Янгиликлар /

Mata: Barchasi ajoyib

Мақола нашр қилинди

«Manchester Yunayted» yarim himoyachisi Xuan Mata yangi mavsumga tayyorgarlik doirasidagi uchrashuvlar boshlanishini intizorlik bilan kutayotganini aytib o‘tdi.«Bu mavsum oldi tayyorgarligi men uchun so‘ngi 6-7 yil ichidagi o‘ziga hos boshqacha tarzda o‘tmoqda, avvallari Ispaniya terma jamoasi bilan turnirlarda ishtirok etganim bois jamoam bilan mavsum oldi tayyorgarlikni to‘liq o’tkaza olmas edim »,- deydi Xuan Mata MUTV kanaliga bergan intervyusida.«Bu safar hammasi o‘zgacha, menda to‘liq tayyorgarlik turnesida ishtirok etish imkoni mavjud, bu men uchun juda quvonarli holat. Bu mening «Manchester Yunayted» jamoasidagi ilk mavsum oldi yig‘inim va bunday imkoniyatga ega ekanimdan ma’mnunman, bu yerda hammasi o‘zgacha ajoyib mehmonxona va mashg‘ulotlar uchun ajoyib sharoitlar yaratilgan».Mata shuningdek jamoaning Lui van Gall qo‘l ostida yangi mavsumni intizorlik kutayotganini ham ta’kidladi.«Yangi murabbiy va yangi futbolchilar bu jamoa uchun yangi davrni boshlanishidan darak. Yangi murabbiyning o‘yin uslubi menga juda maqqul keldi, ishonamanki bu usul bilan mavsus so‘ngida g‘alabalarni tantana qila olamiz. Xozir eng muhimi qamma-qadam tayyorgarlik o‘rish lozim, chunki noto‘g‘ri qilingan harakat jarohatga olib kelishi mumkin. Uzoq kechadigan mavsumda jismonan va psixologik jihatdan tayyor bo‘lish juda muhim. Asosiysi g‘oliblik uchun yagona jamoa bo‘lib kurashish darkor».
Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.