Эксклюзив /

«Iblislar» haqida 50 haqiqat. (3-qism)

36. «Enfild»ga qaytish. 1988-yil

80-yillarda Angliya futbolida «Liverpul» «Manchester Yunayted»dan ustun turardi. 1988-yilgi mavsumda «Enfild»dagi uchrashuvda 70-daqiqagacha mankunianliklar bir kishi kam bo’lib, mersisaydliklardan 1:3 hisobida mag’lubiyatga uchrayotgan edilar, ammo o’yin yakunigacha «Manchester Yunayted» 3:3 hisobida murosa yo’lini tanladi va ligada 17 uchrashuvda mag’lubiyatga uchramay yangi record qayd etdi.

37. Giggzning «superreydi». 1999-yil

Angliya Kubogi yarim finalida «Arsenal» bilan o’yinda qo’shib berilgan daqiqalar. «Manchester»da 10 kishi. Rayan Giggz maydon markazida Patrik Veyradan to’pni olib qo’yib, fantastik tezlikda ketma-ket «kanonirlar»ning barcha himoyachilarini aldab o’tdi. Darvozabon bilan yakkama-yakka qolgan Rayan Devid Simenni dog’da qoldirdi. Bu g’alaba to’pi edi.

38. Tommi Dogertining ishqiy sarguzashtlari. 1977-yil.

Gazetalarda «MYU» bosh murabbiyi Tommi Dogerti va jamoa fizioterapevtining rafiqasi Meri Braun o’rtasidagi ishqiy sarguzashtlar kechayotganligi haqida ma’lumotlar tarqaldi. Klub bu xabarni o’rganib chiqib, Dogertini o’z lovozimidan bo’shatdi.

39. «Barselona» o’yindan tashqari holatda.

Chempionlar Kubogining chorak finalidagi dastlabki uchrashuvida «Yunayted» «Nou Kamp»da ispanlardan 0:2 hisobida mag’lubiyatga uchradi. Ammo «Old Trafford»dagi javob o’yinida Diego Maradona jamoasi 3:0 hisobidagi qaqshatqich zarbaga uchradi. Uchrashuvda Brayan Robson dublga erishgan bo’lsa, Frenk Steplton g’alaba to’pini kiritdi.

40. Angliya Kubogiga nisbatan hurmatsizlik. 2000-yil.

«Manchester» Braziliyada ilk marta o’tkazilgan klublar o’rtasidagi jahon chempionatida ishtirok etishga qaror qildi. Shunga ko’ra, jamoa bir yil oldin g’alaba qozongan musobaqasi Angliya Kubogi bahslarida ishtirok etishdan bosh tortdi. Bu voqea Angliyada katta e’tirozlarga sabab bo’ldi. Ko’pchilik bu mashhur musobaqaga bo’lgan hurmatsizlik uchun «Qizil iblislar»ni jazolashni talab qildi.

41. Rey Vud jarohati. 1957-yil.

«Manchester» chempionat va Angliya Kubogida g’olib bo’lishga yaqqol favorit hisoblanardi. Biroq uchrashuvlardan birida Piter Mak-Farlandning Rey Vudga nisbatan o’ta qo’pol harakati, Vudning 6-daqiqadayoq maydonni tark etishiga olib keldi. O’shanda zahiradan foydalanish huquqi bo’lmaganligi uchun jamoa, 10 kishi bo’lib harakat qildi va kichik hisobda mag’lubiyatga uchradi.

42. Maykl Naytonning sehrgarligi. 1989-yil.

Britaniyalik mashhur biznesmen Maykl Nayton chaqqonlik bilan qandaydir savdolarni amalga oshirib, «Manchester Yunayted» sohibiga aylandi. Ammo ko’pgina tekshiruvlardan so’ng, bu savdo qonunga zid o’tkazilganligi ma’lum bo’ldi va Nayton o’z qilmishi uchun jinoiy javobgarlikka tortildi.

43. Runi bilan shartnoma. 2004-yil.

Angliya futbolining kelajagi deb e’tirof etilgan Ueyn Runi bir necha martalik taklifdan keyin «Everton»dan «Yunayted»ga o’tdi. Uning ko’chishi «MYU»ga 29 million funtga tushdi.

44. MUTV efirga chiqdi.

«Manchester Yunayted» boshqa superklublardan farqli o’laroq, uch yil oldin o’z xususiy telekanalini tashkil qildi. Masalan, «Chelsea TV» 2001-yildan o’z nomoyishini boshladi.

45. Uatsaydning goli. 1985-yil.

Angliya Kubogining 1985-yildagi final o’yinida «Manchester Yunayted», mamlakat chempioni «Everton»ga qarshi maydonga tushdi. Jamoa bir kishi kam bo’lishiga qaramay, asosiy vaqtda tengma-teng to’p surdi. Qo’shib berilgan daqiqalarda esa, Uatsayd ajoyib gol urib, «Manchester»ga 1:0 hisobidagi g’alabani keltirdi.

46. Lui Edvard bilan mojaro. 1980-yil.

Mashhur telekanallardan biri «World in Action» ko’rsatuvida «Manchester Yunayted» prezidenti Lui Edvardsni shubhali kelishuvlarda va o’quvchilarni futbol akademiyasiga qabul qilish uchun ota-onalaridan pora olganlikda aybladi. Politsiya va federatsiya xodimlarining tekshiruvlaridan ko’p o’tmay, Edvardsning yurak hurujidan vafot etganligi sababli ish yopildi.

47. Plimutdagi uy uchrashuvi. 1977-yil.

«Sent-Eten» bilan bo’lgan safar uchrashuvida «Qizil iblislar» fanatlari katta tartibsizliklarni keltirib chiqardilar. Federatsiya buni o’rganib chiqib, jamoa javob uchrashuvini Manchesterdan kamida 200 kilometr uzoqlikda o’tkazishga qaror chiqardi. Uchrashuv Plimutdagi «Xoum Park» stadionida bo’lib o’tib, «Yunayted»ning 2:0 hisobidagi g’alabasi bilan tugadi.

48. Amalga oshmagan kelishuv. 1915-yil.

Jamoa yuqori diviziondan tushish arafasida edi. «Yunayted»ning uch va «Liverpul»ning to’rt futbolchisi kelishilgan o’yinni tashkil etishga harakat qilishdi. Ammo buni sezib qolgan federatsiya barcha yeti futbolchini ham umrbod futboldan chetlatdi.

49. «Barselona»dan mag’lubiyat. 1994-yil.

«Manchester Yunayted»ning 1994 yilgi mavsumda Chempionlar Ligasi bahslarida g’olib bo’lishi kutilayotgan edi. Ammo Romario va Stoichkov yetakchiligidagi katoliniyaliklar Chempionlar Ligasi sovrini inglizlar qo’liga o’tishiga yo’l qo’yishmadi.

50. Aktsiyalarni Fond Birjasiga«joylashtirish». 1991-yil.

Aynan ushbu qadam «Manchester Yunayted»ga mamlakatning eng badavlat birlashmasi bo’lishga yordam berdi.
Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.