Эксклюзив /

Runi: O‘z ustimda ishlamoqdaman

«Manchester Yunayted» klubi yuulduzi va hujumchisi Ueyn Runi Manchester Evening News jurnali muxbiri Styuart Matiesonga ser Aleks Fergyusonning va muxlislarning ishonchini qay tarzda yo‘qotgani va u ishonchga qayta qanday qilib kirmoqchi ekani haqida intervyu berdi.

Mazkur intervyu sentabr oyi o‘rtalarida olingan va baʼzi savollar haqida siz maʼlumotga ega bo‘lishingiz mumkin.

Premer-ligada 10 yil to‘p surish – bu sen istagan ko‘rsatkichmi?

Mening faoliyatim davomida ko‘p ko‘tarilishvar va jarga qulashlar bo‘lgan. Bular men uchun juda katta tajriba albatta. Mening fikrimcha, butun sayyoramizdagi eng kuchli chempionatda 10 yil to‘p surish – bu shunchaki fantastikaning o‘zginasi! Men professional faoliyatimni o‘zim yoqtirgan klubda boshlaganimdan juda mamnunman, o‘sha erda men futbol o‘ynashni boshladim, keyinchalik bo‘lsa «Manchester Yunayted»da sakkizta mavsum o‘tkazdim. Bu sakkiz mavsumning bari men uchun juda omadli o‘tdi. Men bir necha bor chempionlikni qo‘lga kiritdim va Chempionlar ligasida bosh sovrinni boshim uzra baland ko‘tardim, so‘nggi mavsumlarda bo‘lsa men sezilarli darajada ko‘proq gollar kiritmoqdaman. Uncha yoqimli bo‘lmagan holatlar ham ko‘p bo‘lgan, ammo inson o‘z xatolaridan to‘g‘ri xulosa chiqarishi kerak. Umid qilamanki, faoliyatimning bundan keyingi 10 yili ham huddi oldingisi kabi muvaffaqiyatli va sovrinlarga boy o‘tadi.

10 yildan so‘ng Premer-ligadagi 20 yillik faoliyating haqida kitob yozishingni tasavvur qila olasanmi?

Shunga umid qilaman albatta. Bu mening maqsadim. Men Rayan Giggz va Pol Skoulzdan namuna olishga intilaman, Ular uzoq muddat futbol olamida yuqori saviyada o‘yin ko‘rsatayotgan futbolchilar bo‘lib, ular men va boshqa yoshroq futbolchilarga xaqiqiy trik namuna. Har birimiz mazkur natijalarga erishishga intilamiz. Umid qilamanki, 10 yildan so‘ng men sizlar bilan yana uchrashaman va Premer-ligadagi 20ta mavsumni qay tarzda o‘tkazganim haqida sizlar bilan suhbatlashaman.

Keyingi 10 yillikni sen «Yunayted» tarkibida o‘tkazmoqchimisan?

Yana aytaman, shu mening maqsadim. Ko‘p bora bu gapni aytganman, agarda mazkur klubga kerak bo‘lar ekanman, «Manchester Yunayted» futbolchisi sifatida qolaveraman. Ha, ikki yil oldin men bilan bog‘liq chigal vaziyat bo‘lib o‘tgan edi, ammo men xato qilganimda juda tez anglab oldim. Boshqalar xoxlayotgan bo‘lsalar, men shu erda qolaman, faoliyatimning so‘nggigacha.

Ikki yil oldin nima bo‘lgani haqida eslash sen uchun og‘irdir?

O‘zinga-o‘zing savol bermaysanmi: «Nega men bunday qildim o‘zi? deb» Ueyn Runi: Biz shaxsiy xatolarimizdan to‘g‘ri xulosa chiqarishimiz kerak. Men noto‘g‘ri o‘ylayotganimda tezda tushunib etdim. Men bunday gaplarni aytmasligim kerak edi. Men Ser Aleks va Devid Gill bilan uchrashdim va ulardan kechirim so‘radim, katta xatoga yo‘l qo‘yganimni tan oldim. Men ulardan nima qilishimiz mumkin ekanini so‘radim. 12 soat o‘tganidan so‘ng men yangi shartnomaga imzo chekdim. Men o‘z qiliqlarim bilan faxrlanmayman, ammo shu ketish niyatidan so‘ng, mening bu klub bilan muvaffaqiyatlarga erishish istagi yanada ortib ketdi, bu esa bo‘lmag‘ur qarorimning va o‘ylarimning plyus tarafi (kuladi).

