Эксклюзив /

«Iblislar» haqida 50 haqiqat. (1-qism)

Yaqin yillarda «The Times» nashriyoti mankunianlar tarixidagi 50 ta asosiy voqealarni tuzib chiqishdi. Bu voqealar 1934 yildan to hozirgi kungacha bo’lgan davrni o’z ichiga oladi. Biz sizga ana shu voqealar haqida ma’lumot berib o’tamiz.

1.Myunxen aviahalokati. 1958-yil.

Belgraddan Yevropa Chempionlar Kubogi uchrashuvidan qaytayotgan «Manchester Yunayted» futbolchilari Myunxen osmonida aviahalokatga uchrashdi. Oqibatda,«MYU»ning sakkiz futbolchisi halok bo’ldi.

2.Fergyussonning kelishi. 1986-yil.

Ser Aleks Fergyusson «Qizil iblislar» bosh murabbiyi bo’ldi. U dastlab yosh futbolchilar tayyorlav kursl;arini qayta tiklab, kuchli jamoa barpo etdi va «Liverpul»ni ingliz futboli cho’qqisidan tushishga majbur qildi.

3.Chempionlar Kubogi qo’lga kiritildi. 1968-yil.

Aviahalokatdan 10 yil o’tib, ser Mett Basbi boshqaruvida tiklangan «Manchester» «Benfika»ga qarshi «Uembli»da o’tgan takrorlanmas finalda muvaffaqiyat qozonib, Chempionlar Kubogi sohibiga aylandi.

4.«Nou Kamp»dagi mo’jiza. «Bavariya» — «MYU» — 1:2. 1999-yil.

31 yildan keyin qo’lga kiritilgan birinchi Yevropa Kubogi. Bu titul Premer-Liga, Angliya kubogi, liga kubogidan so’ng qo’lga kiritildi. CHL finalida «Bavariya»ga qarshi kechgan uchrashuvning qo’shib berilgan vaqtida «iblislar» ikkita to’p kiritib, g’alabani ilib ketishdi.

5. Basbining jamoaga kelishi. 1945-yil.

Ser Mett Basbi «Yunayted»ga kelgan paytda «MYU» o’rtamiyona jamoa hisoblanardi va aynan Basbining xizmatlari o’laroq, barqaror, hujumkor jamoa paydo bo’ldi va «Manchester» dunyo futboliga tanildi.

6.Ajoyib o’ntalik. 1956-yil.

«Manchester Yunayted» ingliz jamoalari orasida birinchilardan bo’lib evroarenada ishtirok etib, dastlabki o’yinda «Andrlext»ni 10:0 hisobida tor-mor etdi.

7.Bobbi Charlton debyuti. 1956-yil.

Bobbi Charlton – ehtimol bu futbolchi ingliz futbolining barcha davrlardagi eng mashhur vakilidir. Ser «Manchester»da 17 yil davomida to’p surib, ko’pgina sovrinlarni qo’lga kiritishga katta hissa qo’shdi.

8.Bryus goli. 1993-yil.

«Sheffild» bilan «Old Trafford»da o’tgan uchrashuvda mehmonlar kichik hisobda g’alaba qozonayotgan edilar. Ammo uchrashuvning so’nggi o’n daqiqasida Stiv Bryus qandaydir mo’jiza tufayli raqib darvozasiga to’p kiritib, hisobni tenglashtirdi. Lekin durang ham «Qizil iblislar»ni qoniqtirmasdi. Hakam o’yinga qo’shib bergan vaqtning so’nggi soniyasida Stiv yana o’zini ko’rsatib, g’alabani o’zi tomonga og’dirdi. Oqibatda, «Yunayted» jadvalda «Aston Villa»ni ortda qoldirib, 26 yildan keyin Angliya chempionligini qo’lga kiritdi.

9. Roy Kinga hamla. 2000-yil.

CHL bahslari doirasida «MYU» o’z maydonida «Dinamo» (Kiev) jamoasiga qarshi o’yinda omadsiz to’p surayotgan paytda, tribunadagi ishqibozlar Roy Kinni qoralab, uning sha’niga «iliq» so’zlarni ishlatishdi. Bunga javoban Roy muxlislarga qarata nojo’ya hatti-harakatlarni amalga oshirdi.

