Rafael Da Silvaning agenti Kassiano Pereyra aytishicha Lui van Gal brazilyalik futbolchiga yangi mavsumda uning rejalariga kirmasligini ta'kidlagan. Xozirda futbolchiga bir necha jamoalar qiziqish bildirgan.
«Xozirda «Roma» tomonidan berilgan taklif qiziq ko‘rinmoqda, biz bundan mamnunmiz va muzokaralar olib borilmoqda. Futbolchining «Manchester Yunayted» bilan shartnomasi 2016 yil iyun oyida nihoyasiga yetadi. Lui van Gal Rafaelga uning rejalariga kirmasligini aytib o‘tgan. Bunday vaziyatda ketish zarur, va biz bir qator jamoalar bilan muzokaralarga kirishganmiz», — deydi Pereryra The Star nashriga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, Rafael Da Silva va Viktor Valdes sababsiz «MYu» ning AQSh dagi turnesidan chetda qolishdi.
Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.