Янгиликлар /

Joze Mourino «Manchester Yunayted»da?

Мақола нашр қилинди

Londoning «Chelsi» klubi bosh murabbiyi Joze Mourino mavsum yakuniga yetgandan so‘ng «Manchester Yunayted» jamoasini boshqarishi mumkin.

Le10Sport tarqatgan xabarga ko‘ra, «MYu» rahbariyati portugaliyalik mutaxassisni «qizil iblislar»ga ustozlik qilishini xohlamoqda.

Klub xo‘jayinlari jamoasining amaldagi bosh murabbiyi Lui van Galning jamoadagi ishi va o‘yin uslubidan qoniqish hosil qilmayapti. Shuningdek, mavsumni omadsiz boshlagan «Chelsi» Mourino bilan xayrlashishga yaqin turibdi. Bunga esa jamoaning chempionatda omadsiz ishtirok etayotgani sabab bo‘lmoqda.

Hozirda londonliklar chempionatda 12-turdan so‘ng 11 ochko bilan 16-pog‘onada bormoqda.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.