Klub senga ikkinchi bora imkoniyat berganidan mamnun bo‘lgandursan?

Ha, albatta. Ular meni qutqarib qolishga erishishdi, aks holda hozir mening ishlarim uncha o‘ngidan kelmay yurgan bo‘larmidi. To‘g‘risini aytsam, Ser Aleks ham, va Devid Gill ham, ularning ikkisi juda ajoyib insonlar. Ular meni jamoaga va klubga qaytarishdi, o‘sha vaziyatdan so‘ng men bir narsani tushuna boshladim, men ularning ishonchini qayta qozonishim vaqti keldi. O‘ylashimcha, mana shu maqsadlar sabab ham shuncha ko‘p gol urmoqdaman. Bu muvaffaqiyatlarimning bari klub va muxlislar uchun. Bilaman, ular ketishni istaganimda juda xafa bo‘lishdi, ammo hech narsagag qaramasdan ular menga nisbatan juda yaxshi muomilada bo‘lishgan va ular bilan o‘rtamizda iliq munosabatlar bor.

Jamoa bosh murabbiyi va ijrochi direktor bilan o‘rtalaringda bo‘lib o‘tgan uchrashuv sen uchun og‘ir o‘tgandur, ahir matbuotga sen klubning kelajagi haqida uncha yaxshi bo‘lmagan gaplar aytgan eding.

Men ulardan kechirim so‘rashga va eng asosiysi ular bilan yuzma-yuz gaplashishga majbur edim. Agarda xato qilganingni bilsang-u, hech narsa qilmasang, bundan biror ma\'no chiqmaydi. Agarda xatoimni tan olmaganimda, ancha qiyin axvolda qolardim. Yaxshiyamki, ularga noxaqligimni aytdim, ular meni to‘g‘ri tushunishdi va, birgalikda oldinga qadam tashlashda davom etdik.

Muxlislar ishonchini qayta qozonish uchun etarlicha ishlar qildim deb xisoblaysanmi?

Muxlislar men bilan doimo yaxshi aloqada bo‘lishgan. Ular ko‘z o‘nglarida faqat «Yunayted» bilan g‘alabalarga erishishni istaydigan futbolchini ko‘rishmoqda va bu klubda muvaffaqiyatlarga erishish yo‘lida hamma narsaga tayyor hujumchiman ular uchun. Men ular bilan suhbat chog‘ida aytganman, men bu klubni top-saviyadagi klublar qatoridan tushmasligini istashimni. Ular esa meni bu xoxish va istaklarimni xurmat qilishadi, bir so‘z bilan aytganda ular jahondagi eng zo‘r muxlislar.

«Siti» bizni burnimiz tagidan bosh sovrinni ilib ketgan o‘sha o‘tgan mavsum so‘nggi uchrashuvi kuni sen juda ham hafa bo‘lgandursan?

Bu shunchaki juda bo‘lmag‘ur kun edi. Juda ajoyib, sen chempionlikni tantana qilishni boshlaysan, 20 soniyadan so‘ng tushunib etasanki, sen mazkur chempionlikni yo‘qotib bo‘lgansan. Bu bizning jamoamizning ham bir futblchisi uchun haqiyqiy fojea edi. Shu sababdan, biz qayta yig‘ilgan vaqtimizda, kiyinish xonasida ham shuni tushunib etdim-ki, jamoam Angliya chempionligi sovrinini haqiqiy egalari, «qizil iblislar» ixtiyoriga qaytarishmoqchi. Biz o‘zimizga ishonishimiz kerak, biz buni uddalay olamiz va bunga kuchimiz ham etadi. O‘tgan chempionlik bizni tark etib bo‘ldi, o‘shanda biz «Chelsi»dan atigi bir ochko qolib ketgan edik. Bu biz uchun juda og‘ir botgan holat bo‘lgan edi. Ammo «Siti»ga so‘nggi turda to‘plar nisbati bo‘yicha mag‘lub bo‘lish, bu shunchaki falokat bo‘ldi va «Chelsi» bilan bo‘lgan holatdan ham oshib tushdi. Ammo oldinga qararab intilishda davom etishimiz va bunday xatolarga kelajakda boshqa yo‘l qo‘ymasligimiz lozimligini tushunib etishimiz darkor.

