«Manchester Yunayted» jamoasi rahbariyati «Feyenoord» jamoasiga gollandiyalik himoyachi Stefan de Vrey uchun 10 million funt mablag‘ taklif qildi. Bu haqida Mirror nashri xabar tarqtdi.
Avvalroq ushbu himoyachi uchun Italiyaning ikki jamoasi «Latsio» va «Milan» jamoalari rasmiy taklif bilan chiqqan edi. Ushbu takliflar «Feyenoord» rahbariyatini qoniqtirmadi. Nashrning bergan ma’lumotga ko‘ra futbolchi faoliyatini «MYu» jamoasida davom ettirishni istamoqda.
Eslatib o‘tamiz, Stefan de Vrey Lui van Gal qo‘l ostida Gollandiya terma jamoasi tarkibida Jahon chempionatida ishtirok etgan.
Янгиликлар /
Mirror: De Vrey «MYu» safiga qo‘shilishi mumkin
Мақола нашр қилинди

Бошқа янгиликлар
Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.