Янгиликлар /

LVG: Lingard uchun juda xursandman

Мақола нашр қилинди

Lui van Gal klub yarim himoyachisi Jessi Lingardning Angliya terma jamoasiga chaqirilganidan xursand ekanini ta’kidladi.

Eslatib o‘tamiz, yosh futbolchi jarohatlangan o‘yinchilar Maykl Kerrik hamda Jeymi Vardining o‘rniga terma jamoaga jalb etilgan.

22 yoshli Lingard Fransiyaga qarshi o‘tadigan o‘rtoqlik uchrashuvi vaqtida Angliya terma jamoasi tarkibida debyutini o‘tkazishi mumkin.

«Lingard uchun juda xursandman. Mavsumdagi ajoyib start bilan terma jamoada o‘ynashga munosib futbolchi ekanini barchaga namoyish qildi. U meni mashg‘ulotlar vaqtida lol qoldirdi, shu sababli ham Lingardni «Suonsi»ga qarshi o‘yin vaqtida asosiy tarkibda maydonga tushirgandim» – deya van Gal so‘zlarini keltiradi Tmw nashri.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.