Янгиликлар /

Irvin: Lyuk – fantastik o‘yinchi

Мақола нашр қилинди

«Manchester Yunayted» jamoasining sobiq yarim himoyachisi Denis Irvin fikriga ko‘ra jamoaning yangi a’zosi Lyuka Shouni «Old Trafford»da katta muvaffaqiyat kutmoqda.«Ushbu transfer jamoaga uzoq muddat yaxshi nataija berishi mumkin, — deydi Irvin Sky Sports nashriga bergan intervyusida.U terma jamoadagi va «Manchester Yunayted» dagi xarakati orqali yuqori cho‘qqilarga chiqa oladi. Lyuk doimiy ravishda hujumkorlikda ham foydali hisoblanadai va buni Premer Liga o‘yinlarida to‘liq namoyish qila olgan».«Unga «Chelsi» ham katta qiziqish bildirgan edi, yakunda esa uning «Manchester Yunayted» jamoasi safiga qo‘shilganidan xursandman. Lyuk – fantastik o‘yinchi, u shunday tarzda o‘sishda davom etsa yanada kuchli o‘yinchiga aylana oladi».Irvinning fikriga ko‘ra Shou uchun to‘langan katta mablag‘ futbolchi uchun xech qanday qo‘shimcha bosim o‘tkazmaydi.«Yosh futbolchida xech qanday bosim bo‘lmasligi lozim, shunda u yanada yetuk futbolchiga aylanadi. Lyukda yaxshigina tajriba yetarli, ikki mavsum «Sautgempton» tarkibida Premer Ligada ishtirok etdi. U 19 yosh bo‘lishiga qaramay kuchli futbolchi».Denis Irvin shuningdek jamoaning yangi bosh murabbiyi Lui van Gall tashkil qilayotgan jamoaga ham ishonch bilan qarashini ta’kidladi.
Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.