Эксклюзив /

David De Xea

«Yunayted» darvozaboni David De Xea jamoaning Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi muhlislari tomonidan berilgan savollarga javob qaytardi.

Braziliyada o‘tadigan Jahon chempionatiga borish borasidagi imoniyatingni qanday baholaysan?

«Valdes jarohat oldi. Men uni juda juda tushinib turibman. Hyech kimga buni bo‘lishini tilamayman. Bu juda yomon holat, balki men uchun jahon chempionati eshiklarini ochar ».

Ueyn Runining «Vest Xem» jamoasiga urgan goli sen maydonda guvoh bo‘lgan gollar ro‘yhatidan qanday o‘rin oladi?

Bu so‘zsiz fantastik va g‘ayrioddiy  gol. Bunday zarbani maydon markazidan yo‘llash juda murakkab. Bu pozitsiyadan turib bunday zarba yo‘llash uchun katta tajrib zarur.

Ushbu mavsumda sen jamoaning eng yaxshi o‘yinchisi bo‘lishing mumkin, buning uchun imkoniyatlaringni qanday baholaysan?

Bu savolga javob berishim lozim emas. Chunki buni jamoaning ashaddiy muhlislari  aniqlashadi. Shuni aytib o‘tishim kerakki bu haqida o‘ylayotganim ham yo‘q. Men har doim faqat uchrashuvlarda yaxshi ishtirok etishni va mavsumni yaxshi o‘tkazishni hammasini to‘g‘ri bajarishni hohlayman. Bizda ushbu nomga sazovar bo‘lishi mumkin bo‘lgan futbolchilar bisyor. Shunday ekan nomzodlar yetarlicha va bunday nomga sazovar bo‘lish oson bo‘lmaydi.

Mashg‘ulotlar davomida jamoadagi qaysi futbolchilarga qarshi darvozada turish murakkab hisoblanadi?

Bizning jamoada hozirda yuqori darajadagi futbolchilar to‘p surmoqda, ular xar doim menga sport formamni yaxshi ushlab turishim uchun yordam berib kelishadi. Bu men uchun juda muhim. Chicharito mashg‘ulotlar vaqtida juda ko‘p gol uradi, shuningdek Runi ham – bularning barchasi menga katta foyda beradi. 

 

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.