10. Jorj Bestning jamoa safiga kelib qo’shilishi. 1963-yil.

Shimoliy Irlandiyalik ajoyib forvard Britaniya futbolining barcha davrlardagi eng yaxshi vakillaridan biri hisoblanadi.

11. O’zgarish. 1981-yil.

Deyv Sakston kutilmaganda jamoa rahbariyati tomonidan murabbiylik lavozimidan bo’shatildi. U so’nggi yeti uchrashuvda ketma-ket g’alaba qozongan edi. Ammo uning o’rniga malakali mutaxassis Roy Atkinson kelib, klub muxlislariga haqiqiy futbol ko’rsata boshladi va jamoa kuchlilar qatorida e’tirof etila boshlandi.

12. Amerikacha dahshat.

«MYU» amerikalik «qarzdor milliarder» Malkolm Gleyzer qo’liga o’tdi. Ko’pchilik fanatlar «shok»ka tushishdi. Shundan so’ng hususiy «FC United» klubi muxlislar tomonidan tashkil etildi.

13. Kinning jamoaga kelishi. 1993-yil.

Roy Kin «Nottingem Forest»dan «Manchester Yunayted»ga o’tdi. U mankunianliklar safida 12 yil davomida maydon markazida almashtirib bo’lmas tayanch yarim himoyachisi sifatida harakat qildi.

14. Liga tituli. 1952-yil.

Aynan shu yilda «Yunayted» ser Mett Basbi boshchiligida ilk marotaba Angliya chempionligini qo’lga kiritdi.

15. Fergi BBCga qarshi. 1954-yil.

«MYu»ning Angliya kubogi finalida «Norvich Siti»ga qarshi uchrashuvda jamoa yetakchisi Erik Kantona raqibiga juda qo’pol munosabatda bo’lgandi. Uchrashuvdan keyin BBC futbol sharhlovchilari futbolchini o’ta yomon xulq egasi ekanligini e’tirof etib, unga ruhiy zarba berishga urinishgandi. Ser Aleks Fergyusson esa o’z navbatida, BBC sharhlovchilarini ayblab, ularning barchasi «Liverpul»ga muxlislik qilishlarini bayon etgan. Keyin esa, intervyularidan birida o’sha sharhlovchini «Jimmi Xill — ovsar» deb aytgan. Bu ibora, ertasiga barcha ingliz matbuotining birinchi sahifalarini bezaydi.

16.Robins Fergini qutqardi.

Ser Aleks Fergyusson mavsumni yomon boshladi va uning jamoadan ketish ehtimoli katta edi.Ammo Mark Robinsning Angliya Kubogi finalida «Nottingem Forest» klubi darvozasiga kiritgan to’pi «Yunayted»ning sovrindor bo’lishiga olib keldi. Fergyusson esa, Robins goli evaziga o’z o’rnida qoldi.

17. «Old Trafford»kengaytirildi. 2006-yil.

«Old Trafford»dagi o’rindiqlar sonining 16000 oshirilishi, o’yingohning sig’imini 76000 ga yetkazdi.

18. Liganing tark etilishi. 1974-yil.

Yevropa zabt etilganidan 6 yil o’tib, «Manchester Yunayted» barchani quyi ligaga tishib ketganligi bilan lol qoldirdi. Ammo Tom Dogerti murabbiy etib tayinlanganidan so’ng jamoa yana ligaga qaytdi.

19. Kantona bilan shartnoma. 1992-yil.

Ser Aleks Fergyusson sa’y harakatlaridan so’ng, jamoaga fransiyalik forvard Erik Kantona «Lids Yunayted»dan 1 million funt evaziga kelib qo’shildi. Bu futbolchi jamoa bilan, besh yilda to’rtta titulni qo’lga kiritdi.

20. «Old Trafford»ning portlatilishi. 1935-1945 yillar.

Ikkinchi jahon urushi vaqtida «Old Trafford» katta talofat ko’rgan edi. Shu sabab jamoa vaqtincha «shaharlik»lar stadioni «Men Roud»da 1949-yilgacha to’p surishiga to’g’ri kelgan.

Sayt uchun maxsus Yusupov Furqat tayyorladi.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.