Эксклюзив /

Ander Errera: Ilk intervyu

Bir necha shou-shuvli xabardan so‘ng nihoyat «Manchester Yunayted» jamoasi rahbariyati ushbu mavsumdagi dastlabki transferni amalga oshirganini raman eʼlon qildi. Bilbaoning «Atletik» jamoasidan Ander Ererra «Manchester Yunayted» jamoasi safiga kelib qo‘shildi. Jamoaning rasmiy MUTV telekanali Ererradan dastlabki intervyuni oldi.

«Manchester Yunayted» jamoasi aʼzosiga aylanganimdan juda maʼmnunman. Men o‘zimning xaqiqiy mexnatim orqali professional darajamni ko‘rsatishga vada beraman».

«Ikki yil avval men «Old Trafford» stadionidagi bo‘lib o‘tgan ajoyib uchrashuvda ishtirok etganman. Bu mening xotiramdan bir umr esda qolarli bo‘lgan edi. O‘ylashimcha «Yunayted» tarkibida ham hammasi o‘ylaganimdek kechadi va men jamoa muhlislarning hurmatlariga loyiq bo‘lishga xarakat qilaman».

««Atletik» jamoasini tark etishim osnon bo‘lmadi, chunki u yerda ajoyib va juda ham jamoaviy tarkib bor. Lekin «Yunayted» jamoasi aʼzosiga aylanish uchun imkoniyat hayotda bir bor yuz berishi mumkin va men bu imkoniyatdan foydalanib qolishni istadim».

«Lui van Gal – eng zo‘r murabbiylaridan biri va bu mening omadim, uning qo‘l ostida ishlash imkoni borligidan maʼmununman. Men ko‘p narsa o‘rganishni hohlayman, yangi jamoadaoshlarim bilan birgalikda van Gal qo‘l ostida jamoa sharafini himoya qilishni intizorlik bilan kutmoqdaman. Menda tez orada Amerikda bo‘lib o‘tadigan mavsum oldi tayyorgarlik doirasida «Roma» va «Inter» dek jamoalarga qarshi maydonga tushish imkoniyati bor.

«Mening o‘yinlardagi o‘ziga xos xususiyatim qanday? Men yarim himoyachi pozitsiyasida xarkat qilaman va o‘yinning xar bir epizodida faol ravishda ishtirk etishni hohlayman. To‘p bilan xarakatlanish men uchun muhim va jamoadoshlarimga doimo yordam berishga harakat qilaman».

«Premer Ligani yaxshi bilaman va bu menga juda yoqadi. O‘ylashimcha bu mening faoliyatimda o‘sishga erishishim uchun katta o‘rin tutadi. Bu sayyoramizning eng zo‘r ligalaridan biri!».

«David De Xea va Xuan Matalar bilan bir safda ekanligingdan xursandman-mi? Men o‘ylashimcha jamoa safiga kelganimdan ular ham maʼmnun. Men ular bilan suhbatlashdim, ularning aytishicha «Manchester Yunayted» — jahonning eng katta jamoasi va bu yerda yaxshi jamoa bor.  Biz juda yaxshi do‘stlarmiz ular menga yangi o‘rnimga moslashish uchun katta yordam berishadi degan umiddaman».

To‘liq nomi: Ander Errera Aguera

Tug‘ilgan yili va joyi: 1989 yil 14 avgust, Bilbao, Ispaniya

Fuqaroligi: Ispaniya

Bo‘yi: 182 sm

Vazni: 70 kg

Pozitsiyasi: Yarim himoyachi

2009-2011 yillarda «Real Saragosa» jamoasida maydonda to‘p surgan. 2011-2014 yillarda esa «Atletik Bilbao» jamoasi tarkibida 94 uchrashuv o‘tkazib 7 bora raqib darvozasini ishg‘ol qilgan. Ispaniya terma jamoasining (U20, U21, U23) turli yoshlari tarkibida maydonga tushgan.

Tarjimon: Braupov

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.