O‘z kitobingda yozishingcha, o‘sha kunda sen Match of the Day teleko‘rsatuvini ko‘ribsan. O‘zingni qiynayotgan o‘yinlarni qayta ko‘rish sen uchun qiyin bo‘lmadimi?

Men doim shunday qilaman. Doimo o‘zimizni uchrashuvlarni qayta tomosha qilaman, farqi yo‘q, mazkur uchrashuvda g‘alaba qozonganmizmi, yoki mag‘lub bo‘lganmizmi. Men ularni taxlil qilib chiqaman va o‘zim ishtirokimdagi o‘yinlarga baho ham beraman, shundan so‘ng bundanda yaxshiroq o‘ynashim mumkin edi degan xulosaga kelaman ko‘pincha. O‘sha so‘nggi turdan so‘ng o‘sha teleko‘rsatuvni ham ko‘rmaslikka qaror qildim, ammo Agueroning goli shunchaki bizga tinchlik bermas edi. U hamma erda bor edi. Biz chempionlikni qo‘lga kiritgan yillari ham, hal qiluvchi gollarimizni bunday ko‘p marotaba efirga berishganini ko‘rmaganman. Men televizorimni yoqishim bilan o‘sha golni ko‘rsataverishadi. Bu bizni qanchalik g‘azab otiga mindirmasin, «Siti»ni mazkur g‘alaba bilan tabriklashimiz kerak. Farqi yo‘q, qay tarzda u chempionlikni qo‘lga kiritdi. Men doimo aytib kelganman, agarda jamoa chempionlikni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, u bunga loyiq va ular adolatli ravishda chempion bo‘lganlar.

«Siti» hozirda sen uchun asosiy raqib sifatida ko‘rinmoqdami? Ikki klub o‘rtasidagi raqobat yana davom etaveradimi?

«Yunayted» va «Siti» o‘rtasidagi raqobat hech qaerga yo‘qolib qolmaydi. Ammo «Chelsi» — juda tajribali va kuchli raqib, ular doimo mazkur raqobatga sherik bo‘lib turishadi. «Liverpul» etakchi jamoalar safiga qaytsa ham men hayratlanmagan bo‘lardim. O‘ylashimcha, Brendan Rojers – yaxshi murabbiy, mazkur mutaxassis mersisaydliklarni yaxshi futbol o‘ynashga majbur qiladi. Ular omadli start ola bilishmadi. Mening bu so‘zlarni aytishim uncha ham yoqimli emas, ammo ular albatta qaytishadi, ahir bu klubni juda katta tarixi bor.

Agarda «Yunayted» safida sen bilan birga to‘p surgan futbolchilarga eʼtibor qaratadigan bo‘lsak: Ruud van Nistelroy, Krishtianu Ronaldu va Karlos Teveslar, Runi – Van Persi tandemini sen eng kuchli tandem deb hisoblaysanmi?

