«MYU» va Ueyn Runining yo‘llari ayro tushadimi?Aleks Fergyuson ChL doirasidagi «Real»ga qarshi o‘ta muhim o‘yinda Ueyn Runini zaxirada qoldirgach, Angliyada hujumchining transferiga bog‘liq gap-so‘zlar ko‘payib ketdi.Taxminqilinishicha, Runi yozda «Old Trafford»ni tark etarmish. «SSF» barcha gap-so‘zlarni nazarda tutgan holda obro‘li mutaxassislarning qarashlarini keltirdi. Lekin yakunda bitta xulosa chiqdi: barchasi faqat futbolchining o‘zi va ser Aleksning qanday qarorga kelishlariga bog‘liq.
Angliya gazetalarida nimalar yozilmoqda?
— Runi mavsumdagi eng muhim o‘yin, «MYU» uchun o‘sha ChL-2011 finalidan keyingi eng ahamiyatli bahsda maydonga tushmadimi, demak, Fergyusonning maqsadi tayindek:hujumchining «Old Trafford»dagi vaqti poyoniga yetmoqda. Chunonchi, Ueyn klubning bosh yulduzi maqomini yo‘qotib ulgurdi.Hozirda bu rol Robin van Persiga tegishli.The Telegraph.
— Fergyusonning qarori beixtiyor 2003 yilgi voqealarni eslatdi. Ya’ni Devid Bekxemning «MYU»dan ketishholatini. Runining zaxirada qoldirilishi tabiiyki, uning «PSJ»ga o‘tishi xususidagi xabarlarning yangi oqimiga yo‘l ochdi. Shuningdek, Runining Manchesterdaqolib, shunchaki, «Old Trafford»ni «Ittihod» arenasiga almashtirishi mumkinligi borasida ba’zi «shivir-shivir»larga asos berdi.
The Sun.
— «Manchester Siti» Ueyn Runini xarid qilish bo‘yicha muzokara olib borishni rejalashtirmayapti. «Shaharliklar» rahbariyati futbolchining moliyaviy talablarini bajarishga tayyor emas. Axir ayni paytda uninghaftalik ishhaqi turli bonuslar bilan birga naq 300 ming funt sterlingni tashkil qiladi. Runi bilan shartnoma tuzish uchun «Siti» avvaliga moliyaviy «feyr-pley»qoidasini o‘ylashi kerak. Aniqroqaytganda, maoshlar to‘loviqog‘ozidagi raqamlarni pasaytirish uchunqaysidir futbolchisi bilan xayrlashishi lozim. Lekin klub shundayqilishga moyil emasdek.
The Times.
Qaerga «yuborishmoqda»?
The Times nashrining ma’lumotlariga ko‘ra, frantsuzlar «MYU»ning 27 yoshli futbolchisini 46 mln. yevro evaziga xaridqilishni o‘ylamoqdalar. «PSJ» sport direktori Leonardo bu xabarniquyidagicha izohladi: «Klubimiz hozirda harqanday futbolchini sotib olishga qodir. Runining xizmatlariga qiziqayotganimizni inkor etmayman. Lekin u mo‘ljalimizdagi yagona futbolchi emas. Boshqacha aytganda, biz o‘z safimizda ko‘rishni istayotgan futbolchilardan biri aynan Runi. To‘g‘ri,hozircha na Ueyn, na uning agentlari va na «MYU» vakillari bilan aloqaga chiqdik. Bu masalada ozgina sabr qilganimiz ma’qul. Runiga nisbatan shaxsiy munosabatimga kelsak, uni jahondagi eng kuchli hujumchilardan biri, deb bilaman».
Mutaxassislar nima deyishmoqda?
— Oxirgi vaqtlardahamma Ueyn Runining yozda «MYU»dan ketishini taxminqilmoqda. Bu haqda eshitib, o‘zimga o‘zim nido qildim: «Ser Aleks nima qilmasin, faqat klubning manfaatini o‘ylaydi».Qisqasi, Fergyuson Runining kelajagi xususida qaror chiqarishda, avvalo, «qizil iblislar»ga foydali jihatlarni e’tiborga oladi. To‘g‘ri, Ueyndan kuchliroqfutbolchini topish judaqiyin. Ikkinchi tomondan, Ueyn jasur yigit va yakuniyqaror chiqarishda dalillik ko‘rsatishi aniq. Ya’ni o‘z manfaatini himoya qilishga to‘g‘ri kelsa, kimdandir yoki nimadandir uyalib o‘tirmaydi. Qisqasi, shaxsiy manfaatlari daxlsiz ekanligiga ishonchhosilqilishni xohlaydi.
