Янгиликлар /

Ronaldu: Keyinchalik nima sodir bo‘lishini hech kim bilmaydi

Мақола нашр қилинди

«Real» hujumchisi Krishtianu Ronaldu «Qirollik klubi»ni tark etib, faoliyatini «Manchester Yunayted»da davom ettirishi mumkinligi haqidagi mish-mishlarga o‘z fikrini bildirib o‘tdi. Oldinroq bunday xabar portugaliyalik futbolchining yaqin do‘sti tomonidan tarqatilgandi.

«Kelajakda «Real»ni tark etishim mumkinmi? Albatta. Ha, hozir «Real» a’zosiman. Biroq keyinchalik nima sodir bo‘lishini hech kim bilmaydi. Har bir odam o‘zi uchun qulay qaror qabul qilishga harakat qiladi.

Hozir esa aytadigan gapim shuki, o‘z klubim va Portugaliya terma jamoasiga maksimal darajda foyda keltirishda davom etaman», — dedi futbolchi Kicker nashriga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, Ronalduning «Real» bilan amaldagi shartnomasi 2018 yilning 30 iyuniga qadar tuzilgan.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.