Nega endi yo‘q? Robin – juda tajribali futbolchi. U Angliya chempionatining o‘tgan mavsumida hammadan ham ko‘proq gol kiritdi. U toza hujumchi bo‘la olshga o‘tgan mavsum erisha oldi va bu holat biz uchun juda yaxshi, biz bu mavsum yana bir ajoyib to‘purarga ega chiqdik. Uning gollari «Arsenal»ga o‘tgan mavsum nimadur yutish imkonini bera olmadi, ammo bu gollarsiz ular Chempionlar ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kirita olgan bo‘lardilar deb o‘ylamayman. Uning gol ura olish va golni his qilish qobiliyati bizga as qotadi albatta. Men tezroq maydonga qaytib, u bilan to‘p surishni istayman. «Yunayted» tarkibidagi o‘tkazgan yillarimda ajoyib futbolchilar bilan birga to‘p surganman: Ruud, Lui Saa, Teves, Dimitar Berbatov, Xaver Ernandes va Denni Uelbek. Ular bilan o‘ynar ekanman men maydonning har xil chiqizlarida to‘p surishga o‘rgandim, kim asososiy tarkibda maydonga tushishiga qarab o‘tkir hujumchi, yoki hujum ortida to‘p surdim. Men o‘tkir hujum chizig‘iga o‘tamanmi, yoki Robin bu ishni bajaradimi, yoki ikkimiz ham oldinga intilamizmi, o‘sha vaqtga Sindzi Kagava bizning ortimizda joylashadi, bizning murabbiymizda bir so‘z bilan aytganda juda ko‘p variant bo‘ladi. Barchaga ma\'lumki, Fergyuson har-xillikni yaxshi ko‘radi va ko‘p yillardan beri bitta futbolchiga bog‘lanib qolmasligi ham buning mevasi. Mavsum so‘nggida barcha bundan yutadi. Robin – hujumni yakunlashni yoqtiradigan futbolchilar sirasiga kiradi, u o‘zining yoqtirgan o‘yini yo‘lida o‘zini o‘zgartirdi, Robin o‘z o‘yin uslubini «Arsenal»dagi birinchi to‘rt-besh yillikga qaraganda tubdan o‘zgartirdi, o‘sha vaqtlar van Persi hujumchilar ortida to‘p surar edi, ba\'zi vaqtlarda uni hatto vinger rolida ham ko‘rib qolr edik. U unaersal futbolchi ekani ros gap. Men Ruud va Luis Saa kabi futbolchilar bilan o‘ynashga ulgurganman. Murabbiymizda tanlov katta, biz esa o‘z imkoniyatlarimizni kutib harakat qilaveramiz, sababi biz hoiz o‘zimizning eng yaxshi o‘yinimizni ko‘rsatishimiz kerak.

Sen «Fulxem» bilan o‘yindagi orttirib olgan jarohatidan so‘ng qachon maydonga qaytasan?

Hozircha barcha ishlarim yaxshi ketmoqda. Bundan ham yomonroq bo‘lishi mumkin edi. Hozirda barchasi shiforkorga bog‘liq. Qachonki u menga o‘ynashim mumkin ekanini aytsa, men tayyor bo‘lgan bo‘laman. Ayni damda meni hech narsa shoshiltirmayapti. Shifokorlar men tuzalishim uchun to‘rt hafta kerak ekanini aytishdi. Agarda yara bitishi uchun shu vaqt etarli deb xisoblagan bo‘lishsa, unda rostdan ham shunday, jarohatimdan to‘rt haftada forix bo‘laman. Men bu vaqtdan ham oldinroq maydonga qaytmoqchi emasman, kagar vaqtli qaytsam yaram hali yaxshi bitmagan bo‘ladi va u men qayta jarohat olishim mumkin. Yangi jarohat meni yana to‘rt hafta futboldan chetda turishimga sabab bo‘lishi mumkin. Men juda ehtiyotkor bo‘lishim va maydonga qaytishga tayyorligimga ishonch hosil qilishim kerak. Rostini aytsam, o‘sha vaziyatda men og‘riq sezmadim. Men oyoqlarimni ushladim va bosh hakamga uni ko‘rsatdim, men hakamdan fizioterapevt yoki shifokor chaqirtirishini iltimos qildim. Men maydonni maxsus kuchlar yordamida tark etishni istamadim. Men shifokorga yura olishimni aytdim. Ammo u bu havfli ekanini aytdi, va maxsus yotoqqa yotishimni buyurdi. Mening o‘g‘lim stadionda o‘yinni kuzatayotgan edi. Men maydonni uning ko‘z o‘ngida bunday ahvolda tark etishni istamadim, biroq...

Yaqinda sen o‘zingning 27 yoshingni qarshi olasan. Bu yosh futbolchi uchun ayni muvaffaqiyatlar yoshi sanaladi. Sen kelajangni qay tarzda ko‘rmoqdasan?

