Янгиликлар /

Lingard terma jamoaga chaqiruv oldi

Мақола нашр қилинди

«Yunayted» yarim himoyachisi Jessi Lingard ilk bora Angliya terma jamoasidan chaqiruv oldi. Jamoa rasmiy sayti xabar berishicha terma jamoa tarkibini jarohat sababli Maykl Karrik va Djeymi Vardi tark etishgan va shu sababli tarkibga Lingard jalb qilingan.

Lingard terma jamoa safiga yakshanba kuni borib qo‘shilgan va bosh murabbiy Xodjson qo‘l ostida Fransiya terma jamoasiga qarshi bo‘ladigan o‘rtoqlik uchrashuviga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Lingard Angliya yoshlar terma jamoasida 11 bora maydonga tushgan asosiy jamoaga esa tlk bor taklif oldi.

«Terma jamoadan chaqiriq olganimdan juda xursandman. Jamoa libosini kiyish maen uchun doim sharaf», — deya izoh qoldirdi Lingard Instagram dagi rasmiy sahifasida.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.