Эксклюзив /

Patris Evra: Xayrlashuv xati

«Old Trafford» tark etib faoliyatini turinning «Yuventus» jamoasida davom ettirishga qaror qilgan Patris Evra jamodaosh do‘stlari, murabbiylar, jamoa ishchi xodimlari va jamoaning ashaddiy muhlislariga qarata xayrlashuv xatini eʼlon qildi.

Uzoq muddatli fikr yuritishdan so‘ng bir qatorga keldim, men «Manchester Yunayted» jamoasini tark etishim uchun to‘g‘r vaqt. Bu mening faoliyatimdagi eng katta qaror. Men jamoani tark etishimdan qatʼiy nazar bu jamoa mening yuragimda abadiy qoladi.

Mening «Manchester Yunayted» jamoasiga o‘tishim va uchrashuvlardan ishtirok etganim men uchun katta faxr, bu orzuning xaqiqatga aylanishi va men bu vaqtlarni xech qachon unutmayman. Biz doimo g‘alabali yoki og‘ir kunlarda jamoani birgalikda ushlab tura oldik. «Yunayted» ga o‘tganimda katta oilaning yaʼzosi bo‘lishni aytgan edim, va jamoa bu anʼanani saqlay olib davom ettirmoqda.

Bu jamoani o‘ziga xos tarixi bor va men shuning bir bo‘lagi bo‘lganimdan faxrlanaman. O‘tgan 9 yil davomida jamoada ko‘plab ajoyib insonlar bilan tanishish va birgalikda ishlash imkoni bo‘ldi, ko‘plari hayotimning so‘ngiga qadar mening do‘stlarim bo‘lib qolishadi. Men «Manchester Yunayted» manfaati uchun xizmat qilan barchaga cheksiz tashakkurimni aytmoqchiman, jamoadoshlarim, murabbiylar, Karringtonda va «Old Trafford» o‘tkazgan ajoyib kunlarim uchun!

Shuningdek ser Aleksga ham alohida tashakkurmni aytib qolaman, u menga imkoniyat yaratib berdi, o‘zimga bo‘lgan ishonchni oshirdi, sardorlik bog‘ichini ishondi va afsonaviy  «Manchester Yunayted» jamoasiga ilhom bag‘ishlay olgani uchun.

Eng qaynoq so‘zlarimni alohida jamoaning ashaddiy muhlislariga aytib qolaman. Biz bir qancha ajoyib vaziyatlarni boshdan kechirdik, biz barchasini birgalikda o‘tkazid, Moskvada o‘tgan oqshom esa doimo xotiramda qoladi. Men doimo «Manchester Yunayted» jamoasi emblemasi tushirligan formada maydonga tushganimdan va jamoaning bir bo‘lagi bo‘lganimdan faxrlanaman. Men doimo bu jamoani sevib yashayman, yangi mavsumdagi muvoffaqiyatliklardan roxat olishingizga ishonaman yigitlar.

Mark Froggatt / ManUtd.com

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.