Янгиликлар /

Valdes «Valensiya» ga o'tadimi ?

Мақола нашр қилинди

«Manchester Yunayted» darvozaboni Viktor Valdes tez orada yana Ispaniya Primerosiga qaytishi mumkin. Ispaniya OAVlari xabar berishicha, futbolchining agenti Xines Karvaxal «Valensiya» jamoasi bilan muzokaralar o‘tkazish niyatida Ispaniyada bo‘lib turibdi.

«Valensiya» jamoasining asosiy darvozaboni Diego Alves o‘tgan mavsum so‘ngida jiddiy jarohat olib, uzoq muddatga safdan chiqqanligi bois «ko‘rshapalaklar» uning o‘rniga yangi darvozabon izlashmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Valdes noma'lum sabablarga ko‘ra «MYu» tarkibida AQSh dagi turneda ishtirok etmayapti. Valdesning «Qizil iblis» lar bilan tuzgan shartnomasi bir yildan so‘ng nihoyasiga yetadi.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.