zilib ketdi. Bir necha oy avval «Yunayted» jamoasidan qiziqish borligini eshitgan edim, shartnomani Jahon Chempionati boshlanishidan avvval imzolashga umid bog‘lagan edik. Afsuski bunday bo‘lmadi, lekin men baribir jamoa a\'zosiga aylandim, bundan juda xursandman. Xatto haligacha bu holat yuz berganiga ishnomayapman!».

«Manchester Yunayted» — jkda katta jamoa va doimo yuqori maqsadlarni ko‘zlaydi. Asosiy maqsadim yosh bo‘lishimdan qat\'iy nazar bu yerda ko‘plab yutuqlarga erishmoqchiman va men bunga ishonaman».

«Lui van Gal? Men uning terma jamoasi Jahon chempionatida qanday o‘yin ko‘rsatayotganini ko‘rdim. Men ko‘rgan o‘yinlarda uning jamoasi hujumkor futbol ko‘rsatdi va men ham uning o‘yin uslubiga mos tushaman degan umiddaman. Tez kunlar ichida van Gall bilan suhbatlashamiz, to‘g‘risini etsam juda hayajondaman. O‘ylashimcha, u qanot himoyachilarning hujumkor o‘yin ko‘rsatishlarini yaxshi ko‘radi. Intizorlik bilan barcha jamoa a\'zolari bilan uchrashib tezroq ishni boshlashini kutmoqdaman».

«Men Patris Evra bilan raqobatga kirishimdan xayajonlanmoqdaman. U uzoq muddata Premer Ligada eng yahshi qanot himoyachisi bo‘lib kelgan. Umid qilaman men undan ko‘p narsani o‘rganaman».

«Shuningdek sobiq jamoam «Sautgempton» ga ham cheksiz o‘z minnatdorchiligimni aytaman. Jamoa safiga borganimda 8 yosh edim. Ular menga va oila a\'zolarimga juda katta hurmat ko‘rsatishdi, bu jamoa qalbimda hamisha saqlanib qoladi. «Sautgempton» jamoasida 10 yil to‘p surgan bo‘lsam har bir daqiqasi men uchun qadrli».

To‘liq nomi: Lyuk Pol Xoar Shou

Tug‘ilgan yili va joyi: 1995 yil 12 iyul, Kingston-apon-Tems, Angliya

Fuqaroligi:  Angliya Bo‘yi: 185 sm

Vazni: 75 kg Pozitsiyasi: chap qanot himoyachisi

2002 yildan «Sautgempton» yoshlar jamoasiga qabul qilingan: 2012-2014 yillar davomida «Sautgempton» asosiy tarkibida 67 bora maydonga tushgan. Angliya terma jamoasining (U16, U17, U21) turli yoshlari tarkibida maydonga tushgan. Ushbu yildan esa asosiy terma jamoaga nomzod hisoblanadi.

Tarjimon Braupov

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.