Янгиликлар /

Robson: Van Persi yangi sardor

Мақола нашр қилинди

«Manchester Yunayted» jamoasining sobiq futbolchisi Brayan Robsonning so‘zlariga ko‘ra yangi mavsumda jamoa sardorligiga eng maqbul asosiy nomzod sifatida Van Persini ko‘rmoqda. Jamoaning avvalgi sardori sanalgan Nemanya Vidich jamoani tark etgan va yangi bosh murabbiy jamoaga yangi sardor tayinlashi lozim. Ko‘plab nashrlarning taxminlariga ko‘ra jamoa sardorligiga 3 ta nafar futbolchini asosiy nomzod sanashmoqda. Bular van Persi, Ueyn Runi va Maykl Kerrik. Ushbu masala yuzasidan Brayan Robsonga murojat qilinganda u quyidagicha javob berdi.«Robin Gollandiya terma jamoasida ham sardor hisoblanadi, shunday ekan u bunga loyiq. Agar van Persi sardor bo‘lmasa juda ajablangan bo‘lardim», — deydi Robson Press Association nashriga bergan intervyusida.
Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.