Янгиликлар /

Transfer-2014

Мақола нашр қилинди

«Borussiya Dordmund» va Germaniya terma jamoasi markaziy himoyachisi Mats Xummels tez kunlar orasida «Manchester Yunayted» jamoasi safiga qo‘shilishi mumkin, bu haqida nemis nashirlari xabar bermoqda.
Futbolchining terma jamoa tarkibida Jahon chempionatidagi yorqin ishtiroki «Manchester Yunayted» jamoasi rahbariyatida katta qiziqish uyg‘otgan. Avvalroq ham bir necha bor «MYu» ning yangi mavsumda xarid qilishi ko‘zda tutilgan futbolchilari qatorida Mats Xummels nomi tilga olingan edi.
25 yoshli Xummels «Manchester Yunayted» jamoasinini tark etgan Nemanya Vidich va Rio Ferdinandlarni o‘rnini to‘ldirish maqsadida olib kelinishi ko‘zda tutilmoqda.
Nemis OAV larining xabariga tomonlar muzokara olib borishmoqda va tez kunlar ichida yakuniy qaror e’lon qilinadi. Futbolchining transfer bahosi tahminan 20 million yevro deya aytilmoqda.
Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.