Kenni Dalglish(«Liverpul» afsonasi).
— Ehtimol, Runiga jarohat xalaqit berayotgandir? Harqalay, u avvalgidek faol emas va o‘z darajasida o‘ynolmayapti. Lekin buholat hujumchi bilan xayrlashish fursati kelganini anglatmaydi. Runi — buyuk futbolchi. Undan voz kechish mantiqsizlik...
Bobbi Charlton («MYU» afsonasi).
— Runini juda yaxshi bilaman. Shunisi aniqki, u doimo o‘ynash va g‘alaba qozonishni istaydi. Xarakterini inobatga olganda, Ueyn uchun «MYU»dan yaxshiroqklub topish amri-mahol. Qisqasi, ayni chog‘da Runining «Old Trafford»dan ketishini aqlimga sig‘dirolmayapman.
Stiv Maklaren(Angliya termasi sobiqbosh murabbiyi).
— Runi uchun bunday o‘yinda tarkibdan chetda qolish yuziga musht qabulqilishdek gap. Aytish mumkinki, buholat uni juda-juda bezovtalanishiga sabab bo‘ladi.
Maykl Ouen
(«MYU»ning sobiq hujumchisi). Murabbiy nima demoqda?
— Ueyn keyingi mavsumda ham safimizda qoldi. Va’da berishim mumkin, shunday bo‘ladi. O‘zaro munosabatlarimizdahech qanday muammo yo‘q. Bizning bir-birimiz bilan gaplashmayotganimizni taxminqilish — ahmoqlik. U «Real» bilan bahsda boshlang‘ich tarkibga kiritilmagani sabablarini to‘g‘ri tushundi. Zero, Ueyn joriy mavsumda jarohatlar va og‘riqlardan ko‘p aziyat chekdi. To‘xtovsiz ketma-ket o‘yin-lardaqatnasholmayotgani shunga bog‘liq. Lekin tobora sport formasini yaxshilab bormoqda. Mana, shunday muammolargaqaramay, yetarlicha gol urdi. Ishonchim komil, mavsum finishiga qadar gollari sonini 20tadan oshiradi ham.
Aleks Fergyuson («MYU» bosh murabbiyi)
Mojaroga nima sabab bo‘lishi mumkin?
— Ser Aleks «o‘z fenini ishga tushirishi»dan yomon narsa yo‘q. Bunday holatda u kiyinish xonasi markazida to‘xtaydida, ro‘parangga kelgancha bor kuchi bilan baqiradi. Shu lahzada boshingni Ba VaByliss Turbo Power 2200 (Buyuk Britaniyada sotiladigan kuchliquvvatga ega fen — IF)ga tutayotgandek his qilasan. Dahshatning o‘zi. Umuman, kimningdir menga qarata baqirishini sira yoqtirmayman. Bunga jimqarab turish juda qiyin va gohida javob tariqasida o‘zim ham ovozimni baland ko‘taraman. Ya’ni unga haqemasligini tushuntirishga urinaman.
Ueyn Runi («Premer-ligadagi 10 yilligim» kitobidan, 2012 yil)
Masala tarixidan
2010 yilning kuzidaham «MYU» fanatlari Runi bilan xayrlashishgandi, hisob. O‘shanda Fergyuson hujumchida jarohat borligini aytib, uni bir necha o‘yinlarda zaxirada qoldirdi. Futbolchining o‘zi esa soppa-sog‘ ekanligini ta’kidlagach, ser Aleks o‘z fikrini boshqacha bayon etdi: «Runi «Yunayted» bilan shartnomasini uzaytirmoqchi emas, ya’ni jamoadan ketishni o‘ylayapti». Qolaversa, hujumchining vakillari ham buni tasdiqlab bayonot berishdi. Ular Runining xohishlari klubniki bilan to‘g‘ri kelmayotganini ochiq-oydin aytishdi. Lekin hammasi Runining yangi shartnomaga imzo chekishi bilan xotima topdi. Unga ko‘ra,hujumchi haftasiga 250 ming funt sterling miqdorida maosh oladigan bo‘ldi. Bu bilan «iblislar» safida eng ko‘phaq oluvchi futbolchiga aylandi. «Murabbiymizni chinakam daho, deb hisoblayman. Uningqo‘llab-quvvatlashi va ishonchi sabab ham jamoada qolishni ma’qul ko‘rdim»,-degandi o‘shanda Uyen.
A.Ahmedov Tayyorladi, «Interfutbol» Gazetasi
Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.