Asosiy maqsadim – iloji boricha ko‘proq gol urish va jamoamga g‘alabalarga erishishida yordam berish. O‘tgan mavsum gollar kiritish borasida mening faoliyatimdagi eng yaxshi mavsum bo‘ldi. Men Premer-ligadagi gollar kiritish bo‘yicha shaxsiy rekordimni yangiladim va bundan bexad mamnunman. Biz hech qanday musobaqada g‘alaba qozona olmadik, ammo men o‘zimning shaxsiy ko‘rsatkichlarimdan ko‘nglim to‘ldi. Mazkur jarohatni orttirib olish juda qayg‘uli bo‘ldi. Umid qilamanki, men tez orada qaytaman va gollar kiritishda davom etaman. Menimcha men maydonga moslashib olishim uchun to‘rtta o‘yin o‘tkazib olishim kerak, shundan so‘ng yana gollar urishda davom etaman. Robin van Persi bilan birgalikda o‘ynashni istaymanmi? Ha. U juda kuchli futbolchi. U «Sautgempton» darvozasi tomon oltin xet-trikni amalga oshira oldi. O‘ylashimcha, bunday raqobat bizning foydamizga ishlaydi. Endi bizning jamoada ko‘plab yaxshi hujumchilar bor. Biz barchamiz o‘ynashga va gollar urishga harakat qilamiz va kurashamiz. Murabbiy uchun bu juda yaxshi bo‘ladi, biz esa serga asosiy tarkibni tanlashda bosh og‘riq bo‘la olishimizga ishonishimiz va harakat qilishimiz kerak, bu holatda esa o‘sish bo‘ladi va natijalarimiz to‘xtovsiz o‘sadi.

Oldinlari senda asosiy tarkib bilan bog‘liq muammolar haqida umuman gap-so‘zga o‘rin yo‘q edi, sening asosiy tarkibda «temir» o‘rning bor edi. Hozirgi holat esa bunday emas, bunday raqobat sening foydangga bo‘ladimi?

Mening asosiy tarkibda «temir» o‘rnim bo‘lgani haqidagi fikrlaringizga qo‘shilmayman, bir tarafdan to‘g‘ri. Men bunday holatni qo‘lga kiritish uchun yuragimdan mashg‘ulotlarda qatnashar edim. Murabbiymiz meni o‘z rejalariga kiritsa bo‘lgani. Men shunchalik ko‘p mexnat qilishim kerak-ki, murabbiymiz meni maydonga tushirishdan boshqa iloji qolmasin. Hozirda men bir qancha vaqtga maydondan chetroqdaman, ammo trenajor zalida shug‘ullanishdan to‘xtamayman, sababi shifokorlar o‘ynashimga ruxsat bergan bir vaqtda men maydonga tushishga tayyor bo‘lishim kerak.

Sen o‘z kitobigda jismoniy formani saqlash haqida yozgansan. O‘tgan mavsum men Maykl Ouen bilan suhbatlashgan edim, u menga yoshligida orttirib olgan jarohati sabab qanchalik hozirda qiynalayotgani haqida intervyu bergan edi. Sen bilan ham huddi shunga o‘xshash holat yuz berishidan qo‘rqmaysanmi, ahir sen ham professional faoliyatingni yosh boshlaganingni hisobga olganda, senda ham shunday havf bor-ku ahir?

 Barcha har xil. Mayklda mushaklari va tizza ichidagi suyuqliklar va shunga o‘xshash muammolar bor edi. Bunday kasalliklarni davolash juda qiyin. Huddi u kabi mushaklarimni jarohatlab olmaganimdan juda mamnunman, omadim keldi. Men suyakka biroz jarohat etkazdim, ammo yaxshiyamki mushaklarimni yirtib yubormadim. Men havotir olishimga hojat yo‘q. Hozirda futbolda mayda narsalarga eʼtibor qaratishga vaqt yo‘q, hamma narsaga tayyor turish lozim va kelajakda nima qilish haqida hozirdan qayg‘urish shart emas, hamma narsa o‘z joyida hal bo‘lib ketaveradi.

Tajima: Javohirbek /fk.uz

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.