Янгиликлар /

Vudvord: Jamoaning yangi rejalari bor

Мақола нашр қилинди

AQSH da mavsum oldi tayyorgarlik turnesida ishtirok etayotgan «Manchester Yunayted» jamoasi a’zolari Los-Andjelesda shahrida joylashgan maydonda mashg‘ulotlarda ishtirok etishmoqda. Jamoa ijrochi direktori Ed Vudvord ham jamoa bilan birgalikda. Bundan foydalangan MUTV telekanali korrespondenti Styuart Gardner Ed Vudvord bilan jamoaning transfer rejalari yuzasidan suhbat uyushtirdi. «Jamoaning yangi transfer rejalari haqida biz Lui van Gal bilan bir necha hafta avval ish boshlaganmiz, va ba’zilari bilan hozir muzokara olib borilmoqda».«Biz shubhasiz jahonning kuchli jamoasimiz, shunga loyiq yulduzlarni xarid qilishga xarakat qilamiz. Muhlislarimiz tez orada yangi murabbiylar shatabi va yangi futbolchilardan jamoaning yana yuqori cho‘qqishiga chiqishini guvohiga aylanadilar».«Biz jamoaga keraklicha mablag‘ sarflashga tayyormiz. Bizning byudjetda transfer uchun ma’lum chegara yo‘q. Biz iqtisodiy tarafdan ancha kuchlimiz va jamoa bunga qodir.Barchasi Lui jamoaning bugungi holatiga bahosiga bog‘liq, shunga qarab o‘zgarishlar ro‘y berishi mumkin».Jurnalistning «Manchester Yunayted» jamoasini futbolchilar ham tark etishi mumkinmi deya bergan savoliga Vudvord quyidagicha javob berdi: «O‘ylashimcha, ha. Bunday qarorni bosh murabbiy chiqaradi. Bir qator futbolchilar jamoani tark etishdi, balki yana bir necha futbolchi jamoani tark etishi mumkin».«Yana bir narsani ta’kidlab o‘tish lozim, biz ushbu mavsum yevrokuboklarda ishtirok etmaymiz, shunday ekan biz o‘tkazadigan uchrashuvlar soni ham kamroq bo‘ladi. Shuni hisobga olgan holda Lui biroz kompakt jamoani shaklantrishi lozim. O‘tgan mavsumni tahlil qilasak yevrokuboklarda ishtirok etmagan «Liverpul» kam sonli tarkib bilan ham APLda yahshi natija qayt etdi, lekin so‘ngi qaror bosh murabbiyga bog‘liq».Vudvord shuningdek, jamoa 2014/15 mavsumda yutuqlarga erishib yana yevrokubok musobaqalarida g‘oliblik uchun kurashishini ham ta’kidladi.
«Biz bir jamoamiz, barchamiz Chempionlar Ligasi g‘olibi bo‘lishni istaymiz. Bu hoh muhlis bo‘lsin, hoh jamoa futbolchilari, hoh jamoaning ishchilari. Biz g‘alabalarga tez erishishimiz lozim, biz autsayder emasmiz».
Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.