Янгиликлар /

van Persi rasman «Fenerbaxche» a’zosi

Мақола нашр қилинди

Turkiyaning «Fenerbaxche» jamoasi Robin van Persi ishtirokida taqdimot marosimi o‘tkazdi, marosim davomida Robin van Persi istambul klubi bilan shartnoma imzoladi.

«Manchester Yunayted» rasmiy veb-sayti van Persiga bog‘liq hech qanday ma’lumot bergani yo‘q.

31-yoshli hujumchi «Fenerbaxche» jamoasi stadioniga to‘plangan 15000 muxlislarga tanishtirildi, van Persi tribunadagilarga bir necha so‘z aytdi.

«Arsenal»dan «Manchester Yunayted»ga 24 milion funt evaziga o‘tganidan so‘ng Robin van Persi «Old Trafford»da 3 mavsum o‘tkazdi va 58 golga mualliflik qildi.

Robin van Persi Peremer liganing ikki jamoasi o‘z minnatdorchiligini bildirdi va ijtimoiy tarmoqdagi shafilarida o‘z muxlislari bilan xayrlashdi:

«Premer ligada o’tqazgan ajoyib  11  yilldang so’ng men «Fenerbaxche» taklifini qabul qildim!!

Tezroq maydonga tuhsushni va go’zal Istanbulni kashf etishni istayman. Yillar davomida meni qo'llab-quvvatlagan barcha muxlislarga rahmat. Rahmat «Arsenal», rahmat «Manchester Yunayted». Barchangizga omad tilab qolaman.

Thank you Arsenal and thank you Manchester United. Wish you all the best. pic.twitter.com/Y43uA13Y8j

— Robin van Persie (@Persie_Official) 14 июля 2015
Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.